I shamshidinov noorganik moddalar va


Sulfit angidridning xossalari


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Sulfit angidridning xossalari. Sulfit angidridning xossalari. Sulfit 
angidrid SO
2
yoki oltingugurt qo‘shoksidi (molekulyar massasi 64,066) 
odatdagi haroratdagi haroratda ko‘zning shilliq pardalari va nafas olish 
organlarini zararlaydigan o‘tkir xidli rangsiz gazdir. U atmosfera 
bosimida –10,1
O
C haroratgacha sovutilganda osonlik bilan suyuqlikka 
aylanadi. Suyuq faza ustidagi SO
2
ning bug‘ bosimi 20
O
C haroratda 
3,195 bar (3,25 atm) ga va 50
O
C haroratda 8,245 bar (8,4 atm) ga 
tengdir. 
20
O
C haroratda bir hajm suvda 40 hajm SO
2
eriydi; bunda 34,4 
kj/mol (8,2 kkal/mol) issiqlik ajralib chiqadi. 
Haroratning ortishi bilan SO
2
ning suvdagi eruvchanligi kamayadi. 
SO
2
ning sulfat kislotadagi eruvchanligi suvdagiga qaraganda kamdir. 
Sulfat kislota konsentratsiyasining ortishi bilan sulfit angidridning 
eruvchanligi dastlab kamayib boradi, H
2
SO
4
konsentratsiyasi 85% 
bo‘lganda minimumga erishadi va so‘ngra yana orta boshlaydi. 
Sulfit angidrid katalizator ishtirokida oksidlanadi: 


12 
SO
2

1
/
2
O
2
SO
3
Sulfit angidrid suv bilan birikib sulfit kistotasini hosil qiladi: 
SO
2
+ H
2

H
2
SO
3
va u faqatgina eritmadagina mavjud bo‘ladi. 
Sulfit angidridning xlor bilan ta’sirlashishidan sulfuril xlorid 
olinadi: 
SO
2
+ Cl
2
SO
2
Cl
2
SO
2
kimyoviy reaksiyalarda ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi 
vazifasini bajara oladi. 
Sulfat angidridning xossalari. Sulfat angidrid SO
3
yoki oltingugurt 
trioksid (molekulyar massasi 80,056) odatdagi sharoitda rangsiz gazdir. 
U havodagi namlikni tortib olib tutaydi va havoda muallaq holatdagi 
sulfat kislota tomchilarini hosil qiladi. Gaz holatdagi SO
3
44,75
O

haroratda siqilib, rangsiz suyuqlikka aylanadi. 
Sulfat angidridning kristallanishida va uning polimerlanishida 
turlicha issiqlik ajraladi, masalan, 25
O
C haroratda: 
O‘zgarish 
Issiqlik miqdori 
SO
3
(suyuq) 
-SO
3
(qattiq) ……………... 
7,081 
-SO
3
(qattiq) 
-SO
3
(qattiq) …………... 
3,478 
-SO
3
(qattiq) 
-SO
3
(qattiq) …………... 
14,33 
Sulfat 
angidridning 
qattiq 
polimer 
shakllari 
qizdirilganda 
dissotsilanadi. 
Sulfat angidrid suv bilan shiddatli ta’sirlashadi va sulfat kislotaga 
aylanadi. Bunda juda katta miqdordagi issiqlik ajraladi: 
SO
3
(gaz) + H
2
O(suyuq) = H
2
SO
4
(suyuq) + 131,1 kj 
Sulfat angidrid kuchli suv tortib olish xususiyatiga ega, u o‘simlik 
va hayvon to‘qimalarini yemiradi va kuchli oksidlovchi hisoblanadi. 
Oltingugurt, fosfor, uglevodorodlar va boshqa moddalarni oksidlab, SO
3
sulfit angidridgacha qaytariladi. Sulfat angidridning polimer shakllari 
nisbatan inertdir; ular suv bilan nisbatan passiv ta’sirlashadi, havoda 
kam tutaydi va to‘qimalarni yemirishi sezilarsizdir. 
Suyuq sulfat angidrid sulfit angidrid bilan har qanday nisbatda 
aralashadi, qattiq sulfat angidrid suyuq SO
2
da eriydi, ammo bunda hech 
qanday yangi kimyoviy birikma hosil bo‘lmaydi. Suyuq SO
3
nitrat 
kislota bilan har qanday nisbatda aralashadi. Bunda (SO
3
)
2
∙HNO
3
turidagi barqaror birikma (suyuqlanish harorati 106,5
O
C) hosil qiladi. 


13 
1.2-rasmda oleum va nitrat kislota aralashmasining muzlash haroratlari 
ko‘rsatilgan. 
Sulfat angidrid, shuningdek, azot oksidlari va arsenit angidrid bilan 
birikadi, asosli oksidlar va asoslar bilan shiddatli ta’sirlashadi. 
1.2-rasm. Oleum va 93% li nitrat kislota aralashmasining 
muzlash harorati: 
1-20% li oleum va HNO
3
; 2-40% li oleum va HNO
3
Gaz holatdagi SO
3
vodorod xlorid bilan ta’sirlashib xlorsulfon 
kislotasi SO
2
(OH)Cl ni, ammiak bilan ta’sirlashib ammoniy 
amidosulfonat 
NHSO
2
ONH
4
ni 
hosil 
qiladi. 
Ammoniy 
amidosulfonatdan samarador gerbitsid sifatida ishlatiladigan ammoniy 
sulfamat NH
2
SO
2
ONH
4
tayyorlanadi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling