I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- V BOB. SODA MAHSULOTLARI VA XLORID KISLOTA ISHLAB CHIQARISH §1. Kalsinirlangan soda ishlab chiqarish
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Aluminiy sulfat tuzi qanday maqsadlarda ishlatiladi? 2. Aluminiy va uning birikmalarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyolarni ayting. 3. Kaolinga termik ishlov berilganda qanday fizik-kimyoviy o‘zgarishlar kuzatiladi? 4. Kaolindan aluminiy sulfat olish jarayonini tushuntiring. 5. Kaolindan aluminiy sulfat ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntiring. 291 V BOB. SODA MAHSULOTLARI VA XLORID KISLOTA ISHLAB CHIQARISH §1. Kalsinirlangan soda ishlab chiqarish Sanoatda «soda» nomi bilan turli xildagi kimyoviy moddalar: kalsinirlangan soda yoki natriy karbonat Na 2 CO 3 (to‘kma zichligi 0,5 t/m 3 ); shuningdek og‘ir soda deb ataladigan Na 2 CO 3 (to‘kma zichligi 0,9-1,2 t/m 3 ); natriy gidrokarbonat NaHCO 3 ; kristall soda Na 2 CO 3 ∙10H 2 O; kaustik soda yoki o‘yuvchi natriy NaOH ishlab chiqariladi. Kalsinirlangan sodadan o‘yuvchi natriy, natriy bikarbonat kabilar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalaniladi. Kalsinirlangan soda A va B markalarda ishlab chiqariladi: oily navda 99,4%, birinchi navda 99,0%, ikkinchi navda esa 98,5-99% Na 2 CO 3 bo‘ladi. Barcha turdagi shisha ishlab chiqarishda, shu jumladan billur, optik va tibbiyot oynasi, shisha bloklari, eriydigan natriy silikat, sopol plitka, qora va rangli metallurgiyada: qo‘rg‘oshin, rux, volfram, stronsiy, xrom ishlab chiqarishda, cho‘yanni oltingugurtsizlantirish va fosforsizlantirishda, chiqindi gazlarini tozalashda, chiqindi eritmalarni neytrallashda ishlatiladi. Elektrovakuum shisha ishlab chiqarishda donadorlik tarkibiga qat’iy amal qilingan oliy A navli kalsinirlangan soda ishlatiladi. B markali kalsinirlangan soda kimyo sanoatida sintetik yuvuvchi vositalar va moy kislotalari ishlab chiqarishda, eritmalarni tozalashda, fosforli, xromli, bariyli natriyli tuzlar ishlab chiqarishda karbonatli xomashyo sifatida, gliserin, allil spirt, sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarishda, lak-bo‘yoq va neft sanoatlarida ishlatiladi. Natriy bikarbonat oziq-ovqat, qandolatchilik va kimyo- farmatsevtika sanoatlarida, tibbiyotda, o‘t o‘chirish moslamalarida, sun’iy mineral suvlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kristall soda turmushda keng qo‘llanilsa, og‘ir sodadan metallurgiya, shisha va boshqa sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. 292 Kalsinirlangan soda – oq kukun kristall modda bo‘lib, zichligi 2,53 g/sm 3 , 854 O C da suyuqlanadi. Soda havodagi karbonat angidrid va suv bug‘ini biriktirib olib qisman natriy gidrokarbonatga aylanadi. Natriy karbonat suv bilan bir qator birikmalar: Na 2 CO 3 ∙10H 2 O, Na 2 CO 3 ∙7H 2 O, Na 2 CO 3 ∙H 2 O hosil qiladi. Soda suvda yaxshi eriydi, uning eruvchanligi harorat oshishi bilan ortadi (0 va 100 O C haroratda 100 g suvda tegishlicha 6,8 va 44 g eriydi). Soda suvdagi eritmasida kuchli ishqoriy xossani namoyon etadi. Natriy karbonat ayrim tabiiy suvlar tarkibida bo‘ladi, masalan tronlar deb ataluvchi Na 2 CO 3 ∙NaHCO 3 ∙2H 2 O tarkibiga kiradi, shuningdek qattiq cho‘kindi Na 2 CO 3 ∙10H 2 O (natron) tarzida uchraydi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling