I shamshidinov noorganik moddalar va


Fosforitlar asosidagi qo‘shaloq superfosfat


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   131
Fosforitlar asosidagi qo‘shaloq superfosfat. Tarkibida magniy 
birikmalari (dolomit) tutgan boyitilmagan (24-25% P
2
O
5
) fosforitlardan 
ekstraksiyalash jarayonida 20-22% P
2
O
5
li fosfat kislota olinadi. Bunday 
kislotaning aktivligi kam bo‘lganligi uchun unda tabiiy fosfatlarni 
parchalanish darajasi qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishdagi 
texnologik talablar darajasini bermaydi. Bundan tashqari, hosil 
bo‘ladigan superfosfat suspenziyasi tarkibida suvning solishtirma hajmi 
ko‘p bo‘lganligi sababli uni bug‘latishga ko‘p energiya talab etiladi, bu 
esa o‘ziga xos texnologik muammolarni keltirib chiqaradi. 
Ma’lumki, qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishning kamerali 
usulida 52-54% P
2
O
5
konsentratsiyali, oqimli usulida esa 28-36% P
2
O
5
li ekstraksion fosfat kislota ishlatiladi. Odatdagi usullarda Qizilqum
Qoratog‘, Kingisepp va boshqa fosforitlardan olingan ekstraksion fosfat 
kislotani to‘g‘ridan-to‘g‘ri konsentrlash jarayonida qovushqoqligi keskin 
ortadi, uning 37-38% P
2
O
5
gacha bug‘latilishidan olingan mahsulot 
kislotasi o‘zining salbiy fizik-kimyoviy xossaga ega ekanligini namoyon 
etadi, ya’ni kislota qovushqoqligi katta bo‘lib, 30-40
O
C dan past 


249 
haroratgacha sovutilishi natijasida u quyilib boradi va oquvchanligini 
yo‘qotadi. Bu esa undan qo‘shaloq superfosfat turidagi o‘g‘it olish 
imkoniyatlarini yo‘qotadi. 
Shunday bo‘lsada, fosforitlar apatit konsentratiga nisbatan tez va 
to‘la parchalanadi, chunki ularning strukturasi zich emas va 
karbonatlarning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan CO
2
hisobiga 
parchalanmagan fosfatlar sirtidagi quyqali qobiqning buzilishi 
ta’minlanadi. Hozirgi paytda dolomitli fosforitlarni apatitdan olingan 
ekstraksion fosfat kislotada kamerali (45-50% P
2
O
5
li kislotada) va 
oqimli (28-36% P
2
O
5
li kislotada) usullar bilan parchalanish jarayonlari 
o‘rganilib, qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarish usullari ham ishlab 
chiqilgan. 
Tarkibida magniy tutgan ekstraksion fosfat kislotani bug‘latish yo‘li 
bilan konsentrlash (50-55% P
2
O
5
gacha), buning natijasida olingan 
kislotani fizik-kimyoviy xossalarini atroflicha o‘rganish yuzasidan olib 
borilgan tadqiqotlar yuqori samara berdi. Natijada magniyli (xattoki 
yuqori magniyli – boyitilmagan) fosforitlardan olingan ekstraksion 
fosfat kislotada fosforitlarni parchalash yo‘li bilan oqimli usulda 
qo‘shaloq superfosfat turidagi (shu jumladan ftorsizlangan) o‘g‘itlar 
ishlab chiqarish texnologiyalari yaratildi va ishlab chiqarishda sinovdan 
o‘tkazildi. Olingan o‘g‘itlarning agrokimyoviy tekshiruv natijalariga 
ko‘ra, boshqa turdagi konsentrlangan o‘g‘itlarga nisbatan tarkibida 
kalsiy tutganligi sababli ustun ekanligi aniqlandi.
Fosforitlardan qo‘shaloq superfosfat turidagi o‘g‘it ishlab 
chiqarish. Magniyli fosforitlarni undan olingan ekstraksion fosfat kislota 
bilan ammoniy nitrat ishtirokida parchalanish jarayonining optimal 
sharoitini tanlashda, ya’ni fosfatning eng yuqori parchalanish darajasiga 
erishish 
maqsadida 
jarayonni 
optimallashtirishning 
matematik 
rejalashtirish usuli bo‘yicha topilgan quyidagi:
2
4
005
,
0
2
3
05
,
5
2
2
004
,
0
4
91
,
0
3
2
,
20
2
63
,
1
1
21
,
1
12
,
165

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling