I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   131
Ekstraksion fosfat kislota olishning digidratli usuli. Jahon 
amaliyotida (shu bilan birgalikda bizning mamlakatimizda ham) 
ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish nisbatan sodda va ishonchli 
bo‘lganligi sababli ko‘pchilik hollarda digidratli usulga asoslangan. 
O‘zbekistondagi «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasi (Olmaliq) va 
Samarqand kimyo zavodi texnologik tizimi har bir navbatining loyiha 
quvvati 136 ming t/yil P
2
O
5
ga teng. Bu ishlab chiqarish korxonasida 
fosforitlardan ekstraksion fosfat kislota va undan ammmofos olinadi. 
Shunday quvvat bilan EFK ishlab chiqarishda temir-betonli korpus 
bilan niqoblangan to‘g‘ri burchakli o‘n seksiyali ekstraktor (ishchi hajmi 
740 m
3
) yoki ikki bankali (biridan ikkinchisiga suyuqlik o‘z-o‘zicha 
oqib tushuvchi va bir-biriga bog‘langan ikki silindrik reaktor), aktiv 
filtrlash sirt yuzasi 80 m
2
(umumiy sirt yuzasi – 100 m
2
) bo‘lgan tarnovli 
karusel vakuum-filtr va qo‘shimcha jihozlar majmuasidan iborat 
texnologik tizimdan foydalaniladi. Ekstraktorlarining hajmi 1500 m
3
dan 
katta va filtr sirt yuzasi 135 m
2
bo‘lgan kuchli sistemalar ham ishlatiladi. 
Ekstraksiya tizimini bundanda kattalashtirish g‘oyalari ham mavjuddir. 
3.16-rasmda apatit konsentratidan fosfat kislota (28-32% P
2
O
5

ishlab chiqarishning prinsipial sxemasi tasvirlangan (shunga o‘xshash 
sxema bo‘yicha fosforitlardan 20-22% P
2
O
5
konsentratsiyali kislota 
olinadi). Fosfatning parchalanishi 
900 m
3
hajmli ekstraktorda 
(to‘ldirilish koeffitsienti 0,8) amalga oshiriladi. Ekstraktor ZI-35 
markadagi xromnikelmolibdenli po‘lat (yoki kislotabardosh materiallar 
bilan himoyalangan St.3) dan tayyorlangan ikkita (diametri 13 m, 
balandligi 5,3 m bo‘lgan) silindrik reaktordan tarkib topgan. Har bir 
reaktorga bitta markaziy propellerli (yo‘naltiruvchi apparatning 
kuraklarini burab quvvati o‘zgartiriladigan gidravlik trubinali) va 
sakkizta trubinali aralashtirgichlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Birinchi reaktorga 


227 
bunker 1 dan og‘irlik o‘lchov me’yorlashtirgich 2 orqali uzluksiz suratda 
apatit konsentrati kiritiladi. Xuddi shu yerga muntazam ravishda 
barometrik yig‘gich 16 dan botirma nasoslar yordamida aylanma fosfat 
kislotasi, vakuum-bug‘latgichli qurilmadan keladigan sirkulyatsiyali 
suspenziya [sirkulyatsiyaning qaytarilishi (8 12):1 nisbatda bo‘ladi] va 
sulfat kislota yuboriladi (sulfat kislotaning bir qismi yoki to‘la ikkinchi 
reaktorga ham berilishi mumkin). 
3.16-rasm. Digidratli usulda ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish 
sxemasi: 
1-fosfatli xomashyo uchun bunker; 2-og‘irlik o‘lchov me’yorlagichi; 3-ikki bankali ekstraktor; 
4-sulfat kislota saqlagich; 5-botirma nasoslar; 6-sulfat kislota saqlagich; 7-sirkulyatsiyali botirma 
nasos; 8-bug‘latgich; 9-tomchi ushlagich; 10-kondensator; 11-barbotajli neytrallagich; 
12-karusel vakuum-filtrining tarnovlari; 13-separatorlar; 14-filtrli to‘qima regeneratsiyasidan 
hosil bo‘luvchi suspenziyaning oraliq yig‘gichi; 15, 16, 17-birinchi (asosiy) filtrat uchun (15), 
aylanma fosfat kislota uchun (16), yuvindi filtrat uchun (17) barometrik yig‘gichlar. 
Ekstraktordagi suspenziyaning suyuq va qattiq fazalari nisbati, ya’ni 
S:Q = (1,7 2,5):1 da ushlab turiladi. Suspeziya birinchi reaktordan 
ikkinchisiga oqib tushadi, u yerdan uning asosiy qismi kuchli botirma 
nasoslar 7 (quvvati 600 m
3
/s bo‘lgan ikkita nasos) yordamida vakuum-
bug‘latgich 8 ga beriladi. Vakuum-bug‘latgich rezervuardan iborat 
bo‘lib, u yerda vakuum-nasos yordamida pastaytirilgan bosim ushlab 


228 
turiladi. Shu tufayli unga tushadigan suyuqlik go‘yoki qizdirilgandagi 
kabi qaynaydi, natijada esa undan ma’lum miqdordagi suv bug‘lanadi. 
Bu esa haroratning 3-5
O
C ga kamayishiga olib keladi (haroratning 
keskin kamayishi mumkin emas). Vakuum-bug‘latgichdan chiqadigan 
gazlar tomchi ushlagich 9 orqali ustki kondensator 10 ga o‘tkaziladi, u 
yerda suv bug‘i kondensatsiyalanadi va ftor birikmalarining ma’lum bir 
qismi ushlab qolinadi. Gazlarni ftordan tozalashning oxirgi bosqichi 
barbotaj neytrallagich 11 da amalga oshiriladi. 
Mahsulot sifatidagi suspenziya tarnovli karusel filtrga kelib tushadi, 
u yerda uch filtratli sxema bo‘yicha gips ajratiladi va yuviladi. Aktiv sirt 
yuzasi 80 m
2
bo‘lgan filtr kattaligi: uzunasi – 3,27 m, ichki eni – 0,97 m, 
tashqi – 1,92 m, chuqurligi – 0,2 m bo‘lgan tarnovdan iborat. Filtrlovchi 
material sifatida fosfat kislotaga chidamli bo‘lgan – lavsanli va boshqa 
sintetik to‘qimalar ishlatiladi. 
Gaz-suyuqlikli aralashma separator 13 larda ajratiladi, ularda 
vakuum-nasoslar yordami bilan 65-85 kPa li vakuum sharoiti ushlab 
turiladi. Birinchi filtrat F
1
tayyor mahsulot yig‘gichi 15 ga yuboriladi, 
uning bir qismi aylanma kislotaning barometrik yig‘gichi 16 ga quyilish 
orqali o‘tadi. U yerga, shuningdek cho‘kmani uchinchi filtrat F

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling