I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. O‘yuvchi natriy, xlor va vodorod ishlab chiqarish . O‘yuvchi natriy.
Natriy gidrokarbonat. Natriy gidrokarbonat soda yoki natriy
gidrokarbonat eritmalarini bug‘ bilan parchalash orqali olinadi: 2NaHCO 3 ⇄ Na 2 CO 3 + CO 2 + H 2 O Olingan soda eritmasi karbonizatsiyalanadi: Na 2 CO 3 + CO 2 + H 2 O ⇄ 2NaHCO 3 ↓ 313 Natriy gidrokarbonat cho‘kmasi filtrlanadi, quritiladi, maydalanadi, qoplanadi va quruq joyda saqlanadi. Unda 98,5% dan kam bo‘lmagan NaHCO 3 , 1-1,2% dan ko‘p bo‘lmagan Na 2 CO 3 , 0,05% dan ko‘p bo‘lmagan NaCl va 1,0% dan ko‘p bo‘lmagan H 2 O bo‘ladi. Mahsulot tarkibida mishyak, ammoniy tuzlari va og‘ir metallar bo‘lmasligi kerak. 2-§. O‘yuvchi natriy, xlor va vodorod ishlab chiqarish. O‘yuvchi natriy. O‘yuvchi natriy yoki kaustik soda – oq shaffof bo‘lmagan modda bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Qo‘shimchalar miqdori va turiga qarab qisman rangli bo‘lishi mumkin. Suvsiz o‘yuvchi natriy atmosfera bosimida 328 O C haroratda suyuqlanadi. O‘yuvchi natriy sovun pishirishda, sun’iy tolalar va qog‘oz ishlab chiqarishda, organik, neft va boshqa sanoat tarmoqlarida keng miqyosda ishlatiladi. Sanoatda qattiq holatdagi o‘yuvchi natriy va uning suvdagi eritmalari ishlab chiqariladi. Texnik o‘yuvchi natriyning navlari bir-biridan NaOH konsentratsiyasi va qo‘shimchalar miqdori bilan farq qiladi. Masalan, qattiq o‘yuvchi natriy ikkita: A va B navlarda ishlab chiqariladi. NaOH miqdori A navdagi mahsulotda 95% dan kam bo‘lmasligi, B navdagi mahsulotda esa 92% dan kam bo‘lmasligi lozim. Suyuq holatdagi o‘yuvchi natriy ham ikkita: V «elektrokimyoviy» va T «kimyoviy» navlarda ishlab chiqariladi. Ikkala navdagi mahsulotlarda ham NaOH konsentratsiyasi 610 g/l ni tashkil etadi. Ular tarkibidagi natriy karbonatlari va xloridi miqdorlari bilan bir-biridan farqlanadi. Qattiq holatdagi o‘yuvchi natriy germetik po‘lat barabanlarda saqlanadi, suyuq o‘yuvchi nartiy sisternalarda yoki po‘lat bochkalarda tashiladi. O‘yuvchi natriy kimyoviy va elektrokimyoviy usullarda olinadi. Kimyoviy usulda kalsinirlangan soda, elektrokimyoviy usulda esa osh tuzi eritmasi xomashyo sifatida qo‘llaniladi. Xlor. Xlor atmosfera bosimi va odatdagi haroratda sarg‘ish-yashil rangdagi bo‘g‘uvchi gaz. Normal sharoitda xlorning zichligi 3,21 kg/m 3 , atmosfera bosimida qaynash harorati –33,6 O C, muzlash harorati – 101,5 O C ga teng. U osonlik bilan organik moddalar, xususan, uglevodorodlar bilan ko‘p sondagi xlorli birkmalar hosil qilish orqali reaksiyaga kirishadi. Bunday xlorli birikmalar plastmassalar, sintetik 314 kauchuklar, kimyoviy tolalar, erituvchilar va boshqalar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Hozirgi paytda butun dunyoda yiliga 9 mln tonna atrofida xlor ishlab chiqarilmoqda va uning taxminan 60% miqdori organik sintezda ishlatilmoqda. Bundan tashqari, xlor rudalarni qayta ishlash jarayonida, neft sanoatida, tibbiyotda, ichimlik va oqava suvlarni tozalashda va xalq xo‘jaligining boshqa qator tarmoqlarida ishlatiladi. Xlor zaharli xossali moddadir. Tarkibida 0,003-0,005 mg/l xlor bo‘lgan havoda 30 minut nafas olish yuqori nafas olish organlarini kuchli kuydiradi; tarkibida 0,1-0,2 mg/l xlor tutgan havoda nafas olish o‘limga olib kelishi mumkin. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling