I shamshidinov noorganik moddalar va
Xlorid kislota ishlab chiqarish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Xlorid kislota ishlab chiqarish. Xlorid kislota ishlab chiqarish ikki
bosqichda amalga oshiriladi: vodorod xlorid olish va vodorod xloridni suvga yutdirish (absorbsiyalash). Xlorid kislota olishning turli usullari bir-biridan vodorod xlorid olish usullari bilan farq qiladi. Vodorod xlorid olishning sulfatli usuli. Vodorod xlorid ishlab chiqarishning sulfatli usuli kimyoviy ishlab chiqarishning eski usullaridan biridir. Unda osh tuzi kuporos moyi bilan ta’sirlashib, quyidagi reaksiya bo‘yicha vodorod xlorid hosil qilinadi: 2NaCl + H 2 SO 4 = Na 2 SO 4 + 2HCl – 68,25 kj Jarayon kuydirish pechlarida 500-550 O C haroratda o‘tkaziladi, bunda qattiq natriy sulfat va tarkibida 30-40% vodorod xlorid bo‘lgan 326 gaz olinadi. Olinadigan gaz sulfat kislota va boshqa qo‘shimchalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Undan vodorod xloridni absorbsiyalashda texnik xlorid kislota hosil bo‘ladi va uning konsentratsiyasi 27-31% dan oshmaydi. Bu jarayon asosan natriy sulfat olish maqsadida amalga oshirilgan. Tabiiy natriy sulfat konlari topilgandan so‘ng bu usul o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Vodorod xlorid sintezi. Osh tuzi suvli eritmasining elektrolizida olinadigan xlor va vodoroddan vodorod xlorid sintezi amalga oshiriladi. Vodorod xlorda ekzotermik reaksiya bo‘yicha yonadi: H 2 + Cl 2 ⇄ 2HCl + 184,23 kj Odatdagi haroratda va qorong‘i sharoitida reaksiya sodir bo‘lmaydi. Yorug‘lik nuri ta’sirida va qizdirilganda reaksiya katta tezlikda sodir bo‘ladi va portlash bilan o‘tishi mumkin. Amalda vodorodning xlorda portlashsiz yonishi 2300-2400 O C haroratda amalga oshiriladi. Xlordan to‘la foydalanish uchun reaksiya aralashmasida 5-10% ortiqcha vodorod bo‘ladi. Xlorning vodorod bilan ta’sirlashuvi pechlarda o‘tkaziladi (5.14-rasm). Pech niqobi 3 po‘latdan tayyorlangan va ichki qismi o‘tga chidamli g‘isht bilan niqoblangan bo‘lib, ta’sirlashuvchi xlor va vodorod alangasining shu’lasiga yaqin shakldagi forsunka ko‘rinishida bo‘ladi. Pechning yuqori qismi asbestli qopqoq 2 bilan berkitilgan bo‘ladi, u portlash bo‘lganda ochilib ketadi. Pech ochtki qismi o‘tga chidamli g‘isht bilan niqoblangan va uni ustiga konsentrik joylashgan ikkita po‘lat quvurdan iborat yondirgich 1 joylashtirilgan. Ichki quvurdan xlor, tashqi quvurdan esa vodorod beriladi. Yondirgichdan chiqishda gazlar aralashadi va bir-biri bilan ta’sirlashadi. Pech unumdorligi 100% li HCl hisobida sutkasiga 15-16 t ni tashkil etadi. Elementar xlor va vodoroddan vodorod xlorid sintezi ko‘pgina afzalliklarga egadir: tarkibida 80-90% HCl tutgan vodorod xlorid gazi hosil bo‘ladi, bu esa 31% va undan yuqori konsentratsiyali xlorid kislota olish mumkin bo‘ladi; yuqori tozalikka ega bo‘lgan xlorid kislota olinadi; sulfat kislota olinmaydi; jarayon yoqilg‘i sarflanmasdan o‘tkaziladi. Elementar xlor va vodoroddan vodorod xlorid sintezi keng- ko‘lamda ishlatiladi. Hozirgi paytda vodorod xlorid organik sintez sanotining qo‘shimcha mahsulotlaridan ham ko‘p miqdorda ishlab chiqarilmoqda. 327 5.14-rasm. Vodorod xlorid sintez pechining sxemasi Vodorod xloridning suv bilan absorbsiyasi gidratlar hosil bo‘lishi va issiqlik ajralib chiqishi bilan sodir bo‘ladi. Agar absorbsiya jarayonida ajralib chiqadigan issiqlik atrof-muhitga chiqarilmasa, kislota harorati keskin ortib ketadi, natijada tarkibida 20,24% HCl tutgan azeotrop aralashmadan yuqori konsentratsiyali kislota olib bo‘lmaydi. Shu tufayli yuqori konsentrlangan kislota olish uchun erish issiqligini atrof-muhitga intensiv chiqarib choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi, bu esa ulkan absorbsiya qurilmalarida amalga oshirilishi bilan bog‘liqdir. A.M.Gasparyan tomonidan HCl erish issiqligini atrof-muhitga chiqarilmasdan, ya’ni adiabatik sharoitda vodorod xloridni suvga yutdirish usuli taklif etilgan. Bunda hosil bo‘ladigan kislota harorati ortadi, bu esa kislota bug‘ bosimining ortishiga va suvning intensiv bug‘lanishiga olib keladi. Suvning bug‘lanishiga HCl erish issiqligi sarflanadi va bu adiabatik sharoitda harorat pasayishiga olib keladi. Vodorod xloridning suv bilan absorbsiyasi sopol, kvars, plastmassa (faolit, viniplast) kabi xlorid kislotga chidamli materiallardan tayyorlangan to‘ldirgichli minoralarda amalga oshiriladi. Vodorod xlorid minora quyi qismidan kiradi, suv esa yuqoridan pastga qarama-qarshi harakatlanadi. Diametri 0,45 m va balandligi 6,4 m bo‘lgan minorada sintetik vodorod xloriddan sutkasiga 30 t gacha 31% li xlorid kislota olinishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling