I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   131
Kolchedanni chang holatida kuydirish pechi. Chang holatida kuydi-
rish pechining tuzilishi 1.6-rasmda tasvirlangan. Pechning diametri 4 
metrni, balandligi esa 10 metrni tashkil etadi. Bunda ham maydalangan 
va quruq holatdagi flotatsion kolchedan havo bilan birga forsunka 3 
orqali qizdirilgan pechga kiritiladi. Kolchedan havo oqimi ta’sirida 
pechning yuqori qismiga ko‘tarilib, u yerda yangi havo bilan 
to‘qnashadi, so‘ngra kuyundi pastga tushadi. Kuyundi pech bunkeridan 
chiqarib olinadi, hosil bo‘lgan gaz aralashmasi esa pechning yon 
tomonidagi shtutser orqali chiqib ketadi. 
Bunday pech mexanik pechlarga qaraganda anchagina sodda tuzil-
gan hamda ularning ish jadalligi 3-4 marta ko‘p. Hosil bo‘layotgan gaz-
lar aralashmasida 10-11% SO
2
bo‘ladi; harorat 1000
O
C ga yetadi; bunda 
hosil bo‘layotgan issiqlik bug‘ qozonlarida bug‘ olish uchun ishlatiladi. 


32 
1.6-rasm. Kolchedanni chang holatida kuydirish pechi: 
1-g‘ilof; 2-qoplama; 3-forsunka. 
Chang holatida kuydirish pechlarining kamchiligi shundaki, ular 
mexanikaviy pechlarga nisbatan chidamsizdir, hosil bo‘ladigan gaz esa 
juda changli bo‘ladi. Bundan tashqari, bu pechlarda faqat quruq 
flotatsion kolchedannigina kuydirish mumkin, mexanikaviy pechlarda 
esa 10% namlikka ega bo‘lgan kolchedanni hamda yirik oddiy 
kolchedanni ham yoqish mumkin. 
Qaynovchi qatlamda kuydirish pechi. Nisbatan yuqori jadallik bilan 
ishlaydigan kolchedanni kuydirish pechlari jumlasiga qaynovchi 
qatlamda kuydirish pechlari kiradi va ular sanoatda keng miqyosda 
qo‘llanilmoqda. 
Qaynovchi qatlamli kolchedanni kuydirish pechlari (1.7-rasm) 
vertikal silindrik ko‘rinishdagi ichki qismi niqoblangan kameradan 
iborat bo‘lib, kolchedan uzluksiz ravishda pech to‘riga berilib turadi, 
havo esa to‘rning pastidan ventilyator yordamida puflanadi. Havo to‘r 
teshikchalari orasidan katta tezlik bilan o‘tib, kolchedanni yuqoriga 
ko‘taradi va uni aralashtiradi, bunda kolchedan xuddi qaynayotgandek 
bo‘ladi, shuning uchun ham bu jarayon qaynovchi qatlamli kuydirish 
deyiladi. Kolchedan to‘r bo‘ylab harakat qilish davrida kuyadi. 
Bunday pechlarning jadalligi mexanik pechga nisbatan 10 barobar 
yuqori bo‘ladi, hosil bo‘ladigan gazlar aralashmasida 15-16% gacha, 
nazariy hisoblashlarga ko‘rsa esa 16-17% SO
2
bo‘ladi; pech ishini 


33 
avtomatlashtirish mumkin; hosil bo‘ladigan issiqlikdan tegishli maq-
sadlarda foydalaniladi; lekin gazlar aralashmasi juda changli bo‘ladi. 
1.7-rasm. Qaynovchi qatlamli pechning prinsipial sxemasi. 
Qaynovchi qatlamli pechdan chiqadigan gazda pechdagi 90% gacha 
kuyundi u bilan chiqadi. Shuning uchun changli kuyundi gazini dastlab 
bitta yoki ikkita siklondan o‘tkaziladi, u yerda gazdagi changning asosiy 
qismi tutib qolinadi, so‘ngra gaz elektrofiltrdan o‘tkazish orqali 
changdan to‘la tozalanadi. 
Qaynovchi qatlam pechlarida nafaqat kolchedan flotakonsentrati, 
balki yirik zarrachali kolchedan ham kuydirilishi mumkin. Bunda 
gazning bilan chang bilan ifloslanishi kam darajada bo‘lganligi sababli 
kuydirish jarayonini katta tezlikda o‘tkazish mumkin va shunga muvofiq 
ravishda panjara to‘ri maydoni yuza birligida nisbatan ko‘p miqdordagi 
kolchedanni kuydirilishiga erishiladi. Masalan, kolchedan zarralari 
o‘lchami 6 mm bo‘lganda sutkasiga 1 m
2
yuzadagi panjara to‘ri 
maydonida 15-20 t gacha kolchedanni kuydirish mumkin; flotatsion 
kolchedan kuydirilganda esa pechga beriladigan kolchedan miqdori 
birmuncha kam bo‘ladi. 
Yonish jarayoni yuqori tezlikda va jadallik bilan aralashish hisobiga 
borganligi sababli qaynovchi qatlamda kolchedan emas, balki kuyundi 
bo‘ladi. Qaynovchi qatlamning turli nuqtalarida kuyundidagi oltingugurt 
miqdori deyarli bir xil bo‘ladi. Kuyayotgan material bilan havoning 
to‘qnashish vaqti qaynovchi qatlam balandligiga bog‘liqdir: qaynovchi 


34 
qatlam qanchalik yuqori bo‘lsa, oltingugurt shunchalik to‘la yonadi. 
Lekin to‘r ustidagi qaynovchi qatlamni yuqori balandlida ushlab turish 
uchun pechga beriladigan yuqori bosimdagi havo talab etiladi, bu esa 
elektroenergiya sarfini ortishiga olib keladi. 
Xomashyo zarrachalari bir-biriga yopishib qolishi (dashqollanishi) 
ni oldini olish maqsadida qaynovchi qatlam pechlaridagi haroratni 
800
O
C dan oshirmaslik lozimdir. Bunday pechlardagi atrof-muhitga 
yo‘qotiladigan issiqlik unchalik katta bo‘lmaydi (2% atrofida bo‘ladi), 
shuning uchun ulardagi haroratni kerakli darajada ushlab turish uchun 
pechdan ko‘p miqdordagi issiqlik chiqarib olinadi. Buning uchun 
qaynovchi qatlam doirasiga sovitish elementlari – suvni qizdirish uchun 
issiqlik almashtirgich yoki bug‘ qozononing quvurli bo‘lmalari shunday 
joylashtiriladiki, bunda bitta jihozning o‘zida kolchedanning yonish va 
bug‘ hosil bo‘lish jarayonlari amalga oshadi. Qaynovchi qatlamda 
issiqlik uzatish koeffitsienti qariyib 1000 kj/(m
3
∙grad∙soat) ni tashkil 
etadi. 
1.8-rasmda kolchedanni qaynovchi qatlamda kuydirish uchun 
qurilmaning sxemasi tasvirlangan. 
1.8-rasm. Kolchedanni qaynovchi qatlam pechida kuydirish uchun 
qurilma sxemasi: 
1-ta’minlash bunkeri; 2-qaynovchi qatlam pechi; 3-sovutgich elementlari; 4-ventilyator; 5- 
kuyundi chiqarish tirqishlari; 6-chang chiqarish tirqishlari; 7-qozon-yuttirgich; 8-bug‘li 
qizdirgich; 9-baraban-separator; 10-qaynatgich quvurlar; 11-siklonlar; 12-elektrofiltr; 13-zanjirli 
transformator; 14-sovutgich baraban; 15-transportyor; 16-sirkulyatsiya nasosi; 17-kuyundi va 
changni yo‘qotish uchun lentali transportyor 


35 
Maydalangan kolchedan (rudasi yoki flotakonsentrati) bunker-
ta’minlagich 1 dan bir tekisda qaynovchi qatlam pechi 2 ning qabul 
qilish kamerasiga tushadi va «qaynayotgan» material qatlamiga tegib 
unga aralashgan holda yonadi. Kolchedanning yonishi uchun kerak 
bo‘ladigan havo pechga ventilyator 4 orqali puflanadi va u yerdagi 
kuyundi hamda yonayotgan kolchedan aralashmasini «qaynash» holatiga 
olib keladi. Qaynovchi qatlamdagi haroratni bir xil darajada ushlab 
turish uchun pechning pastki qismiga «qaynayotgan» material ichida 
bo‘ladigan sovutish (o‘ramli) elementlari 3 joylashtiriladi. Qaynovchi 
qatlam pechidan chiqadigan kuyundi gaz qozon-yuttirgich 7 ga keladi, u 
yerda 400-450
O
C haroratgacha soviydi. Qozon-yuttirgich baraban-
separator 9 bilan birgalikda o‘rnatilgan bo‘lib, u yerga sovutish 
elementlari 3 dan qaynatuvchi quvurlar 10 orqali bug‘-suvli emulsiya 
keladi. Shunday qilib, qaynovchi qatlam va kuyundi gazidagi barcha 
ortiqcha issiqlik qozon-yuttirgich 7 da ishlatiladi. Bunda 1 t 
kuydiriladigan standart (quruq 45% S li) kolchedan hisobidan 1,5 t 
gacha bug‘ olinishi mumkin. 
Qozondan chiqadigan kuyundi gaz siklonlar 11 yordamida yirik 
zarrachali changdan, ko‘p tokchali elektrofiltr 12 da esa changdan to‘la 
tozalanadi va so‘ngra sulfat kislotaga qayta ishlash uchun yuboriladi. 
Qaynovchi qatlamli pechdagi kuyundi, qozon-yuttirgich bunkerlaridagi, 
siklonlardagi va elektrofiltrdagi chang kukunlari transportyor 15 ga 
tushadi, so‘ngra sovutish barabani 14 da sovutiladi va lentali 
transportyor 17 yordamida sexdan chiqarib tashlanadi. 
Kuyundi gazida sulfat angidridning bo‘lishi o‘rinsizdir, chunki bu 
elektrofiltr elektrodlarida chang qatqaloqlarining hosil bo‘lishga olib 
keladi. Qaynovchi qatlam pechlari kuyundi gazlarida esa SO
3
miqdori 
sezilarsiz darajada bo‘ladi, bu esa uning ustunliklaridan biri hisoblanadi. 
Lekin sulfat kislotali tizimning keyingi bosqichlarida gazning sovush 
jarayonida sulfit angidridning oksidlanishi natijasida qo‘shimcha 
miqdordagi sulfat angidridning hosil bo‘lishi kuzatiladi (bu jarayonda 
katalizator vazifasini kuyundi changi, jihoz niqoblari va boshqalar 
bajaradi). Pechdan keyin o‘rnatilgan jihozlarda sulfat angidridning hosil 
bo‘lishini kamaytirish uchun qaynovchi qatlam pechidan chiqadigan gaz 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qozon-yuttirgichga yuboriladi, u yerda tez sovutiladi 
(gazningqozon-yuttirgichdan o‘tish vaqti 0,5 sekunddan kam bo‘ladi). 
Shuning uchun SO
2
ning SO
3
ga tez oksidlanishini ta’minlaydigan 
haroratdagi gaz qozon-yuttirgichda iloji boricha kam vaqtda bo‘ladi, 


36 
buning natijasida sulfat angidrid oz miqdorda hosil bo‘ladi. Qozon-
yuttirgichdan keyin harorat past (450
O
C dan kichik) bo‘lganligi sababli 
sulfat angidrid amalda hosil bo‘lmaydi. 
Qaynovchi qatlamli pechlar turlicha samaradorlikka ega bo‘ladi. 
Masalan, Lurgi (Germaniya) firmasining ma’lumotlariga ko‘ra, ularda 1 
m
3
to‘r yuzasiga 7,5 dan 10 t/sutka gacha jadallikda ishlaydigan 
xomashyoni kuydiruvchi 14 dan 500 t/sutka gacha samaradorlikdagi 
qaynovchi qatlam pechlari ishlatiladi. Bunday pechlardan olinadigan 
bug‘ bosimi 24,5 dan 123 bar (25-125 atm) ga, bug‘ harorati 500
O

gacha yetadi. 
Ruxli va misli rudalar hamda konsentratlarni kuydirish uchun 
yuqorida bayon etilgan pechlardan ayrim detallari bilan farqlanadigan 
qaynovchi qatlam pechlar ishlatiladi. Bu kuydiriladigan xomashyolarni 
xossalari bilan bog‘liq bo‘lib, pechlarda xomashyoni kuydirishdan hosil 
bo‘ladigan kuyundidan keyingi bosqichda rangli metallar ishlab 
chiqarish uchun sifatli kuyundi olishni talab etadi va bu ishlar undan 
rangli metallarni to‘la ajratib olinishiga qaratiladi. Rangli metallurgiya 
qaynovchi qatlam pechlaridagi ishlash tartibi ham birmuncha farqlanadi. 
Masalan, ruxli ruda birmuncha yuqori haroratda kuydiriladi, kuyundi 
tarkibidagi rux, uni kuyundidan oson ajraladigan birikmaga aylanishi 
uchun kuyundi gazi tarkibidagi kislorod esa yuqori konsentratsiyada 
ushlab turiladi. 
Quyida flotatsion kolchedanni (standart kolchedan hisobida) 
kuydirishda ishlatiladigan turli xildagi pechlarning jadalligi keltirilgan: 
Pechlar 
Jadalligi, kg/m
2
Taxmonli mexanik (VKZ) ………… 
250 gacha 
Chang holatida kuydirish …………. 
5000 gacha 
Qaynovchi qatlamli (QQ) ………..... 
20000 gacha 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling