I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Sulfatli xomashyolar. Gips. Ko‘pgina mamlakatlarda gips – kalsiy
sulfat kristallogidrati CaSO 4 ∙2H 2 O ning yirik konlari mavjuddir. Tabiatda kalsiy sulfat suvsiz tuz – angidrit CaSO 4 tarzida ham uchraydi, shuningdek fosfat kislota, fosforli va kompleks o‘g‘itlar sanoatining chiqindisi – fosfogips holatida ham hosil bo‘ladi. Sulfat kislota olish uchun gips (angidrit, fosfogips) ning ko‘mir va tuproq bilan aralashmasi kuydiriladi. Bunda kalsiy sulfatning qaytarilishi natijasida sulfit angidrid hosil bo‘ladi. Qolgan kuyundi maydalangandan so‘ng senment hisoblanadi. O‘zbekistonda gipsdan sulfat kislota ishlab chiqarilmaydi, chunki bizda sulfat kislota ishlab chiqarish uchun gipsga nisbatan ancha arzon bo‘lgan boshqa xomashyolar yetarlicha mavjuddir. Chiqindi kislotalar. Neft mahsulotlarini tozalashda, organik moddalarni sulfolashda, suv tortib oluvchi modda sifatida va boshqa bir qancha maqsadlarda keng qo‘llaniladigan sulfat kislota ishlatib bo‘lingandan so‘ng tarkibida ko‘p miqdordagi H 2 SO 4 bo‘lgan chiqindi sifatida korxonalardan chiqariladi. Bunday chiqindilar miqdori yildan- yilga ko‘payib bormoqda. Ularni tozalash inshootlarida ishqorlar bilan neytrallab oqavalarga qo‘shib yuboriladi va bu ham iqtisodiy, ham ekologik zararlar keltiradi. Ko‘p hollarda chiqindi kislotalardan sulfat kislotasini ajratib olish maqbul hisoblanadi. AQSHda yiliga 0,8 mln t sulfat kislota (ikkilamchi kislota) chiqindi kislotalardan ajratib olinadi. 27 Chiqindi kislotalarni qayta ishlash usuli uning tarkibiga bog‘liqdir. Bu kislotalardan foydalanishning iqtisodiy jihatdan eng maqbul yo‘li, bu uning tarkibidagi qo‘shimchalar ishlab chiqarish ko‘rsatkichiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan sanoatlardir, masalan, mineral o‘g‘itlar sanoati, metallarni tozadash va boshqalar. Chiqindi kislotalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanib bo‘lmaydigan sharoitlarda ular tarkibidagi qo‘shimchalar tozalanadi yoki kislotani termik parchalash yo‘li bilan sulfit angidrid olinadi va undan sulfat kislota ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yuvindi eritmalari. Metallar sirtini tozalashda kislota eritmalaridan foydalaniladi va bunda hosil bo‘ladigan chiqindi eritmalar yuvindi eritmalari deyiladi. Yuvindi eritmalari tarkibida 2-4% erkin H 2 SO 4 va 25% gacha FeSO 4 bo‘ladi. Yuvindi eritmalaridan temir sulfatning asosiy qismi FeSO 4 ∙7H 2 O tarzida ajratib olinadi va qoldiq eritma yuvish vannalariga qaytariladi. Yuvindi eritmalarni regeneratsiyalashdan ajratilgan temir kuporosi mahsulot sifatida chiqariladi. Ayrim qurilmalarda yuvindi eritmalardan oldindan temir kuporosini ajratib olmasdan sulfat kislotasi olinadi. Bunday qollarda yuvindi eritmalaridagi sulfat kislotasi ortiqcha miqdordagi kuyundi bilan neytrallanadi va bu aralashma pechlarda ko‘mir bilan qaytariladi. Hosil qilingan sulfit angidrid sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling