I shamshidinov noorganik moddalar va


-§. Angren kaolinlaridan koagulyant – aluminiy sulfat ishlab


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131
2-§. Angren kaolinlaridan koagulyant – aluminiy sulfat ishlab 
chiqarish texnologiyasi 
Angren kaolin gilini sulfat kislotali qayta ishlash orqali koagulyant 
– aluminiy sulfat ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemasi va 
jarayonning moddiy balansi 4.1 – rasmda tasvirlangan. 
Kuydirish pechiga tarkibida ~20% Al
2
O
3
va boshqalar bo‘lgan 1 t 
miqdordagi maydalangan Angren kaolini kelib tushadi. Uni 1 soat 
davomida 650
O
C haroratda kuydiriladi. 0,1 t uchuvchi fraksiya gaz 
fazasiga chiqadi, kuydirilgan 0,9 t massa reaktorga uzatiladi, u yerga 
(kuydirilgan kaolin kelib tushguncha) 0,35 t suv va 0,63 t 93% li sulfat 
kislota kelib tushadi. Reaktordagi massa haroratini 80
O
C da ushlab 
turish uchun uni aralashtirib turgan holda 110
O
C haroratdagi 0,3 t 
miqdorida qaynoq bug‘ beriladi. Parchalanish jarayoni davomiyligi 1 
soatni tashkil etadi. So‘ngra reaksiya aralashmasi (S:Q = 1,5) ikkinchi 
reaktor – aralashtirgichga kelib tushadi, u yerda 1 t suv bilan S:Q = 3 
gacha suyultiriladi hamda 110
O
C harorat va 0,05 t miqdordagi qaynoq 
bug‘ bilan qizdiriladi. Jarayon harorati 80
O
C da ushlab turiladi. Ortiqcha 
sulfat kislotani neytrallash va temirni (gidroksid tarzida) cho‘ktirish 
uchun 0,06 t (jarayonga beriladigan H
2
SO
4
umumiy miqdorining 10% ni 
bog‘lash uchun) CaCO
3
kiritiladi va havo bilan barbotajlanadi. Bunda 
gaz fazasiga mazkur jarayonda quyidagi reaksiya tenglamalari bo‘yicha 
hosil bo‘ladigan 0,06 t bug‘ va karbonat angidrid ajraladi: 
4FeSO
4
+ 4CaCO
3
+ 6H
2
O + O
2
= 4Fe(OH)
3
+ 4CaSO
4
+ 4CO
2
(4.3) 
Fe
2
(SO
4
)
3
+ 3CaCO
3
+ 3H
2
O = 2Fe(OH)
3
+ 3CaSO
4
+ 3CO
2
(4.4) 
Bunda ikki valentli temir uch valentli birikmaga o‘tadi va 
temir(III)-gidroksid cho‘kmaga tushadi hamda hosil bo‘ladigan karbonat 
angidrid gaz fazasiga ajraladi va eritma pH ko‘rsatkichi 1,0 dan 2,5 
gacha ko‘tariladi. 
Shundan so‘ng suspenziya tindirgichlarga kelib tushadi va u yerga 
shuningdek 1-bosqichda 3,0 t aylanuvchi eritma (Al
2
O
3
miqdori 0,4% 
atrofida) qo‘shiladi, 1 soat davomida tindiriladi (1-bosqich) hamda 
yig‘gichga ½ qism, ya’ni 3,0 t dekantatsiyalanadi. Tindirgichga 2,0 t 
aylanuvchi eritma kiritiladi va yana 1 soat tindiriladi (2-bosqich) hamda 
uni yarmi dekantatsiyalanadi, ya’ni 2,0 t tindirilgan faza yig‘gichga 
o‘tkaziladi. Yig‘gichdan 5,5 t suvli eritma bug‘latgichga o‘tkaziladi, u 
yerda 4,3 t suv bug‘latiladi va 1,2 t suyuqlanma hosil qilinadi, uni lentali 
kristallantirgichda kristallantiriladi hamda omborga yuboriladi.


289 


290 
Tindirgichlar birin-ketin ishlaydi hamda jarayonning uzluksizligi 
ta’minlanadi. 
Mahsulot tarkibida, og‘irlik % hisobida: Al
2
O
3
= 15,0; Fe
2
O
3
= 0.3; 
H
2
SO
4
– sezilarsiz miqdorda, erimaydigan qoldiq = 1,0 bo‘ladi. 
Mahsulot unumi (Al
2
O
3
bo‘yicha) 90% ni tashkil etadi. 
2,45 t miqdordagi shlamli suspenziya (S:Q=1) filtrlashga (vakuum-
filtr, sentrifuga yoki boshqa jihozga) yuboriladi, shlam 4,8 t suv bilan 
yuviladi. Bunda 6,0 t filtrat (aylanuvchi eritma) va 1,25 t nam shlam 
(39,0% namlikda) hosil bo‘ladi. Quruq shlam (0,765 t) tarkibida 2,6% 
Al
2
O
3
bo‘ladi. 
Shlamdan qurilish materiallari (sement, g‘isht, devorbop va 
tomyopma materiallari) ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Filtrat esa aylanuvchi eritma sifatida ishlatiladi, ya’ni uning 1,0 t 
miqdori parchalash jarayonining 2-bosqichiga, 3,0 t miqdori 
dekantatsiya bosqichining 1-bosqichiga, 2,0 t miqdori esa 2-bosqichiga 
beriladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling