I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131
Tug‘ma rudalardan oltingugurtning olinishi. Tug‘ma oltingugurt 
konlari qoldiqli yoki vulkanli xarakterdagi yotqiziqlar tarzida uchraydi. 
Tug‘ma oltingugurt konlari Italiyada (Sitsiliya orollarida), Yaponiyada 
(Xokkaydo orollarida), AQSHda (Texas va Luiziana shtatlarida) 
uchraydi. 
Tarkibida 20% va undan ortiq oltingugurt tutgan tug‘ma oltingugurt 
rudalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuydirilib, sulfit angidridga aylantiriladi va 
undan sulfat kislota ishlab chiqariladi. Ammo odatda oltingugurtli 
rudalar kuydirilmaydi, balki undan oltingugurt suyuqlantirilib ajratilib 
olinadi. Oltingugurtni suyuqlantirib ajratib olish pechlarda, avtoklav-
larda va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer osti yotqiziqlarida amalga oshiriladi. 
Pechlarda oltingugurtni suyuqlantirishda ruda tarkibidagi 25% 
gacha oltingugurtni yoqish issiqligidan foydalaniladi. Bunda elementar 
oltingugurt unumi 75% ga yetadi. 
Oltingugurtni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer osti yotqiziqlaridan Frash usuli 
bo‘yicha qazib olishda (bu usul AQSHda ishlatiladi) oltingugurt qaynoq 
suv bilan suyuqlantiriladi va qisilgan havo bilan yuzaga siqib 
chiqariladi. Buning uchun quduqqa bitta quvur orqali bosim ostida 150-
160
O
C haroratgacha qizdirilgan suv berilsa, ikkinchisidan esa qisilgan 
havo yuboriladi. So‘ngra suv ma’lum masofada joylashgan va 
oltingugurtli qatlamdan chuqurroq bo‘lgan boshqa maxsus quduqdan 
chiqarib olinadi. Frash usuli bilan nisbatan arzon oltingugurt olinadi, 
lekin bunda kondan uni ajratib olish darajasi 30-60% ni tashkil etadi 
xolos. AQSHda oltingugurtning ko‘p qismi temir yo‘l va avtomobil 
sisternalarida suyuqlantirilgan holatda tashiladi. 
Ko‘pincha 
oltingugurtga 
boy 
bo‘lgan 
tug‘ma 
oltingugurt 
rudalaridan uni flotatsiyalash yo‘li bilan ajratib olinadi. 
Tug‘ma rudalardan oltingugurt olish uchun flotatsiyalash va so‘ngra 
flotatsiya avtoklavlarida konsentratdan oltingugurtni suyuqlantirish usuli 
qo‘llaniladi (1.3-rasm). 
Kondan keladigan oltingugurtli ruda dastlab tegirmonlarda mayda-
lanadi. Juda mayda holatigacha maydalangan ruda flotatsiyalashga 
yuboriladi. Bunda flotareagent sifatida suyuq shisha, kerosin va C
7
-C
9
spirtlari ishlatiladi. Tarkibida 70-75% elementar oltingugurt bo‘lgan 
hosil qilingan konsentrat quyultiruvchilarda, so‘ngra barabanli filtrlar 
yoki sentrifugalarda 10-15% namlik qolguncha suvsizlantiriladi. Suv-


21 
sizlantirilgan oltingugurtli konsentrat ochiq suyuqlantirgich 1 ga 
yuboriladi. 
1.3-rasm. Avtoklavlarda flotatsiyalash orqali oltingugurtli 
konsentratlardan oltingugurt olish sxemasi: 
1-suyuqlantirgich; 2-flotareagent eritmalari yig‘gichlari; 3-flotatsiyalash avtoklavlari. 
Suyuqlantirgich unumdorligi oltingugurtli konsentrat namligiga 
bog‘liq va u konsentrat namligi 10-15%, qizdirish yuzasi 1 m
2
bo‘lganda 
100-150 kg/s ni tashkil etadi. Quruq konsentratni suyuqlantirishda 
unumdorlik 270-300 kg/s gacha yetadi. 
Muntazam 
ravishda 
suyuqlangan 
oltingugurtli 
konsentrat 
suyuqlantirgich 1 dan 120-130
O
C haroratda oltingugurtli suspenziya 
holatida flotatsiyalash avtoklavi 3 ga tushadi. Bu yerga shu bilan bir 
vaqtda yig‘gich 2 dan flotareagentning suvli eritmasi ham beriladi. 
Avtoklavlar 
po‘latdan 
tayyorlangan 
silindrik 
idish 
bo‘lib, 
konussimon taglikka egadir. Sirti bug‘li qoplama isitiladi. Avtoklavda 
aralashtirgichlar bo‘ladi. Avtoklavdagi ikkita shtutserning biridan 
suyuqlantirilgan oltingugurt, ikkinchisidan esa bekorchi jinslar chiqarib 
olinadi. 
Avtoklavdagi massani aralashtirilganda suv mayda tomchilarga 
bo‘linadi, u esa bekorchi jinslarga absorbilanishi natijasida massaning 
yuqori qatlamiga qalqib chiqadi. Shuning uchun avtoklavdan dastlab 
toza suyuq oltingugurt quyib olinadi, so‘ngra esa bekorchi jins 
chiqariladi. Flotatsiyalash avtoklavining unumdorligi 1 m
3
hajmdagi 


22 
jihoz uchun 1600 kg/s oltingugurtga to‘g‘ri keladi. Konsentratdan 
oltingugurtni umumiy ajratib olish darajasi 95-98% ni tashkil etadi. 
Flotatsiyalash avtoklavining ishlash tartibi taxminan quyidagicha 
bo‘ladi: 
Bajariladigan ishlar 
Davomiyligi, 
min. 
Oltingugurtli bo‘tqani suv bilan aralashtirish ………................. 
10 
Flotatsiyalash …….…….…….…….…….…….…….………... 

Suyuq oltingugurtni quyib olish va chiqindilarni yo‘qotish …... 
15 
Siklning umumiy davomiyligi 30 min; suyuq shisha sarfi 8% 
(eritmadagi SiO
2
ning konsentratsiyasi 3 g/l) ni tashkil etadi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling