I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Qaynovchi qatlamdagi katalizatorda SO
2 ning oksidlanishi. Qaynovchi qatlamda gaz katalizator zarrachalari bilan anchagina jadal aralashadi, buning natijasida kontakt massa sirtiga SO 2 va O 2 ning yaqinlashishi kuchayadi va SO 2 oksidlanish jarayonining umumiy 60 tezligi, ayniqsa, kontaktlanish jarayonining boshlanishida ortadi. Qaynovchi qatlamning gidravlik qarshiligi donachalarning o‘lchamiga bog‘liq emas, shuning uchun qaynovchi qatlamda SO 2 ning katalitik oksidlanishida juda mayda sferik donachalar ishlatiladi, bu esa katalizatorning ichki yuzasidan to‘la foydalanilishini ta’minlaydi. Jarayonning ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatidan kelib chiqib, qaynovchi qatlamda katalizator sarfi, tajriba zavodi ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 2 marta kamayishi aniqlangan. Reaksiyaning issiqligini chiqarib olish uchun katalizatorning qaynovchi qatlamida sovutish elementlari joylashtiriladi, ular orqali gaz yoki boshqa sovutish agentlari harakatlanadi. Katalizatorning qaynovchi qatlamida sovutish elementlari sirtiga issiqlik uzatilish koeffitsienti 800- 1200 kj/(m 2 ∙soat∙grad) ni tashkil etadi, ya’ni bu gazdan odatdagi issiqlik almashtirgich quvurlariga issiqlik uzatish koeffitsientlariga nisbatan 8- 10 marta kattadir. Qaynovchi qatlamda issiqlik chiqarilib olishining jadalligi yuqori konsentrlangan sulfitli gaz oksidlanishini katalizatorning qizib ketmasdan amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Qaynovchi qatlamda jadal aralashish tufayli unga kiradigan gazning harorati kontakt massani yondirish haroratidan ham past bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa, kontakt massaning birinchi qatlamida va yuqori konsentratsiyali sulfitli gazni oksidlashda katta amaliy ahamiyatga egadir. Katalizatorning qaynovchi qatlamiga keladigan gazdagi ma’lum miqdordagi chang miqdori qiyinchiliklar keltirib chiqarmaydi, chunki gazning tezligi katta bo‘lganligi va jadallik bilan aralashganligi sababli chang qaynovchi qatlamda ushlanib qolmaydi. Eskirgan katalizatorni chiqarib olish va yangisini solish, qaynovchi qatlamda, jarayonni to‘xtatmasdan amalga oshirilishi mumkin, bu esa gazdagi kontakt zaharlari ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladigan soddalashtirilgan texnologik sxemalar bo‘yicha ishlashda muhim hisoblanadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling