I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
R
v d w 18 2 2 1 bu yerda: d – zarracha diametri, m; – zarracha zichligi, kg/m 2 ; v – oqimning aylanma harakati, m/sek; R – aylanish radiusi, m; – gazning dinamik qovushqoqligi, kg/(m∙sek). Markazdan qochma kuch ta’sirida gazlarni changdan va suyuqlik tomchilaridan tozalash uchun jihozlar markazdan qochma chang tutgichlar yoki siklonlar deyiladi. Siklonning ishlash sxemasi 1.12-rasmda tasvirlangan. Jihozga gaz oqimi tangensial aylanma oqimda kiradi va markaziy chiqarish quvurining asosi bo‘yicha aylanadi. Chang zarrachalari w tezlikda radial harakatlanadi, siklon devoriga urilib, uning sirtidan pastga – bunkerga tushadi. Tozalangan gaz esa markaziy quvur orqali yuqoridan chiqadi. 1.12-rasm. Siklon: 1-tashqi silindr; 2-ichki silindr; 3-konussimon bunker 47 Yuqoridagi formuladan ko‘rinadiki, siklonning unumdorligi undagi gazning tezligi ortishi bilan ko‘tariladi. Lekin, shu bilan bir vaqtda siklonning gidravlik qarshiligi ham ortadi va uning sirtiga o‘tirib qolgan changning ma’lum qismini uchirib gaz bilan olib chiqib ketadi. Siklonlardagi gazning tezligini 7-20 m/sek etib belgilangan, bunda gidravlik qarshilik 400 n/m 2 ( 40 mm. sim. ust. ga yetadi). 1.13-rasmda NIIOGAZ (Rossiya) bittalik siklonning va sikkiz siklondan iborat batareyasi tasvirlangan. Bunday siklonlar qaynovchi qatlam pechlarida hosil bo‘ladigan kuyundi gazlari tarkibidagi changni tozalashning birinchi bosqichida ishlatiladi. NIIOGAZ siklonlari batareyasidan iborat chang tutgich qurilmani tayyorlashda 1000 m 2 /s tozalanadigan gaz uchun 100-150 kg metall sarflanadi. Tozalash koeffitsienti (tozalangan va iflos gazdagi chang miqdorlarining nisbati) changdagi zarrachalar o‘lchamiga bog‘liqdir . 1.13-rasm. NIIOGAZ siklonlarining ishchi holatda joylanishi: a – bittalik siklon; b – siklonlar batareyasi 1.14-rasmda filtr tasvirlangan, unda ikkita konsentrik to‘r 2 lar orasidagi halqali bo‘shliqqa filtrlovchi material (pemza, qum yoki b.) joylashtirilgan. Bunday jihoz oltingugutdan sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonida tarkibida muallaq holatida zarrachalar bo‘lgan gazni kontakt jihoziga berishdan oldin tozalashda ishlatiladi. Gaz jihozning pastki yon tarafidagi qisqa quvurdan kiradi va filtrlash yuzasiga plita 1 orqali taqsimlanadi. Filtrlovchi material qatlami 3 orqali o‘tib, tozalangan gaz jihozning yuqori qismidagi qisqa quvur orqali chiqib ketadi. Bunday filtrlarning muhim afzalligi shundaki, 48 ishlatib bo‘lingan filtrlovchi materialni filtrdan bo‘shatish va yangi filtrlovchi materialni filtrga solish, uning yuqorisidagi va pastidagi qopqoqli tuynuk (lyuk) 4 lar orqali juda tez amalga oshiriladi. Gazni changdan mexanik tozalash yetarlicha sodda, lekin tozalash koeffitsienti yunchalik yuqori emas. Shuning uchun sulfat kislota ishlab chiqarishda gazlarni yaxshilab tozalash talab etilgan taqdirda, mexanik usullar elektrik usullar bilan uyg‘unlashtiriladi va yuqori changlikka ega bo‘lgan kuyundi gazlarini (chang holatida kuydirish va qaynovchi qatlam pechlarining gazlarini) dastlabki tozalash jarayonida ishlatiladi. 1.14-rasm. Donador filtrlovchi materialli filtr: 1-taqsimlash plitasi; 2-to‘r; 3-donador filtrlovchi material; 4-materialni chiqarish va solish qopqoqli tuynuk (lyuk) lari. Gazlarni elektrik usulda tozalash. Bu usul gazlardan muallaq zarrachalarni tozalashda mexanik usulga nisbatan takomillashgan va ishonchli bo‘lsada, u ancha qimmatli hisoblanadi. Gazlarni changdan va sulfat kislota bug‘laridan tozalash uchun sulfat kislotali sanoatda elektrik tozalash keng miqyosda qo‘llaniladi. Gazlarni changdan elektrik tozalash jihozlari elektrofiltrlar deyiladi. Cho‘ktiruvchi elektrodlari quvur shaklida bo‘lgan quvurli elektrofiltrlar va plastinkali elektrofiltrlar ishlatiladi Cho‘ktiruvchi elektrod vazifasini o‘tovchi yerga ulangan va sim to‘r bilan qoplangan quvur ichiga 70000-100000 v kuchlanishli doimiy tok mashinasining manfiy qismiga ulangan tojsimon elektrod joylashtirilgan (1.15a-rasm). Sim atrofidagi gaz qatlamlari ionlashadi va yorituvchi qavat (toj) hosil bo‘ladi. Gaz tarkibidagi changlar manfiy tok bilan zaryadlanib sim elektroddan qochadi va quvur devorchalariga yopishgan holda zaryadsizlanadi. Quvur vaqti-vaqti bilan urilib, yig‘ilgan changlar 49 pastga tushirib olinadi. Buning natijasida gaz quvurdan o‘tayotganda changdan tozalanadi. Bu usulda gaz changdan 95-98% tozalanadi. Plastinkali elektrofiltrlarda cho‘ktiruvchi elektrod vazifasini plastinkalar, tojsimon elektrodlar esa plastinkalar orasiga bir-biridan va plastinkadan bir xil masofada joylashgan qator simlar tarzida joylashtirladi (15b-rasm). 1.15-rasm. Quruq elektrofiltrlar tizimining asosiy sxemasi: a – quvurli elektrofiltr; b – plastinkali elektrofiltr (strelkalar bilan elektronlar oqimining yo‘nalishi ko‘rsatilgan); n – elektrodlarga beriladigan kuchlanish; R – quvurli cho‘ktiruvchi elektrod radiusi; r – tojsimon elektrod (sim) radiusi); H – sim va plastinkali elektrod orasidagi masofa; d – simlar orasidagi masofa. Elektrofiltrlarda gazlarning tozalanish darajasi elektr maydonining kuchlanganligi E ga (v/sm da) bog‘liq bo‘lib, u tojsimon elektrod va quvurli elektrodning devori orasidagi har qanday nuqtada quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling