I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Sulfat kislota navlari. Sanoatda bir necha navdagi sulfat kislota
ishlab chiqariladi. Ular tarkibidagi H 2 SO 4 yoki SO 3 (erkin) miqdorlari, shuningdek qo‘shimchalarning tarkibi va miqdori bilan bir-biridan farqlanadi. Nitrozali usulda tarkibida taxminan 75% H 2 SO 4 bo‘lgan nisbatan past konsentratsiyali minora kislotasi olinadi. Kontaktli usul bo‘yicha esa amalda har qanday konsentratsiyadagi sulfat kislota olinishi mumkin. Chunki kontakt jarayonida hosil bo‘ladigan sulfat angidridga har qanday miqdordagi suv qo‘shilishi mumkin. Qo‘shimchalarning tarkibi va miqdori sulfat kislota ishlab chiqarish usuliga bog‘liqdir. Masalan, minorali sulfat kislotasi ishlab chiqarishda unga kuyundi gazi tarkibidagi, xattoki uni quruq elektrofiltrlarda tozalangandan keyin ham qoladigan changning bir qismi aralashgan bo‘ladi. Bundan tashqari, minorali kislota tarkibida erigan azot oksidlari ham bo‘ladi. Shuningdek, sulfat kislota, H 2 SO 4 eritmasida jihozlarning korroziyalanishidan hosil bo‘ladigan mahsulotlar bilan ham birmuncha 14 ifloslanadi. Agarda kislotani konsentrlash jarayoni amalga oshirilsa, unga o‘choq gazlari tarkibidagi qo‘shimchalar ham aralashishi natijasida ifloslanadi. Kimyo sanoatida kontakt usulida olingan A va B navlardagi mahsulotlar tarkibida 92,5-94%, texnik mahsulotda esa 92,5% H 2 SO 4 bo‘ladi. Nitrozali (minorali) usulda olingan mahsulotda 91% H 2 SO 4 , akkumulyator kislotasi sifatida ishlab chiqariladigan mahsulotning A va B navlarda 92-94% H 2 SO 4 bo‘ladi. Kimyoviy toza (k.t.), analiz uchun toza (a.u.t.) hamda toza (t) markali mahsulotlar 93,5-95,6% H 2 SO 4 konsentratsiyada ishlab chiqariladi. Yuqori sifatli oleum tarkibida 24%, texnik oleum tarkibida esa 18,5% SO 3 (erkin) bo‘ladi. Odatda texnik sulfat kislota uning ishlab chiqarilish, saqlanish va tashish jarayonlarida organik moddalarning parchalanishi oqibatida qora tusga kiradi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling