I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Mineral o‘g‘itlar
C a(N O 3 ) 2 ∙4 H 2 O Na NO 3 va KNO 3 NH 4 NO 3 (N H 4 ) 2 SO 4 va NH 4 Cl C O( NH 2 ) 2 F osfor it va suyak uni S upe rf osfa t (oddiy va q o‘ shaloq ) C aHPO 4 Toma sshl ak , ter mofosf atl ar KCl , ka li yli tuzla r K 2 SO 4 , ka li magne ziya Ka ini t Ammoni y fosf atl ar i Ammoni ylashti rilgan sup erf osf at Oha k , oha ktosh Ca(NO 3 ) 2 ∙4H 2 O NaNO 3 va KNO 3 NH 4 NO 3 (NH 4 ) 2 SO 4 va NH 4 Cl CO(NH 2 ) 2 Fosforit va suyak uni Superfosfat (oddiy va qo‘shaloq) CaHPO 4 Tomasshlak, termofosfatlar KCl, kaliyli tuzlar K 2 SO 4 , kalimagneziya Kainit Ammoniy fosfatlari Ammoniylashtirilgan superfosfat Ohak, ohaktosh 3.36-rasm. O‘g‘itlarni aralashtirish diagrammasi: Katakchalar: - aralashtirish mumkin; - o‘g‘itni solishdan oldin aralashtirish mumkin; - aralashtirib bo‘lmaydi. Ammoniy fosfat va kaliy xloridning superfosfat va ammoniy sulfat bilan aralashtirilishidan gigroskopikligi kam va saqlanganda yopishib 281 qolmaydigan yaxshi fizik xossali o‘g‘itli aralashma olinadi; ularni ammoniy nitrat yoki karbamid bilan aralashtirilishidan – nam havoda saqlanganda sochiluvchanligi yomonlashadigan o‘g‘it olinadi. U yoki bu o‘g‘itli tuzlarni aralashtirish imkoniyatlari haqidagi masalani yechish uchun nazariy tushunchalar va tajriba ma’lumotlari asosida tuzilgan turli diagrammalarga qo‘llaniladi. Lekin o‘g‘itlar antagonizmi yetarlicha o‘rganilman va shuning uchun ba’zida turli aralashtirish diagrammalari bir-biriga zid bo‘lgan ma’lumotlar beradi. 3.36-rasmda shunday diagrammalardan biri keltirilgan. Bu diagrammadagi gorizontal va vertikal qatorlarda muvofiq ravishdagi har xil turdagi tuzlar belgilangan. O‘g‘itlarning aralashtirish mumkinligi gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi qatorlarning kesishishidan aniqlanadi: yashil rangli katakchalar aralashtirish mumkinligini, havorang ko‘k rangdagi katakchalar o‘g‘itlarni solishdan oldin aralashtirish lozimligini, qizil rangdagi katakchalar esa aralashtirish mumkin emasligini ko‘rsatadi. O‘g‘itlarni aralashtirish doirasini ularga mikroelementlar qo‘shish orqali yanada kengayishi mumkin, lekin ushbu diargammada buni hisobga olinmagan. Aralash o‘g‘itlar ishlab chiqarish. Aralash o‘g‘itlar kimyoviy korxonalarda va iste’molchiga yaqin hududlardagi maxsus aralashmali stansiyalarda tayyorlanadi. Aralash o‘g‘itlarni iste’molchilarning o‘zlari tomonidan ham sodda usullarda tayyorlanadi. Aralashmalar aralashtirgich tuzilmasi va jihozlarning joylanishi bilan farqlanadigan turli xil qurilmalarda ishlab chiqariladi. Qurilmalar davriy yoki uzluksiz sxemalar bo‘yicha ishlaydi. Davriy ishlaydigan qurilmalarga teng quvvatli bo‘lgan uzluksiz aralashtirish prinsipi bo‘yicha ishlaydigan qurilmalar ancha ixcham bo‘lib, ishlatilishi sodda, tayyorlash uchun kam metall sarflanadi. Bundan tashqari, jarayonning uzluksizligi tufayli yetarli darajadagi bir jinsli aralashma hosil bo‘ladi. Aralashmalar uchun soddalashgan konstruksiyali (stasionar) qo‘zg‘olmas va harakatli qurilmalar ishlatiladi (3.37-3.40-rasmlar). Aralashmalar tayyorlash jarayonlarida: o‘g‘itlarni aralashtirishga tayyorlash; komponentlarni aralashtirish qurilmalariga uzatish; komponentlarni me’yorlashtirish va aralashtirish; aralashmalarni tashuvchi vositalarga yuklash yoki omborga uzatish kabi ishlar bajariladi. Kurakli aralashtirgichlardan foydalanish – aralashma bo‘yicha kattagina solishtirma yuklamada ham yuqori sifatli aralashtirilishga 282 erishish imkoniyatini yaratadi. Bunda ikki o‘qli aralashtirgichdan chiqadigan ozuqa moddalari 1:1:1 va 0:1:2 nisbatli aralashmaning bir jinsli bo‘lmagan qismi 8% dan oshmaydi. 3.37-rasm. Aralashtirish qurilmasining umumiy ko‘rinishi (AQSH). 1-temir yo‘l vagoni; 2-elevatorlar; 3-omborlar bo‘lmasi; 4-alohida o‘g‘itlar taqsimlagich bunkeri; 5-aralashtiriladigan o‘g‘itlar me’yorlashtirgich bunkeri; 6-barabanli aralashtirgich; 7-tayyor aralashma uchun bunker. 3.38-rasm. NIUIF Ramen agrokimyo tajriba stansiyasining uzluksiz ishlaydigan qurilmasi (Rossiya). 1-komponentlar uchun bunkerlar; 2-transportyor; 3-elevatorlar; 4-taqsimlagichli transportyor; 5- bunkerlar; 6-me’yorlashtirgich; 7-transportyorlar; 8-barabanli aralashtirgich; 9-ikki valli kurakli aralashtirgich; 10-yig‘uvchi bunker; 11-bo‘laklovchi tarozi; 12-qop tikuvchi mashina. O‘g‘itlar ostki qismi suv o‘tkazmaydigan mahsus omborlarda saqlanadi. Har bir turdagi o‘g‘it omborlarning yog‘och to‘siqlar bilan ajratilgan alohida bo‘lmalarida turadi. Quruq kunlarda ombor xonalari shamollatib turiladi, ob-havo namgarchilik sharoitida eshik va derazalar berkitib qo‘yiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling