I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   131
Superfosfat ishlab chiqarish. Superfosfat sexiga: fosfatli xomashyo 
ombori va sulfat kislota saqlagich; fosfatni sulfat kislotali parchalash 
amalga oshiriladigan xizmat bo‘linmasi (xuddi shu yerda ajraladigan 
ftorli gazlarni yuttirish ham amalga oshiriladi); superfosfat ombori, u 
yerda mahsulotni bir qancha muddat yetiltiriladi va pishitilgan mahsulot 
hosil qilinadi. Uzluksiz usulda superfosfat ishlab chiqarish sxemasi 3.10-
rasmda tasvirlangan. 
3.10-rasm. Superfosfat ishlab chiqarish sxemasi: 
1-apatit konsentrati uchun transportyor; 2-bunker; 3-shnekli ta’minlagich; 4-cho‘michli elevator; 
5,9-shneklar; 6-ortiqcha apatit konsentrati uchun qaytuvchi shnek; 7-me’yorlashtirgich bunkeri; 
8-me’yorlashtirgich; 10-aralashtirgich; 11-o‘lchovli me’yorlashtirgichni tekshirish uchun nazorat 
tarozisi; 12-nazorat tarozisi uchun bunker; 13-sulfat kislota uchun rezervuar; 14-markazdan 
qochma kislotali nasos; 15-kislota uchun bak; 16-kislota aralashtirgich; 17-suv uchun bak;
18-minorali sulfat kislotani suyultirishda ajraladigan azot oksidlari uchun gaz ajratgich; 
19-kislota uchun konsentratomer; 20-tirqishli kislota sarflagich; 21-superfosfat kamerasi; 
22-frezer; 23-kamerali superfosfat transportyori; 24-superfosfatni omborga tashlagich. 


214 
Zavodga keltirilgan apatit konsentrati (yoki fosforit uni) temir yo‘l 
vagonlaridan 
tushiriladi 
va 
turli 
xil 
tashish moslamalari 
– 
elektromexanik kuraklar, lentali tashish moslamalari, shneklar, 
elevatorlar va boshqa pnevmatik moslamalar vositasida xomashyo 
ombori (silos) ga, undan esa sarflovchi bunkerga va so‘ngra 
me’yorlashtirish bunkeriga uzatiladi. Siloslardagi materiallarning bir-
biriga kirishib yopishib qolishini oldini olish maqsadida siloslar tagiga 
o‘rnatilgan yoriqli plitkalar orqali qisilgan havo berib turilgan holda 
aeratsiya yuzaga keltiriladi. Fosfatning me’yoriy berilishi o‘lchovli 
me’yorlashtirgich yordamida amalga oshiriladi. Elektromagnit 
tebratgichli 
va 
shnekli 
ta’minlagichli 
ikki 
bosqichli 
me’yorlashtirgichlardan foydalanish kam inersiyaga va yuqori aniqlikka 
ega bo‘lganligi uchun birmuncha afzaldir. Fosforit uni yuqori oquvchan 
xossaga egadir, shuning uchun uni me’yorlashtirish 40-45 sekunddagi 
kukun miqdorini o‘lchovchi elektron to‘g‘rilagich o‘rnatilgan miqdoriy 
tarozilarda amalga oshirish afzaldir. 
Sulfat kislota uluksiz ravishda suv bilan suyultiriladi; suyultirishni 
kislota zichligi bo‘yicha konsentratomer orqali nazorat qilinadi. So‘ngra 
sarflagich orqali apatit konsentrati bilan aralashtirishga oqib tushadi. 
Apatitni kislota bilan aralashtirish uchun uzluksiz ishlaydigan uch 
yoki to‘rt kamerali vertikal aralashtirgichlar qo‘llaniladi (3.11-rasm). 
Suspenziya (bo‘tqa) hajmi shiber (ishchi organi tekis shakldor plastinka) 
orqali tartibga solinadiki, bunda uning aralashtirilishi 5-7 min 
(Fosforitlar bilan ishlanganda esa – 2-3 min) davom ettirilishi 
ta’minlanadi. Suspenziya aralashtirgichdan superfosfat kamerasiga oqib 
tushadi (3.12- rasm). U po‘lat g‘ilofli va ichki qismi futirovka qilingan 
vertikal temir-betonli silindrik korpus 1 dan iborat. Kamera 16 rolikli 
tirgakka tayantirilgan, ular vositasida kamera ostidagi mustahkam 
salniklar orqali o‘tuvchi qo‘zg‘almaydigan cho‘yan quvur 2 atrofida 
aylanadi. Aylantirish reduktor 4 orqali elektromotor 3 yordamida amalga 
oshiriladi; 1-2 soat mobaynida kamera bir marta aylanadi (aylanish 
yo‘nalishi tasvirda strelka bilan ko‘rsatilgan). Kameraning temir-betonli 
qopqog‘i 5 qo‘zg‘almasdir, kamera va qopqoq orasida rezinali 
zichlashtirgich bor. Qopqoqqa vertikal holatda markaziy quvurga tegib 
turuvchi qo‘zg‘almas cho‘yanli to‘siq 6 mahkamlangan va u yuklash 
zonasini chiqarish zonasidan ajratib turadi. Shu to‘siq atrofida, chiqarish 
zonasi tomonida frezer 7 joylashgan. Bu tik o‘qda aylanuvchi po‘lat 
moslama («karusel») ga xromli cho‘yandan tayyorlangan pichoqli 


215 
qanotlar mahkamlangan. Frezer kamera qopqog‘iga osilgan holatda 
bo‘lib, kamera aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda 0,13-0,17 s
-1 
(8-10 
ayl/min) chastotada aylanadi. 
3.11-rasm. To‘rt kamerali aralashtirgich: 
1-kameralar; 2-aralashtirgichlar; 3-suspeziya yig‘gich quti; 4-kirish tuynugi; 5-qopqoq; 
6-cho‘yanli shiber; 7-shiberni ko‘tarish va tushirish uchun mexanik chig‘ir trosi. 
3.12-rasm. Uzluksiz ishlaydigan superfosfat kamerasi: 
1-kameraning silindrik korpusi; 2-markaziy quvur; 3-elektromotor; 4-reduktor; 5-kamera 
qopqog‘i; 6-to‘siq; 7-frezer; 8-suspeziya tushish joyi; 9-ekssentrik. 
Suspenziya aralashtirgichdan qopqoqdagi teshik 8 dan o‘tuvchi 
quvur orqali uzluksiz ravishda kameraga oqib tushadi. Kameraning 
aylanish jarayonida superfosfat massasi frezerga tomon yo‘nalishida 
qattiqlashib boradi va tayyor mahsulot frezerda qirib olinadi. Frezerning 
bir marta aylanishi natijasida 5-25 mm qalinlikdagi superfosfat qatlami 
qirib olinadi. Qirilgan superfosfat markaziy quvurga undagi yirik tirqish 


216 
orqali tushadi va undan esa mahsulotni omborga uzatuvchi transporterga 
tushadi. Qo‘zg‘olmas markaziy quvur bo‘yicha superfosfat massasining 
ishlqalanishi 
hisobiga 
yuzaga 
keladigan 
aylanish 
qarshiligini 
kamaytirish maqsadida kameraning yuklash zonasida markaziy 
quvurning tashqi devoriga yog‘ochli ekssentrik 9 joylashtirilgan. Uning 
vazifasi – yetiltirish jarayonida superfosfat massasining kengayishi 
uchun erkin hajm hosil qilishdir. Superfosfat massasining zichligi, 
dastlabki qotish jarayonida 1500 kg/m
3
ga teng va vaqt o‘tishi bilan 
kamayib, kameradan chiqarish paytida 1100 kg/m
3
ga teng bo‘ladi. 
Tarkibida karbonat tutgan fosforitlarni qayta ishlashda superfosfat 
massasi g‘ovak bo‘lganligi uchun uning kamera devoriga bosimi kam 
bo‘ladi, uning zichligi 800-900 kg/m
3
ni tashkil etadi. Reaksiyada 
ajraladigan gazlar kamera qopqog‘idagi teshikdan vetilyatsiya quvuriga 
va undan esa absorbsion sistemaga so‘riladi. 
Omborga uzatilgan superfosfat tashlab qo‘yilgan holatda ma’lum 
darajada sovutiladi. Bu maqsadda uncha katta bo‘lmagan (uzunligi 0,7-1 
m, diametri 0,6-0,8 m) tez aylanuvchi (aylanish chastotasi 17-24 s
-1
yoki 
1000-1450 ayl/min) gorizontal baraban qo‘llaniladi. Odatda ombor 
aralashtirgichlar va transportyor mexanizmlar bilan jihozlangan bo‘ladi. 
Ular yordamida maqsulot sovutiladi, vaqti-vaqti bilan aralashtirib 
turiladi, 
uning 
yetilishi 
tezlashtiriladi, 
ombordan 
chiqarilishi 
ta’minlanadi. 
Shularga qaramay, superfosfat omborda 2-3 hafta turib qoladi. 
Superfosfat ishlab chiqaruvchi yirik zavodlarda (1000-3000 t/sutka) 
katta hajmdagi omborlar talab etiladi. Buning natijasida ombordan 
chiqadigan katta hajmdagi havo tarkibidagi ftorli gazlarni tozalash kabi 
muhim ekologik muammolar kelib chiqadi. Shu maqsadda superfosfat 
ishlab chiqarishning omborli yetiltirish jarayonisiz amalga oshirish 
masalasi yuzaga keladi. Omborli yetiltirish jarayonisiz oddiy superfosfat 
olishning xuddi qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishdagi kabi kamera-
oqimli va oqimli usullari mavjuddir (bu usullarga keyinroq to‘xtalamiz). 
1 t kukunsimon superfosfat ishlab chiqarish uchun 0,53-0,55 t apatit 
konsentrati va 0,37-0,38 t sulfat kislota (100% li) talab etiladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling