I shamshidinov noorganik moddalar va


§. Xlorid kislota ishlab chiqarish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
3§. Xlorid kislota ishlab chiqarish. 
Vodorod xlorid va xlorid kislotaning xossalari. Xlorid kislota 
vodorod xloridning suvdagi eritmasidir. 


325 
Vodorod xlorid – rangsiz gaz bo‘lib, –114,2
O
C haroratda 
suyuqlanadi va –85
O
C haroratda qaynaydi. Vodorod xlorid suvda juda 
yaxshi eriydi va bunda anchagina miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. 
Vodorod xloridning suvda eruvchanligi haroratga bog‘liqdir. 760 mm 
sim.ust. bosimida 0
O
C haroratda 1 l suvda 525,5 l HCl (eritmadagi 
massa ulushi 46,15% HCl) eriydi. 
Vodorod xlorid suv bilan 760 mm sim.ust bosimida 20,24% HCl 
bo‘lgan azeotrop aralashma hosil qiladi va u 110
O
C haroratda qaynaydi. 
Sanoatda vodorod xlorid ham, xlorid kislota ham ko‘p ishlatiladi. 
Vodorod xlorid organik birikmalar: etilen (etil xlorid olish uchun), 
asetilen (vinil xlorid olishda), etilen oksid (etilen xlorgidrin) kabilarni 
gidroxlorlashda va boshqa organik xlorli birikmalar sintezida ko‘p 
miqdorda ishlatiladi. 
Xlorid kislota rux, bariy va boshqa noorganik tuzlar ishlab 
chiqarishda, rangli metallurgiyada, galvanotexnikada, monovinilasetilen 
(xlorpren 
olishda), 
asetilen 
(vinilxlorid 
olishda) 
kabilarni 
gidroxlorlashda, anilin 
bo‘yoqlari 
ishlab 
chiqarishda, 
kraxmal 
gidrolizida (spirt olishda) va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 
ishlatiladi. 
Quyidagi turlardagi texnik xlorid kislota ishlab chiqariladi: texnik 
xlorid kislota (1- va 2-nav), sintetik (texnik) xlorid kislota. Texnik xlorid 
kislota sifati tegishli DAST talablarida belgilab berilgan. DAST talabiga 
muvofiq, texnik xlorid kislotaning 1- va 2-navlari tarkibida 27,5% dan 
kam bo‘lmagan HCl, sintetik kislotada esa 31% dan kam bo‘lmagan HCl 
bo‘lishi belgilangan. 
Xlorid kislota 50 m
3
gacha hajmli ichki qismi niqoblangan po‘lat 
sisternalarda va 100 m
3
sig‘imli baklarda saqlanadi va tashiladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling