I shamshidinov noorganik moddalar va
Kalsinirlangan soda ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Kalsinirlangan soda ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlari. Soda ishlab chiqarishni rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin: 1. Soda zavodlarini azot birikmalari ishlab chiqarish korxonasi bilan uyg‘unlashtirish. Bu esa azot birikmalari korxonasida g‘osil bo‘ladigan konsentrlangan karbonat angidriddan foydalanishni ta’minlaydi. Konsentrlangan karbonat angidrid ishlatish shu maqsadda 312 kerakki, natriy xloridning bikarbonatga konversiyasi nisbatga bog‘liq bo‘ladi. Demak, gazdagi CO 2 miqdori ortishi bilan natriy bikarbonat unumi ham oshadi. 2. Soda olish uchun yanada iqtisodiy tejamkor bo‘lgan yangi sxemalarini yaratish orqali xomashyo, energiya, yoqilg‘i xarajatlarini kamaytirish hamda ishlab chiqarishni chiqindisiz ishlashiga erishish: tabiiy natriy sulfat – mirabalitdan soda olish, bunda natriy gidrokarbonat bilan bir qatorda o‘g‘it sifatida ishlatiladigan ammmoniy sulfat ham ishlab chiqariladi. Bu usul mohiyatini quyidagi umumiy tenglama ifodalaydi: Na 2 SO 4 + 2NH 3 + 2CO 2 + 2H 2 O = 2NaHCO 3 + (NH 4 ) 2 SO 4 mirabalit Na 2 SO 4 ni ko‘mir bilan qaytarish va so‘ngra hosil bo‘lgan natriy sulfidlarini qo‘shaloq karbonizatsiyalash orqali soda olish: Na 2 SO 4 + 2C = Na 2 S + 2CO 2 Na 2 S + CO 2 + H 2 O = NaHCO 3 + NaHS NaHS + CO 2 + H 2 O = NaHCO 3 + H 2 S Natijada soda va vodorod sulfid olinadi, vodorod sulfidni oksidlab elementar oltingugurtga aylantiriladi; distiller suyuqligidan ammiakni regeneratsiyalash amalga oshirilmaydi, soda va ammoniy xloril olinadi, ammoniy xloriddan esa azotli o‘g‘it sifatida foydalaniladi; natriy xlorid o‘rniga silvinit KCl∙NaCl ishlatish soda va azot- kaliyli murakkab o‘g‘it (KCl + NH 4 Cl) olishni ta’minlaydi; karbonat angidrid manbai sifatida dolomit CaCO 3 ∙MgCO 3 ishlatish distiller suyuqligini qayta ishlashda undan ammiak, bishofit MgCl 2 ∙6H 2 O (magniy olish uchun xomashyo) va CaCO 3 (sement olish uchun xomashyo) olishni ta’minlaydi. 3. Ishlab chiqarishni avtomatik boshqarilishini tashkil etish, natijada soda olish jarayonini muqobil rejimini ta’minlash orqali natriy gidrokarbonat unumi oshiriladi va kalsinirlangan soda tannarxi pasaytiriladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling