I shamshidinov noorganik moddalar va
Sulfat angidridni absorbsiyalashning fizik-kimyoviy asoslari
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Sulfat angidridni absorbsiyalashning fizik-kimyoviy asoslari.
Kontakt usulida sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonining oxirgi bosqichi gazli aralashmadan sulfat angidridni ajratib olish va uni sulfat kislotaga aylantirish hisoblanadi. Kontakt jihoziga kelishdan oldin gazni quritish lozimligi yoki quritilmasligiga qarab sulfat angidridni ajratib 67 olish jarayoni farqlanadi: birinchi holatda SO 3 sulfat kislota bilan absorbsiyalanadi, ikkinchi holda esa sulfat kislota kondensatsiyalanadi. Ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarida gaz quritiladi va sulfat angidrid sulfat kislota bilan minoralar (absorberlar) da absorbsiyalanadi. Sulfat angidrid sulfat kislotada eriydi, so‘ngra undagi suv bilan biriadi: nSO 3 + H 2 O = H 2 SO 4 + (n-1)SO 3 Suv va sulfat angidrid miqdoriy nisbatiga bog‘liq holda turli xil konsentratsiyadagi sulfat kislota hosil bo‘ladi. n>1 da oleum n q 1 (monogidrat) da 100% li sulfat kislota, n<1 da esa sulfat kislotaning suvli eritmasi, ya’ni suyultirilgan sulfat kislota hosil bo‘ladi. Absorbsiyalashdan so‘ng gazlar aralashmasi yutilmagan sulfat angidrid bilan bilan atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bu gazlar aralashmasi tarkibidagi yo‘qotiladigan SO 3 miqdorini kamaytirish uchun absorbsiya bo‘linmasida sulfat angidrid absorbsiyasini yetarlicha to‘la amalga oshirilishini ta’minlash lozimdir. Kontakt ishlab chiqarish korxonalarida barcha mahsulotlar (yuvuvchi kislotadan tashqari) oleum tarzida ishlab chiqariladi. Oleum sulfat kislotaning boshqa texnik navlaridan farqlanib, qimmatbaho mahsulot hisoblanadi. Agar oleumga talab bo‘lmasa, uni 93-95% li sulfat kislotagacha suyutiriladi. Oleum olish uchun tarkibida SO 3 tutgan gaz oleum sachratiladigan minora (oleumli absorber) orqali o‘tkaziladi. U yerda sulfat angidridning bir qismi yutiladi, uning qolgan qismi esa ikkinchi absorber, ya’ni monogidrat sachratiladigan minora (monogidratli absorber) da absorbsiyalanadi. Oleumning konsentratsiyasi ortib borishi bilan (SO 3 yutilishi hisobiga) unga monogidratli absorberdan uzatiladigan kislota qo‘shiladi. Hosil bo‘ladigan oleumning ortiqcha miqdori omborga uzatiladi. Shunday qilib barcha mahsulotni oleum tarzida ishlab chiqarish ta’minlanadi. Mahsulot sifatidagi oleum tarkibida 18,5% dan kam bo‘lmagan SO 3 (erkin) bo‘lishi kerak, bunday oleumdan oleumli absorberda foydalaniladi. Monogidratli absorberda sachratiluvchi sulfat kislotaning konsentratsiyasi 98,3% ni tashkil etadi. Bunday konsentratsiyali kislot sulfat angidridni juda yaxshi absorbsiyalaydi, chunki bu eritma ustidagi SO 3 ning bug‘ bosimi juda ham kam bo‘ladi. 98,3% H 2 SO 4 dan past konsentratsiyali kislota ustida gazli aralashmada suv, yuqori konsentratsiyali kislotada – sulfat angidrid bo‘ladi. Bu holatlarda sulfat angidridning absorbsiyalanishi 68 yomonlashadi. SO 3 ning to‘liq absorbsiyalanishi ma’lum darajada sulfat kislota haroratiga ham bog‘liqdir: harorat qanchalik past bo‘lsa, absorbsiyalanish darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Tarkibida sulfat angidrid bo‘lgan kontaktli gaz aralashmani konsentratsiyasi 98,3% H 2 SO 4 dan past bo‘lgan kislota bilan qayta ishlashda sulfat angidridning bir qismi suv bug‘i bilan birikib, sulfat kislota bulutini hosil qiladi. Uni oddiy absorbsiya qurilmalari bilan tutib qolish qiyindir va uning asosiy qismi chiqindi gazlari bilan atmosferaga chiqib ketadi. Bunda mo‘rili quvurdan chiqadigan gaz tutun tarzida ko‘rinadi. Sulfat kislotaning konsentratsiyasi qanchalik kichik va uning harorati baland bo‘lsa, undan shunchalik ko‘p suv bug‘i chiqadi, ko‘p miqdordagi tuman hosil bo‘ladi va SO 3 ning yo‘qotilishi ortadi. Kontaktli gazni 98,3% H 2 SO 4 dan yuqori konsentratsiyali kislota bilan absorbsiyalashda sulfat angidrid to‘la yutilmaydi, chunki bu kislotadan SO 3 ajraladi. Bu holda ham chiqindi gazlari atmosferani bir qism sulfat angidrid bilan ifloslantiradi, u esa havodagi namlik bilan birikib sulfat kislota bulutlarini hosil qiladi. Shunday qilib, ikkala holda ham sulfat angidridning absorbsiyasi yomonlashadi va H 2 SO 4 buluti hosil bo‘ladi. 1.26-rasmda monogidratli absorberda sulfat angidrid absorbsiyalanish darajasining sachratiladigan kislota konsentratsiyasi va haroratiga bog‘liqligi tasvirlangan. Rasmdan ko‘rinadiki, 98,3% li sulfat kislota yuqori darajada absorbsiyalash xususiyatiga ega. Undan past yoki yuqori konsentratsiyali kislotada harorat oshirilganda ham pasayishini kuzatish mumkin. 1.26-rasm. Monogidratli absorberda turli haroratda sulfat angidridning absorbsiyalanish darajasi: 1-60 O C da; 2-80 O C da; 3-100 O C da; 4-120 O C da. 69 Oleumli absorberda SO 3 ni oleum bilan absorbsiyalashda ham absorbsiyaning harakatlantiruvchi kuchi kamayishi hisobiga haroratning ortishi bilan yomonlashadi. U quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: '' 2 '' 1 ' 2 ' 1 '' 2 '' 1 ' 2 1 lg 3 , 2 ) ( ) ( ' 1> Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling