I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131
Z
Z
Z
Z
Z
Z
Z
Y
formuladan foydalaniladi. Bunda: Y – tabiiy fosfatning aktivlangan EFK 
da parchalanish darajasi, %; Z
1
– EFK konsentratsiyasi, P
2
O
5
hisobida; 
Z
2
– EFK(100%P
2
O
5
):100 og‘.q. fosforit nisbati; Z
3
EFK ga 
qo‘shiladigan NH
4
NO
3
, %; Z
4
– parchalanish vaqti, min.
Dasturlashtirilgan hisoblashni EHM da amalga oshirish orqali tabiiy 
fosfatning parchalanish darajasi (K
p
) ning eng yuqori qiymati (Y = ~88-


250 
90%) ga erishish uchun: EFK konsentratsiyasi 35% P
2
O
5
(Z
1
) ni; 
EFK(100%P
2
O
5
):100 og‘.q. fosforit nisbati = 170:100 (Z
2
) ni; EFK ga 
qo‘shiladigan NH
4
NO
3
2% (Z
3
) ni; parchalanish vaqti esa 95 min (Z
4
) ni 
tashkil etishi kerak. 
Ekstraksion fosfat kislota konsentratsiyasi va unda parchalanadigan 
fosforitning me’yori [EFK(100%P
2
O
5
):fosforit nisbati] – parchalanish 
natijasida hosil bo‘ladigan superfosfat suspenziyasining fizik-kimyoviy 
xossalari (qovushqoqligi, S:Q fazalar nisbati va boshqalar) ni va 
jarayonning texnologik ko‘rsatkichlari (masalan, parchalanish darajasi) 
ni belgilab beradi. Shuning uchun texnologik parametlarni tanlashda 
kislota konsentratsiyasiga mos holdagi fosforit me’yori olinadi, ya’ni 
qanchalik yuqori konsentratsiyali kislota ishlatilsa, EFK(100% 
P
2
O
5
):fosfarit nisbati ham shunchalik darajada katta bo‘lishi lozimdir 
(3.22-rasm.). Shuningdek, parchalanish jarayonida parchalanish vaqti 
ham muhim rol o‘ynaydi. Parchalanish jarayonini o‘tkazish vaqti 
ko‘proq 
darajada 
EFK(100%P
2
O
5
):fosforit 
nisbatiga 
bog‘liqdir. 
Masalan, 
EFK(100%P
2
O
5
):fosforit 
nisbati 

ga 
teng 
bo‘lsa, 
pachalanishni 1,5-2 soat, EFK(100%P
2
O
5
):fosforit nisbati 1,5 va undan 
katta bo‘lsa, prschalanishni 90-95 minut davom ettirilishi maqsadga 
muvofiqdir (3.23-rasm). Buning natijasida fosforitning eng ko‘p 
miqdorda parchalanishiga erishiladi. Parchalanish davrining ortib borishi 
bilan ishlab chiqarish intensivligi ham kamayadi. 
3.22-rasm. Fosforitning fosfat kislotali parchalanish darajasining 
suspenziya S:Q nisbatiga bog‘liqligi:
kislota konsentratsiyasi: 1 – 37% P
2
O
5

2 – 35% P
2
O
5
; 3 – 30% P
2
O
5
; jarayonning davomiyligi 2 soat. 


251 
3.23-rasm. Fosforitning fosfat kislotali parchalanish darajasining vaqt 
bo‘yicha o‘zgarishi: 
kislota konsentratsiyasi: 1 – 37% P
2
O
5
; 2 – 35% P
2
O
5
; 3 – 30% P
2
O
5

EFK(100% P
2
O
5
):fosforit nisbati: 1 – 1:1; 2 – 1,5:1; 3 – 1,5:1; jarayonning harorati: 1 – 60
o
C; 
2 – 60
o
C; 3 – 80
o
C. 
Tarkibida ~20% P
2
O
5
va ~2,5% MgO bo‘lgan ekstraksion fosfat 
kislotaga 
uning 
massasining 
2%i 
atrofida 
NH
4
NO
3
qo‘shib 
bug‘latilishidan hosil qilingan 35-37% P
2
O
5
konsentratsiyali aktivlangan 
kislotada fosforitning EFK(100%P
2
O
5
):fosforit = 100:100 nisbatida va 
60
O
C haroratda 1,5 soat parchalanishidan tarkibida: P
2
O
5umum.
= 37-38%; 
P
2
O
5o‘zl.
= 34-36%; P
2
O
5s.e.
= 32-33,5%; N = ~ 0,7%; F = 1,4-1,6% 
bo‘lgan yaxshi fizik-kimyoviy xossaga (S:Q = 2,7-2,8, pH = ~2,5) ega 
bo‘lgan superfosfat suspenziyasi hosil qilinishi mumkin (optimal 
sharoit). Bunda fosforitning parchalanish darajasi 76% ga yetadi. 
Parchalanish jarayonidagi kislota me’yorini 1,5 marta oshirilishi 
[EFK(100%P
2
O
5
):fosforit = 150:100 nisbatida] natijasida parchalanish 
darajasini 85% gacha ko‘tarish mumkin, lekin suspenziyani quritishdan 
hosil qilinadigan mahsulotda P
2
O
5erkin
= ~6,7 ga teng bo‘lib, standart 
talablari (P
2
O
5erkin 
5) ga javob bermaydi. Kislota konsentratsiyasini 
40% P
2
O
5
ga va EFK(100%P
2
O
5
):fosforit nisbatini 2 marta (200:100) 
oshirish orqali parchalanish darajasini ~90% gacha oshirish mumkin, 
lekin hosil qilingan bo‘tqaning fizik-kimyoviy xossasi [S:Q = ~5 (erkin 
fosfat kislotasi hisobiga), pH = ~2] birmuncha yomonlashadi, natijada 
ishlab chiqarish intensivligi va samaradorligi pasayadi. Ularni 


252 
neytrallovchi qo‘shimchalar (ammiak gazi, bo‘r va b.) ishtirokida fizik-
kimyoviy xossalarini yaxshilanishi va undan murakkab azot-fosforli 
o‘g‘itlar ishlab chiqarilishi mumkin. 
Optimal sharoitda olingan superfosfat suspenziyasini 100-105
O
C da 
quritish orqali tarkibida: P
2
O
5umum.
= ~ 48%; P
2
O
5o‘zl.
= 46,5%; P
2
O
5s.e.

42,8%; P
2
O
5erkin
= ~1,8%; N = ~ 1%; F = 1,8% bo‘lgan qo‘shaloq 
superfosfat turidagi o‘g‘it olinadi. Mahsulotni quritish natijasida 
fosforitning parchalanish darajasi ~85% ga yetadi. O‘g‘itning 
ftorsizlanish darajasi esa 45-50% ni tashkil etadi. 
Bayon etilgan usulni hozir kunda amalda bo‘lgan fosforitlar asosida 
ammofos o‘g‘iti ishlab chiqarish usuli bilan taqqoslanganda – ham 
iqtisodiy, ham ekologik samara olish mumkin ekanligini ko‘rish 
mumkin. Bu usulda ammofos ishlab chiqarish usulidagi sulfat kislotasini 
20% ga va ammiakni 100% ga iqtisod qilinishi, chiqindi – fosfogips 
unumini 20% ga kamaytirish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, 
tabiiy fosfatdan o‘g‘itga bevosita o‘tadigan ftorning 45-50% miqdorini 
ftor birikmalari holatida ajratib olinishini ta’minlash mumkin. Bu esa, 
bir tomondan, ishlab chiqariladigan o‘g‘itning ekologik tozaligini 
oshirsa, ikkinchidan, ayrim xalq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarishda muhim xomashyo bo‘lgan ftor birikmalarining qo‘shimcha 
mahsulot sifatida olinishiga erishiladi. 
O‘g‘it tarkibidagi ftor miqdorini yanada kamaytirilishiga erishilishi 
mumkin. Buning uchun bir qism boshlang‘ich ekstraksion fosfat 
kislotasi ammoniy nitrat ishtirokida 50-55% P
2
O
5
gacha bug‘latiladi, uni 
boshlang‘ich ekstraksion fosfat kislotasining qolgan qismi (unga ham 
kerakli miqdordagi ammoniy nitrat qo‘shilgan) bilan ~37% P
2
O
5
li 
kislota hosil qilinishi orqali aralashtiriladi. Hosil qilingan kislotadan 
olingan qo‘shaloq superfosfatning ftorsizlanish darajasi 70-75% ga 
yetadi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling