I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ammoniy fosfatlari. Ammoniy fosfatlari, odatda, fosfat kislota
tuzlari – ammoniy digidrofosfat yoki monoammoniyfosfat [MAF] NH 4 H 2 PO 4 , ammoniy gidrofosfat yoki diammoniyfosfat [DAF] (NH 4 ) 2 HPO 4 , va ammoniy fosfat yoki triammoniyfosfat (NH 4 ) 3 PO 4 nomlari bilan yuritiladi. Eng barqaror birikma monoammoniyfosfat hisoblanadi, uni 100-110 O C gacha qizdirilganda amalda ammiakning ajralishi kuzatilmaydi. Diammoniyfosfat 70 O C haroratdayoq ammiak yo‘qota boshlaydi va monoammoniyfosfatga aylanadi: (NH 4 ) 2 HPO 4 NH 4 H 2 PO 4 + NH 3 267 triammoniyfosfat esa havoda 30-40 O C da parchalanadi, shuning uchun uni sanoatda ishlab chiqarilmaydi. 0,1 M eritmaning pH qiymati: NH 4 H 2 PO 4 uchun – 4,4, (NH 4 ) 2 HPO 4 uchun – 8,0 va (NH 4 ) 3 PO 4 uchun esa – 9,4 ga tengdir. Mono- va diammoniyfosfatlarning gigroskopikligi kamdir. Ammoniy fosfatlari qishloq xujaligida o‘g‘it sifatida keng qo‘llaniladi. Ular yuqori konsentratsiyali ballastsiz o‘g‘itlar hisoblanadi va tarkibida ikkita asosiy ozuqa elementlari – suvda eruvchan shakldagi azot va fosfor tutadi. Toza monoammoniyfosfatda 12,2% N va 61,7% P 2 O 5 (jami 73,9%), diammoniyfosfatda – 21,2% N va 53,8% P 2 O 5 (75,0%) bo‘ladi. Diammoniyfosfatda ozuqa moddalarining N:P 2 O 5 massa nisbati (1:2,5) monoammoniynisbatdagi (1:5,1) ga nisbatan ancha maqbul bo‘ladi. Ammoniyli-fosfatli o‘g‘itlardan ammofos – oz miqdordagi (~10%) diammoniy-fosfat qo‘shimchasi bo‘lgan monoammoniyfosfat ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Davlat standartlari (DAST 18918-85) talablariga muvofiq, donadorlangan ammofos ikki xil markada: A – apatit konsentratidan va B - fosforitdan olingan ekstraksion fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash natijasida ishlab chiqariladi. A markali oliy va 1-sifat kategoriyali va B markali oliy va 1-sifat kategoriyali mahsulotlar tarkibida, muvofiq ravishda: 52 va 50 1% dan kam bo‘lmagan, 44 va 42 1% dan kam bo‘lmagan P 2 O 5o‘zl. ; 48, 46, 34 va 32% P 2 O 5s.e. ; 12 1, 12 1, 11 1 va 10 1% N va 1% dan ko‘p bo‘lmagan H 2 O bo‘ladi. O‘lchamlari 1-4 mm bo‘lgan donachalarning ulushi oliy navda 95% dan va birinchi navda 90% dan kam bo‘lmasligi kerak. Ammofosdagi N:P 2 O 5 nisbati ~1:4 ga tengdir. Tarkibida diammoniyfosfat va fosfat kislotadan o‘tadigan qo‘shimchalari bo‘lgan azot bo‘yicha nisbatan konsentrlangan o‘g‘it – diammofos ham ishlab chiqariladi. Agar diammofos ishlab chiqarish uchun apatit konsentratidan olingan ekstraksion fosfat kislota ishlatilsa, bunda mahsulot tarkibida: 48 1% P 2 O 5o‘zl. , 18% dan kam bo‘lmagan N va 1,5% dan ko‘p bo‘lmagan H 2 O bo‘ladi. N:P 2 O 5 nisbati katta bo‘lgan o‘g‘it ishlab chiqarish uchun ammofos va diammofosga azotli o‘g‘itlar – ammoniy nitrat yoki karbamid qo‘shiladi. Termik yoki tozalangan ekstraksion fosfat kislotadan olinadigan diammoniyfosfat hayvonlar ozuqasi uchun ishlatiladi. Ammoniy fosfatlari, shuningdek, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida ham 268 ishlatiladi; ular antipirenlar sifatida va qurilish materiallarining yong‘inga bardoshliligini oshirish uchun ishlatiladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling