I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   131
Donadorlangan va ammoniylangan superfosfatlar. Hozirgi vaqtda 
donadorlangan shakldagi superfosfat ham ishlab chiqarilmoqda. 
Quritilgan donador superfosfat yopishqoq emasligi, qotib qolmasligi, 
tarkibidagi P
2
O
5
ning ko‘pligi, namlikning ozligi va boshqa xossalari 
bo‘yicha kukunsimon superfosfatdan farqlanadi. Uni xattoki urug‘ bilan 


217 
birgalikda ekish mumkin, buning natijasida o‘g‘it tuproqda bir tekisda 
taqsimlanadi va samaradorligi yaxshilanadi. Donachalarning tuproq 
eritmasida sekin erishi tufayli, undagi suvda eruvchan P
2
O
5
ning juda oz 
miqdorigina tuproqdagi temir va aluminiy oksidlari bilan ta’sirlashib, 
qiyin eriydigan birikmalarga aylanadi. Natijada o‘g‘itdan samarali 
foydalanish imkoniyati yaratiladi, ya’ni o‘g‘itning foydali ta’sir 
koeffitsienti (FTK) ortadi. 
Donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish sxemasi 3.13-rasmda 
tasvirlangan. 
Superfosfat 
va 
neytrallovchi 
qo‘shimcha 
ostiga 
me’yorlashtirgich o‘rnatilgan bunkerlar 1 va 2 dan lentali ta’minlagich 3 
orqali o‘qli tegirmon 4 ga tushadi, u yerda maylalanadi va aralashtiriladi. 
So‘ngra aralashma elevator 5 ga tushadi, u yerga, shuningdek, 
donadorlangan superfosfatni elashdan qaytarilgan mayda fraksiya – retur 
muntazam ravishda kelib tushadi. Elevatorda uzatilgan aralashma 
transportyor 6 orqali donadorlagig‘ 7 ga kelib tushadi. Bu aylanuvchi 
barabanda namlangan kukunsimon material donadorlanadi. Materialni 
16% gacha namlash uchun kerak bo‘ladigan suv sachratgich forsunka 
orqali donadorlagich ichiga purkab turiladi. Superfosfat diametri 1,4 m, 
uzunligi 7,5 m va 0,125 s
-1
(7,5 ayl/min) chastotada aylanuvchi 
barabandan 7 minut vaqt mobaynida o‘tadi. Hosil bo‘lgan nam donador 
mahsulot diametri 2,2 m, uzunligi 14 m va 0,125 s
-1
(7,5 ayl/min) 
chastotada aylanuvchi quritish barabani 8 ga tushadi, u yerda 3-5% 
namlikkacha quritiladi. Suvda yaxshi eriydigan monokalsiyfosfatning 
yomon eriydigan kalsiy di- va metafosfatlarga aylanishini oldini olish 
maqsadida quritish jarayonida maqsulotning haroratini 95
O
C dan 
oshirmaslik kerak. Shuning uchun superfosfat va qizdiruvchi gaz bir xil 
yo‘nalishda beriladi, ya’ni qaynoq gaz oqimi ko‘proq nam mahsulot 
bilan 
to‘qnashadi, 
natijada 
maqsulotning 
qizib 
ketish 
xavfi 
kamaytiriladi. Qizdiruvchi gaz quritgichga kirishda 600
O
C, undan 
chiqishda esa 100-120
O
C haroratda bo‘ladi. 
Quritishda ftor birikmalari (2HF + SiF
4
ning taxminan ekvivalent 
aralashmasi tarzida) uchib chiqadi. Superfosfat quritilishdan oldin 
qanchalik chuqur neytrallangan bo‘lsa, ftorli birikmalarning ajralishi 
ham shunchalik kamayadi, chunki superfosfat suyuq fazasidagi erkin 
fosfat kislotasining kamayishi natijasida SiF
4
ning parsial bosimi ham 
kamayadi. Odatda superfosfatda qolgan ftorning 10-17% i quritishda 
ajraladi; ftorning ajralish darajasi haroratning ko‘tarilishi va quritish 
davomiyligining uzayishi bilan ortadi. Donadorlangan sperfosfatdagi 


218 
ftorning ulushi boshlang‘ich superfosfatdagiga qaraganda 0,1-0,15% ga 
kamayadi. Quritgichdan chiqadigan gazlar siklonli changtutgich orqali 
o‘tib, absorberlarda tozalanadi va atmosferaga chiqariladi. 
3.13-rasm. Donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish sxemasi: 
1-superfosfat uchun bunker; 2-neytrallovchi qo‘shimcha uchun bunker; 3-lentali ta’minlagich; 
4-valli tegirmon; 5,10-elevatorlar; 6-donadorlagichga uzatish transportyori; 7-donadorlagich; 
8-quritish barabani; 9-retur transportyori; 11-elak; 12-tayyor mahsulot transportyori; 
13-tegirmon; 14,17-transportyorlar; 15-tayyor mahsulot uchun bunkerlar; 16-tikuv mashinasi. 
Absorberda hosil bo‘ladigan eritma superfosfat changi bilan 
ifloslangan bo‘ladi. Uni tozalash qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun 
eritma zararsizlantirishga (bo‘r bilan neytrallashga) yuboriladi yoki uni 
granulyatorda superfosfatni namlashga qaytariladi. 
Quritilgan mahsulot elevator 10 orqali elak 11 ga kelib tushadi, u 
yerda fraksiyalarga ajratiladi. 4 mm dan yirik bo‘laklar tegirmon 13 ga 
va maydalangandan so‘ng, transportyor 14 da yana elakka qaytariladi. 2-
4 mm o‘lchamli fraksiya transportyor 12 yordamida tayyor mahsulot 
bunkerlari 15 ga, mayda fraksiya esa (umumiy miqdorning 20-30% i) 
retur transportyori 9 yordamida superfosfatning donadorlashdan oldingi 
massasiga qo‘shish uchun yuboriladi. Donadorlangan superfosfat tayyor 
mahsulot bunkerlaridan vagonlarga to‘kish orqali yuklanadi yoki 
qoplarga joylanib, trasportyorlar yordamida va tikuv mashinasi 16 da 
qoplarning og‘zi mahkamlanadi. Qoplangan superfosfat transportyor 17 
orqali vagonlarga yuklanadi. 
1 tonna donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish uchun 1,015-
1,025 t oddiy superfosfat sarflanadi. 
Fosforitlardan 
donadorlangan 
superfosfat 
olish 
uning 
ammoniylashtirish jarayoni bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bu esa 
ishlab chiqarish jarayonidan superfosfatni namlash va quritish 


219 
bosqichlarini chiqarib tashlaydi, shuningdek neytrallash uchun 
ishlatiladigan ohak sarfini qisqartiradi. 
Fosforitlardan olingan superfosfatni ammiak bilan pH = 4 4,5 
gacha neytrallash o‘zlashadigan P
2
O
5
ni kamaytirmaydi. Suvda 
eriydigan P
2
O
5
miqdori esa 12-18% ga kamayadi va o‘zlashadigan P
2
O
5
ning 73-82% ini tashkil etadi. Ammoniylashtirishda ajraladigan issiqlik 
hisobiga mahsulot namligi 4-5% ga kamayadi. Fosforitlardan olingan 
superfosfatni ammiakli selitra yoki karbamidning ammiakatlari bilan 
ammoniylashtirish orqali, tarkibida 20-21% ozuqa elementlari, shu 
jumladan 5-6% azot tutgan yaxshi fizik va agrokimyoviy xossali 
donadorlangan murakkab o‘g‘itlar olish mumkin. 
Etiltirilgan 
superfosfatni 
gaz 
holatdagi 
ammiak 
bilan 
ammoniylashtirish, aylanuvchi gorizontal barabanlar – ammoniylagich-
donadorlagichlarda amalga oshiriladi. So‘ngra mahsulot omborga kelib 
tushadi, u yerda ammoniylangan donador superfosfat 3-4 sutka 
mobaynida aralashtirib turgan holda 28-32
O
C gacha sovutiladi. 
Sovutilgan mahsulot qoplanadi. 
Ammiakdan foydalanish darajasi 93-96% ni tashkil qiladi. 
Tarkibida 5-8 g/m
3
NH
3
bo‘lgan ammoniylashtirgichdan chiquvchi gaz 
suvli absorberga yuboriladi. Hosil bo‘lgan ammiakli suv (2-2,5% NH
3

superfosfat ishlab chikarishda ishlatiladigan sulfat kislotani suyultirishda 
foydalaniladi. 
1 t ammoniylangan donador superfosfat olish uchun 1,02 t nordon 
superfosfat va 190 kg ammiak sarflanadi. Tayyor mahsulot tarkibida 
(% hisobida): P
2
O
5umum.
= 16-16,8; P
2
O
5o‘zl.
= 15-15,5; P
2
O
5s.e.
= 11,5-12; 
N = 1,5-2,5; P
2
O
5erkin
< 0,5 va 3% namlik bo‘ladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling