I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Rangli metallurgiya gazlari. Misli, ruxli, qo‘rg‘oshinli rudalar va
konsentratlar hamda boshqa rangli metallar tutgan rudalarni kuydirish jarayonida rangli metallar ajratib olish uchun qayta ishlashga keladigan qattiq qoldiq - kuyundidan ajraladigan chiqindi gazlar hosil bo‘ladi. Chiqindi gazlar tarkibida sulfit angidrid bo‘ladi va u sulfat kislota ishlab chiqarish uchun qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. Rangli metallurgiya chiqindi gazlaridan foydalanish muhim xalq xo‘jaligi ahamiyatiga egadir, chunki, masalan har bir tonna mis suyuqlantirib olishda sulfat kislotali tizimdagi oltingugurtli xomashyoni kuydirishga sarflanadigan xarajatlarsiz 10 t dan ortiq sulfat kislota olish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, chiqindi gazlari tarkibidagi oltingugurt oksidlarini tutib qolinishi hisobiga metallurgiya korxonalari havosining musaffoligi saqlab qolinadi. Rangli metallurgiya rudalari qaynovchi qatlam (QQ) pechlarida kuydiriladi. Kuyundi gazlar va qaynovchi qatlam pechlarining gazlari tarkibi bo‘yicha oltingugurt kolchedani kuydirilishidan hosil bo‘ladigan gazlardan kam farq qiladi va shuning uchun sulfat kislota ishlab chiqarishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladi. Boshqa pechlarda hosil bo‘ladigan gazlar tarkibi ko‘pincha xomashyo sifatiga, qurilmalarga hamda pech va boshqa jihozlar holatiga va kuydirish jarayoni sharoitiga bog‘liqdir. Shunga bog‘liq holda bunday gazlardagi sulfit angidrid miqdori katta chegarada o‘zgaradi. Xomashyoni kuydirish jarayonini intensivlash va olinadigan yarim mahsulotlar – rangli metallurgiya kuyundilari sifatini yaxshilash uchun pechga beriladigan havoga purkashdan oldin uning tarkibida 30- 35% O 2 bo‘lguncha kislorod qo‘shish qo‘llaniladi yoki kuydirish jarayoni texnologik kislorod (95% O 2 ) muhitida amalga oshiriladi. 18 Kislorod ishlatiladigan barcha holatlarda ham kuydirishdan chiqadigan chiqindi gazlaridagi sulfit angidridning konsentratsiyasi ortadi. Masalan, ruxli konsentratni qaynovchi qatlam pechlarida kuydirishda tarkibida 30% O 2 tutgan havo berilishi (havodagi 21% O 2 o‘rniga) orqali o‘tkazilgan sanoat sinovlari shuni ko‘rsatadiki, bunda chiqadigan gaz tarkibidagi SO 2 konsentratsiyasi 8 dan 14% ga ko‘tariladi, pech unumdorligi 70% ga ortadi, kuyundidagi sulfidli oltingugurt miqdori 3 marta kamayadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling