I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   131
Aralash o‘g‘itlar. Kompleks o‘g‘itlar nafaqat boshlang‘ich 
materiallarni kimyoviy qayta ishlanishi orqali, balki tayyor o‘g‘itlarni 
aralashtirilishi orqali ham olinadi. Bunday o‘g‘itlar aralash o‘g‘itlar, 
uning tayyorlanishi esa aralashmali jarayon deyiladi. 
Agrokimyoviy sifati jihatidan aralash o‘g‘itlar amalda murakkab 
o‘g‘itlardan farqlanmaydi. Ularning yutug‘i shundaki, qishloq xujaligi 
turli xil talablarini qanoatlantiruvchi har qanday ozuqa elementli 
tarkibdagi o‘g‘itlar assortimentini ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. 
Masalan, G‘arbiy yevropada o‘g‘itlar assortimenti 100 dan ortiq, AQSH 
da esa – 2500 ga yaqin, lekin eng ko‘p tarqalgan o‘nta marka (nav) da 
ishlab chiqariladi. Ozuqa moddalarining har xil nisbatidagi aralashmalar 
tayyorlanadi, bunda har bir ozuqa elementi turli xil komponent tarzida 
aralashma tarkibiga kirishi mumkin. Masalan, azot – ammoniy nitrat, 
karbamid, ammoniy fosfatlari va x.o tarzda; fosfor – superfosfatlar, 
ammofos va boshqalar tarzida bo‘lishi mumkin. Aralashtiriladigan 
o‘g‘itlar turiga bog‘liq holda aralashmadagi ozuqa moddalarning 
umumiy miqdori katta chegarada – oddiy superfosfat, ammoniy sulfat 
yoki ammiakli selitra ishlatilganda 25-30% dan qo‘shaloq superfosfat, 
ammofos, karbamid va boshqa konsentrlangan o‘g‘itlar asosidagi 
aralashmalarda 40% gacha o‘zgarishi mumkin. 
Aralash o‘g‘itlarning ishlatilishi juda keng yoyilgan. Barcha ishlab 
chiqariladigan o‘g‘itlarning taxminan uchdan bir qismi aralash o‘g‘itlar 


278 
hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayrim mamlakatlar (Angliya, AQSH) da 
umumiy o‘g‘it ishlab chiqarishning 60-70% qismini aralash o‘g‘itlar 
tashkil qiladi. 
Amalda ularni ishlatish ko‘rsatadiki, ozuqa moddalar nisbatining 
variantlari nisbatan ko‘p sonda emas. Masalan, paxtaga N:P
2
O
5
:K
2

nisbati: 1:2:0; 1:0,5:0 yoki 1:1:0; donli ekinlarga – 1:2:2; 1:2:1 yoki 
1:1:1; shakar lavlagiga esa – 1:2:1; 1:1,5:1,5 va xokazo bo‘lgan 
aralashmalar taklif etiladi. 
Aralash o‘g‘itlarda asosiy ozuqa elementlari (N + P + K) dan 
tashqari, mikroelementlar, gerbitsidlar, o‘stiruvchi moddalar va 
boshqalar bo‘ladi. Aralashmalardagi ortiqcha kislotalilikni neytrallash 
va fizik xossalarini yaxshilash uchun ularga qisman qo‘shimchalar – 
suyak yoki fosforit uni, bo‘r, ohaktosh, dolomit va boshqalar kabi 
to‘ldiruvchilar kiritiladi. 
Aralash o‘g‘itlar kukunsimon holatda ham, donador shaklda ham 
ishlab chiqariladi. Qattiq o‘g‘itlarni aralashtirishda boshlang‘ich 
komponentlar quruq va sochiluvchan bo‘lishi kerak; bundan tashqari
iloji boricha, zarrachalarning yirikligi va zichligi bo‘yicha bir-biriga 
yaqin bo‘lishi lozimdir. Bu talablarga javob bermaydigan materiallarni 
bir jinsli o‘g‘itlarga aylantirish qiyindir. Turli xil o‘lcham va zichlikdagi 
donachalardan iborat aralashma segregatsiyaga uchraydi, ya’ni ajralib 
qoladi va saqlash, tashish, tuproqqa mashinali solishda bir tekisda 
tushmaydi. Tashqi kuch ta’sirida (masalan, tashishda) – mayda 
o‘lchamdagi yoki katta zichlikdagi zarrachalar yirik zarrachalar 
orasidagi bo‘shliqlar orqali kuch yo‘nalishi ta’sirida suzilib qoladi. 
Demak, har xil o‘lcham va zichlikdagi zarrachalarni aralashtirilishidan 
deyarli bir jinsli bo‘lgan aralashma hosil qilib bo‘lmaydi. 
Segregatsiya darajasi turli fraksiyalaar zarrachalar o‘lchamining 
nisbatiga, ularning zichliklari nisbatiga va tashqi kuch kattaligiga 
bog‘liqdir. O‘lchamlari farqlanadigan donachalarda segregatsiyani 
yo‘qotishining iloji yo‘q. Shuning uchun nafaqat kukunsimon yoki 
donadorlangan mahsulotlarning aralashmasidan, balki komponentlarni 
aralashtirilgandan so‘ng donadorlashni amalga oshirilib ham aralash 
o‘g‘itlar olinadi. 
Hozirgi paytda ayrim korxonalarda o‘g‘itlarni aralashtirish 
qo‘shimcha kimyoviy qayta ishlash – kislotalar (fosfat, nitrat, sulfat) va 
materiallarni neytrallovchi (gaz holatdagi ammiak, suyuq ammiakatlar 
va boshqa reagentlar) kiritish bilan birgalikda olib borish, shuningdek 


279 
suv o‘rniga eritmalar va suyuqlanmalar ishlatish orqali amalga 
oshirilmoqda. Buning natijasida komponentlarni aralashtirishda va 
donadorlashda kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘ladi, mahsulotning 
donachalari esa mustahkam va bir jinsli bo‘ladi. Kimyoviy reaksiyalar 
issiqligi hisobiga donachalarning qurishi sodir bo‘ladi. Bunday aralash 
o‘g‘itlar murakkab o‘g‘itlardan deyarli farqlanmaydi; ba’zan ularni 
murakkab-aralash o‘g‘itlar deyiladi. 
O‘g‘itlar antagonizmi va sinergizmi. Aralash kompleks o‘g‘itlar 
olishda nomaqbul kimyoviy jarayonlarning sodir bo‘lishi (uchuvchan 
mahsulotlarning 
hosil 
bo‘lishi 
yoki 
o‘zlashmaydigan shaklga 
retrogradatsiyalanishi) natijasida ozuqa moddalarning yo‘qotilishini va 
o‘g‘itlarning fizik xossalarining yomonlashishini e’tiborga olish kerak. 
Bu o‘g‘itlar antagonizmi deb ataladigan hodisaga sabab bo‘ladi. 
O‘g‘itlar alohida-alohida bo‘lgan holatdagiga nisbatan ular 
birgalikda solinganda ularning agrokimyoviy ta’siri yuqori samarali 
bo‘lishi sinergizm tushunchasi orqali tushuntiriladi. Sinergizm – 
yunoncha «sinergos» – birgalikda ta’sir etuvchi, ya’ni birgalikda va 
funksional bir jinsli ta’sir etuvchi ma’nosiga egadir; o‘g‘itlar 
sinergizmini shartli ravishda ularning zararli qo‘shimcha jarayonlar 
kuzatilmaydigan yaxshi agrokimyoviy va fizik xossali aralashmalar 
hosil qilish xususiyati deb ham ataladi. 
Masalan, superfosfatni ammiakli selitra bilan aralashtirilganda: 
NH
4
NO
3
H
3
PO
4
NH
4
H
2
PO
4
HNO
3
2NH
4
NO
3
Ca(H
2
PO
4
)
2
2NH
4
H
2
PO
4
Ca(NO
3
)
2
reaksiyalari natijasida azotning bir qismi (HNO
3
yoki azot oksidlari 
tarzida) yo‘qotiladi va nisbatan gigroskopik birikma – kalsiy nitratning 
paydo bo‘lishi natijasida aralashmaning fizik xossalari boshlang‘ich 
komponentlarga nisbatan yomonlashadi. Aralashmaga neytrallovchi 
qo‘shimchalar kiritish (masalan, uni qo‘shimcha ammoniylashtirish) 
natijasida nitrat kislota hosil bo‘lishining va shu bilan birgalikda azot 
yo‘qotilishining oldi olinadi. Shu bilan bir vaqtda monokalsiyfosfatning 
bir qism gigroskopik suvni kristallizatsiya suviga aylantiruvchi 
dikalsiyfosfatga 
aylanishi 
natijasida 
o‘g‘itning fizik xossalari 
yaxshilanadi. Lekin bunda, sirtatli eruvchan P
2
O
5
hosil bo‘lishi hisobiga 
suvda eruvchan shaklining miqdori bir oz kamayadi. 
Ko‘pincha o‘g‘itlarni aralashtirilishidan boshlang‘ich component-
larga nisbatan yaxshi fizik xossalarni namoyon etuvchi aralash o‘g‘itlar 


280 
hosil bo‘ladi. Masalan, superfosfatning ammoniy sulfat bilan 
aralashtirilishidan sodir bo‘ladigan: 
(NH
4
)
2
SO
4
Ca(H
2
PO
4
)
2
∙H
2
O H
2
O 2NH
4
H
2
PO
4
CaSO
4
∙2H
2

reaksiyasi natijasida aralashma quriydi va gips hosil bo‘lganligi sababli 
qotadi. U kam gigroskopiklikka ega, ammo uzoq vaqt saqlangandan 
so‘ng keltirilgan reaksiya tugagach, yopishqoqligini yo‘qotish uchun uni 
maydalashga to‘g‘ri keladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling