I shamshidinov noorganik moddalar va


Oltingugurt va uning xossalari


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131
Oltingugurt va uning xossalari. Elementar oltingugurt (yoki 
oltingugurt bug‘i) tug‘ma rudalardan, shuningdek sulfit angidrid yoki 
vodorod sulfid tutgan gazlardan olinadi. Elementar oltingugurt sulfat 
kislota ishlab chiqarish uchun eng yaxshi turdagi xomashyolardan biri 
hisoblanadi. Uni yoqish natijasida katta miqdorda SO
2
va kislorod tutgan 
va kontaktli sulfat kislota ishlab chiqarish uchun eng muhim 
hisoblangan gaz hosil qilinadi. Oltingugurtning yonishi natijasida kul 
qolmaydi, vaholanki kolchedan kuydirilishi natijasida hosil bo‘ladigan 
kulni yo‘qotish uchun katta sarf-harajatlar talab etilar edi. Tug‘ma 
oltingugurt tarkibida juda oz miqdordagi mishyak qo‘shimchasi bo‘ladi, 
bu esa kolchedandan sulfat kislota ishlab chiqarishdagi mishyakdan 
tozalash jarayonlari singari bosqichlardan holi bo‘lgan sodda sulfat 
kislota ishlab chiqarish tizimini yaratish imkoniyatini yaratadi. 
Elementar oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarishda, 
sellyuloza-qog‘oz sanoatida, qishloq xo‘jaligida (qishloq xo‘jaligi 
ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda) foydalaniladi. Bundan 
tashqari, 
elementar 
oltingugurt 
gugurt 
sanoatida, 
kauchukni 
vulkanlashda, sulfidli bo‘yoklar va kimyo-farmatsevtika preparatlari 
olishda hamda pirotexnikada ishlatiladi. 
Jahon miqyosida elementar oltingugurtdan foydalanish taxminan 
quyidagicha taqsimlanadi (% hisobida): 
Sulfat kislota ishlab chiqarish uchun …………………............ 
50 
Sellyuloza-qog‘oz sanoati uchun ………………...................... 
25 
Qishloq xo‘jaligiga ………………………………………....... 
10-15 
Boshqa iste’molchilarga ……………………………………... 
10-15 
Dunyoda elementar oltingugurt ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga 
ortib bormoqda. Bunga tug‘ma oltingugurt konlaridan qazib olish, tabiiy 
gaz va neft mahsulotlarini tozalash orqali ajratib orqali erishilmoqda. 
Oltingugurtning xossalari. Oltingugurtning nisbiy atom massasi 
32,064. Oltingugurt odatdagi haroratda qattiq holatda bo‘ladi. Qattiq 


19 
oltingugurt ikki xil – rombik va monoklinik allotropik shakllarda 
bo‘ladi: 
Xossasi 
Rombik 
oltingugurt 
Monoklinik 
oltingugurt 
Zichligi, g/sm
3
……………….... 
2,07 
1,96 
Barqarorlik chegarasi, 
O
C ........... 
95,6 dan past 
95,6-119,3 
Suyuqlanish harorati, 
O
C …….... 
112,8
(tez qizdirilganda) 
119,3 
Suyuqlanish issiqligi 
j/g ………………………........... 
39,4 
45,3 
 kal/g ………………………....... 
9,4 
10,8 
Oltingugurt elektr tokini yomon o‘tkazadi, suvda amalda erimaydi. 
Oltingugurtning suyuqlanishi uning hajmi (taxminan 15% ga) ortishi 
bilan sodir bo‘ladi. 120
O
C haroratda suyuqlantirilgan oltingugurt 
harakatchan sariq rangdagi suyuqlikdir, uning qovushqoqligi haroratning 
ortishi bilan o‘zgaradi. 160
O
C dan yuqori haroratda oltingugurt qorayadi 
va 190
O
C haroratda to‘q jigarrang qovushqoq massaga aylanadi. 
Haroratning ortishi bilan massaning qovushqoqligi kamayadi va qariyib 
400
O
C haroratda oltingugurt suyuqlanmasi yana harakatchan suyuqlikka 
aylanadi. Oltingugurtning qaynash harorati 444,6
O
C ni tashkil etadi. 
Turlicha haroratdagi qattiq va suyuq oltingugurt ustidagi bug‘ 
bosimi quyida keltirilgan: 
Harorat, 
O
C ………………... 
50 
100 
200 
300 
400 
444,6 
Bug‘ bosimi, mm.sim.ust….. 
0,0002 
0,008 
2,3 
48 
378 
760 
Bug‘dagi oltingugurt 
konsentratsiyasi, g/sm
3
…….. 
0,003 
0,12 
32,4 
653 
4900 
9500 
Qizdirilganda oltingugurtning molekula tuzilishi o‘zgarishi hisobiga 
uning xossasi o‘zgaradi. Odatdagi haroratda oltingugurt yopiq halqali 
sakkiz atomdan iborat molekula (S
8
) shaklida bo‘ladi. 160
O
C haroratda 
S
8
halqalari uziladi va chiziqsimon zanjir hosil qiladi, bu esa uning 
qovushqoqligini ortishiga olib keladi. Harorat yanada ko‘tarilganda esa 
uzun 
zanjirlar 
uziladi 
(destruksiyalanadi) 
va 
oltingugurt 
qovushqoqligining yana pasayishiga olib keladi. 
Oltingugurt bug‘ida S
8
, S
6
va S
2
molekulalari bo‘ladi, haroratning 
ortishi bilan S
2
molekulalari miqdori ortadi, bunda bug‘ rangi o‘zgaradi. 
Qaynash harorati yaqinida oltingugurt bug‘i och sariq rangda bo‘ladi va 
haroratning ortishi bilan qizara boshlaydi, so‘ngra yana tiniqlashadi va 
650
O
C haroratda to‘q sariq rangga kiradi. 900
O
C haroratda oltingugurt 


20 
bug‘lari amalda S
2
molekulalaridan iborat bo‘ladi. Uning atomlarga 
parchalanishi taxminan 1600
O
C haroratdan boshlanadi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling