I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Fosforitlar asosidagi superfosfat. Fosforitlardan superfosfat olish
jarayoni – unda dolomit va magnezial silikatlar qo‘shimchalarining bo‘lganligi sababli o‘ziga xos xususiyatga egadir. Magniy birikmalari ishtirok etadigan fosfatlarning sulfat kislota bilan parchalanishi uchta bosqichda amalga oshadi. Birinchi bosqichda quyidagi reaksiyalar sodir bo‘ladi: Ca 5 (PO 4 ) 3 F + 5H 2 SO 4 = 3H 3 PO 4 + 5CaSO 4 + HF CaMg(CO 3 ) 2 + 2H 2 SO 4 = MgSO 4 + CaSO 4 + 2CO 2 + 2H 2 O Mg 2 SiO 4 + 2H 2 SO 4 = 2MgSO 4 + SiO 2 + 2H 2 O Buning natijasida tarkibida fosfat kislota va magniy sulfat bo‘lgan eritma hosil bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda fosfatni fosfat kislota bilan parchalanadi, ammo eritmada magniy sulfat bo‘lganligi uchun monokalsiyfosfat o‘rniga monomagniyfosfat hosil bo‘ladi: Ca 5 (PO 4 ) 3 F + 7H 3 PO 4 + 5MgSO 4 = 5Mg(H 2 PO 4 ) 2 + 5CaSO 4 + HF Ikkinchi bosqich MgSO 4 ning Mg(H 2 PO 4 ) 2 ga to‘la aylanishi bilan yakunlanadi. Uchinchi bosqichda esa qolgan fosfatli xomashyo tarkibida monomagniyfosfat tutgan fosfat kislota bilan parchalanadi va monokalsiyfosfatga aylanadi: Ca 5 (PO 4 ) 3 F + 7H 3 PO 4 = 5Ca(H 2 PO 4 ) 2 + HF Ikkinchi bosqich oxirida fosfatli kompleks MgO, P 2 O 5 va H 2 O dan iborat bo‘ladi. MgO – P 2 O 5 – H 2 O sistemadagi eruvchanlik diagrammasidan (3.9-rasm) ko‘rinadiki, monomagniyfosfatning eruvchanligi CaO–P 2 O 5 –H 2 O sistemadagi monokalsiyfosfatning eruvchanligidan nisbatan katta bo‘ladi. Mono- va dimagniyfosfatlar to‘yingan suvli eritmalarga nisbati bo‘yicha inkongruent bo‘lishiga qaramay, ya’ni qattiq fazaga kislotaliligi kam bo‘lgan fosfatlar holatida o‘tish bilan parchalanadi; magniy fosfatning parchalanish darajasi kalsiy fosfatning parchalanish darajasidan (tuz va suvning nisbati bir xil bo‘lganda) nisbatan kichik bo‘ladi. 25-80 O C harorat va Mg(H 2 PO 4 ) 2 :H 2 O < 0,287 nisbatda monomagniyfosfat parchalanmasdan eriydi; bu nisbat katta bo‘lganda monomagniyfosfat parchalanadi va dimagniyfosfat qattiq fazaga o‘tadi; monokalsiyfosfatning parchalanishi esa Ca(H 2 PO 4 ) 2 :H 2 O > 0,01 dan sodir bo‘la boshlaydi. Xuddi kalsiy tuzlaridagi kabi P 2 O 5 konsentratsiyasi ortishi bilan dimagniyfosfat eruvchanligi ortadi, monomagniyfosfatning eruvchanligi esa kamayadi (3.9-rasm), ammo monokalsiyfosfatdan farqli o‘laroq 210 monomagniyfosfatning suv ta’sirida parchalanish darajasi haroratga deyarli bog‘liq emas. 3.9-rasm. 25, 80 va 130 O C haroratdagi MgO – P 2 O 5 – H 2 O sistemasida eruvchanlik izotermasi: ikkita qattiq fazali muvozanatdagi eritmaning tarkibi nuqtalar bilan belgilangan. Ikkinchi bosqich reaksiyaning tugallanishi arafasida ham monomagniyfosfatning eruvchanligi katta bo‘lganligi uchun suyuq faza uning bilan to‘yinmagan holatida qoladi, ammo u to‘la eritmada bo‘ladi va fosfat kislotaning neytrallanish darajasi kutilganidan ko‘ra nihoyatda katta bo‘ladi. Monomagniyfosfat fosfat kislota bilan bufer aralashma hosil qiladi, Mg 2+ va H 2 PO 4 - ionlariga dissotsilanadi, bu esa fosfat kislotaning H + va H 2 PO 4 - ionlariga dissotsilanishini susaytiradi. Shu sababga ko‘ra xomashyoning parchalanishini ikkinchi bosqich jarayonidayoq keskin pasaytiradi, uning uchinchi bosqichdagi tezligi esa butunlay kamayadi. Yuqorida ta’kidlanganlarni, shuningdek monomagniyfosfatning gigroskopikligini e’tiborga olinsa, u fosforitlardan olingan superfosfatning fizik xossalarini yomonlashtiradi. Shuning uchun fosforitlarni oldindan magniy birikmalarining bir qismini yo‘qotish orqali boyitish maqsadga muvofiqdir. Ishlatiladigan xomashyoda magniyning miqdori P 2 O 5 miqdorining 6-8% idan ortib ketmasligi lozim. Fosforitlardan olinadigan superfosfat uchun ombordagi optimal harorat (65-80 O C) apatit yoki magniy tutmagan fosforitlardan olinadigan superfosfatlarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Bu holatda superfosfat massasining sovishi parchalanish jarayonini tezlashtirmaydi, balki sekinlashtiradi. Buning sababini yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, suyuq 211 fazaning yuqori darajada neytrallanganligi va haroratning pasayishi bilan monomagniyfosfat eruvchanligining kamaymasligi bilan izohlanadi. Tarkibida 27,5% P 2 O 5 , 6,6% CO 2 va 2,5% R 2 O 3 bo‘lgan fosforitni 68% li sulfat kislota bilan 64 og‘irlik qism stexiometrik me’yorda parchalash yo‘li bilan olingan kukunsimon oddiy superfosfatda xomashyoning parchalanish darajasi 90% ga yetadi va mahsulot quyidagi tarkibga ega bo‘ladi: P 2 O 5umum. = 15,6%; P 2 O 5o‘zl. = 14,0%; P 2 O 5erkin = 5,0%; H 2 O = 10,5%. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling