I shamshidinov noorganik moddalar va
Elektrokimyoviy usulda o‘yuvchi natriy, xlor va vodorod olish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektrokimyoviy usulda o‘yuvchi natriy, xlor va vodorod olish.
Doimiy elektr toki ta’siri ostida boradigan kimyoviy jarayonlar elektrokimyoviy jarayon deb ataladi. Elektrokimyoviy jarayonlarda doimiy elektr toki tuzlar yoki oksidlar eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali o‘tadi va elektroliz natijasida yangi moddalar olinadi. Elektrokimyoviy jarayonlar elektrolizyor yoki elektrolitik vanna deb ataladigan jihozlarda amalga oshiriladi. Elektrokimyoviy usul kimyoviy usulga nisbatan bir qator afzalliklarga egadir: unda bitta jihozda bir paytning o‘zida bir necha qimmatbaho mahsulotlar olinishini ta’minlanadi; ishlab chiqarishning kimyoviy usullarida qiyinchilik bilan erishiladigan yuqori tozalikka ega bo‘lgan mahsulotlar olinadi; xomashyo va energiyadan deyarli to‘la foydalaniladi. Shu sababli xalq xo‘jaligida elektrokimyoviy usuldan keng miqyosda foydalaniladi. Kimyo sanoatida xlor, vodorod va kislorod, ishqorlar, oksidlovchilar, ayrim organik mahsulotlar va boshqalar faqat elektrokimyoviy usulda olinadi. Metallurgiyada elektroliz katta ahamiyat kasb etadi. Mis, rux, aluminiy, natriy va boshqa metallar elektrokimyoviy yo‘l bilan olinadi. Metallarni korroziyadan saqlash ham elektrokimyoviy yo‘lda o‘tkaziladi: himoyalanuvchi metall sirtiga rangli metallar, masalan nikel, xromning yupqa qatlami yotqiziladi. Bu qoplama galvanik qoplama deb yuritiladi. Elektrokimyoviy jarayonlarni amalga oshirish katta miqdordagi elektr energiyasi xarajatlari bilan bog‘liqdir. Elektr energiyasining narxi ko‘p hollarda olinadigan mahsulotlar narxini belgilaydi va shuning uchun arzon elektr energiyasi bo‘lgandagina elektrokimyoviy qurilmalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Respublikamizda energetikaning keskin rivojlanishi elektrokimyoviy ishlab chiqarishning rivojlanishiga mustahkam asos yaratadi. Binobarin elektrokimyoviy jarayonlarni amalga oshirish elektroenergiya bilan bog‘liq ekan, bu holda undan samarali foydalanish masalasi katta ahamiyat kasb etadi. Elektrolizda elektroenergiyadan samarali foydalanish mezoni sifatida tok bo‘yicha unum va energiyadan foydalanish koeffitsienti xizmat qiladi. Tok bo‘yicha unum. Tok bo‘yicha unum η – ma’lum miqdordagi elektr energiyasi sarflanishi natijasida elektrolizda olingan moddaning miqdori G a ni Faradey qonuniga muvofiq olinishi mumkin bo‘lgan 316 moddaning miqdori G n ga nisbatidir. Tok bo‘yicha unum odatda foizlarda ifodalanadi: Olingan moddaning nazariy miqdori G n quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: bu yerda: I – tok kuchi, a; τ – elektroliz davomiyligi, soat; E – elektrokimyoviy ekvivalent – elektroddan 1 a∙s tok o‘tganda ajraladigan moddaning miqdori (xlor uchun 1,323, o‘yuvchi natriy uchun 1,492, vodorod uchun 0,0376). Misol. 15500 a tok kuchida osh tuzi eritmasini 24 soat elektroliz qilish uchun vannada tarkibida 125 g/l NaOH bo‘lgan 4200 l elektrolitik eritma olindi. Quyidagi miqdordagi natriy xlorid nazariy jihatdan olinishi mumkin: Amalda esa quyidagi miqdorda o‘yuvchi natriy olinadi: Demak, tok bo‘yicha unum: ni tashkil etadi. Sanoat elektrolizida unum doimo 100% dan kam bўladi, bu esa qo‘shimcha kimyoviy va elektrokimyoviy jarayonlar sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Tok bo‘yicha unumni oshirish uchun bu jarayonlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishni taqazo etadi. Energiyadan foydalanish koeffitsienti. Energiyadan foydalanish koeffitsienti μ – mahsulot birligi ajrab olish uchun kerak bo‘ladigan energiya miqdori n ni haqiqatda sarflangan energiya miqdori a ga nisbatini ifodalaydi. U foizlarda ifodalanadi: Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling