I shamshidinov noorganik moddalar va
-§. Kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaliy nitrat.
5-§. Kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish
Murakkab o‘g‘itlar. Murakkab o‘g‘itlarga shunday kompleks (ya’ni bir necha ozuqa elementi bo‘lgan) o‘g‘itlar kiradiki, bunda barcha zarrachalar (kristallar va donachalar) deyarli bir xil kimyoviy tarkibga ega bo‘lishi kerak. Bunday o‘g‘itlarga: tarkibida bir necha ozuqa elementi bo‘lgan bitta tuz, masalan KNO 3 , (NH 4 ) 2 HPO 4 va boshqalar; tarkibiga ikkita (N+P, N+K, P+K) yoki uchta (N+P+K) ozuqa elementi kiruvchi ikki yoki undan ortiq tuzlar kompozitsiyasi kiradi. Bunday kompozitsiyalar nitrat, fosfat va sulfat kislotalarning ammiak; tabiiy fosfatlar; kaliy, ammoniy va boshqalarning tuzlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan olinadi. O‘g‘itdagi ta’sir etuvchi moddalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular shunchalik ahamiyatli bo‘ladi. Turli ekinlar, tuproqlar, iqlim va boshqa sharoitlar uchun azot, fosfor va kaliyning miqdori va nisbati har xil bo‘lgan murakab o‘g‘itlar talab etiladi. Ular N:P 2 O 5 :K 2 O massalari nisbati bilan tavsiflanadi, masalan 1:1,5:0,5. Bunda ta’sir etuvchi moddalarning umumiy miqdori tarzida ham ifodalanishi mumkin, masalan N+P 2 O 5 +K 2 O = 36%; ayrim hollarda N:P 2 O 5 :K 2 O ning massa bo‘yicha foiz nisbati, masalan 12:18:6 yoki 12-18-6 shaklida ifodalanishi mumkin, bu sonlarning umumiy yig‘indisi o‘g‘itdagi ta’sir etuvchi moddalarning umumiy miqdorini ko‘rsatadi. 261 Uch komponentli 1:1:1; 1:1,5:1; 1:1:0,5; 1:1:1,5; 1:0,67:0,67 va ikki komponentli 1:4;0; 1:1:0; 0:1:1; 0:1;1,5 markali o‘g‘itlar eng ko‘p ishlatiladi. Kaliy nitrat. Xossalari va olinish usullari. Kaliy nitrat (kaliyli selitra) KNO 3 – kristall rangsiz kukun bo‘lib, 337 O C da suyuqlanadi. Texnik mahsulot sarg‘ish rangga ega. Suyuqlanish haroratidan yuqorida KNO 2 va O 2 ga parchalanadi. 20 O C haroratda 100 g suvda 31,5 g, 114 O C da esa – 312 g KNO 3 eriydi. Kaliy nitrat – tutunli (qora) porox ishlab chiqarishda, pirotexnikada, oziq-ovqat va shisha sanoatida ishlatiladi. U tarkibida ikkita ozuqa elementi – azot va kaliy (nazariy tarkibi – 13,85% N va 46,5% K 2 O) bo‘lgan ballastsiz (keraksiz qo‘shimchasi bo‘lmagan) bebaho o‘g‘it hisoblanadi. Bu o‘g‘itning yana bir muhim xususiyati shundaki, u gigroskopikligi kam va fiziologik ishqoriydir. Ammo uni asosan sanoatda ishlatiladi, chunki kaliy nitratdagi azot va kaliyning narhi boshqa o‘g‘itlardagiga nisbatan qimmatdir. Canoatda ishlatish uchun bir necha navlardagi kaliy nitrat ishlab chiqariladi; ular tarkibida 99,9; 99,85 va 99,7% dan kam bo‘lmagan KNO 3 va shunga muvofiq ravishda 0,08; 0,1 va 0,2% dan ko‘p bo‘lmagan namlik bo‘ladi. Shuningdek, ular tarkibidagi xloridli, karbonatli, nitritli va boshqa qo‘shimchalar ham me’yorlanadi. Kaliy nitrat oz bo‘lsada turli biokimyoviy jarayonlar natijasida yuzaga keladigan tabiiy mineral tarzida ham uchraydi. Shulardan biri hind selitrasi hisoblanadi. Uning asosiy tarkibi kaliy nitratdan iboratdir. Kaliy gidroksid yoki karbonatda nitrat kislotasini neytrallash yoki azot oksidlarini absorbsiyalash usuli bo‘yicha kaliy nitrat olish ishqoriy reagentlarning yetishmasligi va qimmatbaholigi sababli kam qo‘llaniladi. Kaliy xlorid va natriy, ammoniy, kalsiy nitratlardan kaliy nitrat olishning konversiyali usuli sanoatlarda keng tarqalgandir. Masalan, KCl va Ca(NO 3 ) 2 ishlatilganda jarayonni kation almashinuv usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda kationit davriy ravishda kalsiy nitrat eritmasi bilan (KNO 3 eritmasi olishda) va kaliy xlorid eritmasi bilan (kationitning regeneratsiyasida) ishlov berib turiladi. So‘ngra kaliy nitrat eritmasi bug‘latiladi, sovutiladi, KNO 3 kristallari sentrifugada ajratiladi va quritiladi. Kaliy xlorid va nitrat kislota yoki azot oksidlaridan kaliy nitrat olish ham o‘ziga xos xususiyatga egadir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling