I shamshidinov noorganik moddalar va
Minorali usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishning
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Minorali usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishning
texnologik sxemasi. Minorali usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishda sulfit angidridni qayta ishlashning barcha asosiy va oraliq jarayonlari to‘ldirgichli va sulfat kislota bilan sug‘oriladigan minoralarda sodir bo‘ladi. 1.41-rasmda minorali usulda sulfat kislota ishlab chiqarishning prinsipial sxemasi tasvirlangan. Issiq kuyundi gazi kiradigan birinchi minora minoralarni sug‘oruvchi kislotadan ajratib olish vazifasini bajaradi. Bu jarayon sulfat kislotaning denitratsiyasi, minora 1 esa 88 denitratsiyalash minorasi deb ataladi. Bu minoradan chiqadigan denitratsiyalangan kislotaning qariyib 1 / 3 qismi omborga tayyor mahsulot sifatida chiqariladi, qolgan qismi esa oxirgi minora 4 ga sug‘orish uchun uzatiladi. 1.41-rasm. Minorali tizimning texnologik sxemasi: 1-denitratsiyalovchi minora; 2-mahsulot minorasi; 3-oksidlovchi minora; 4-absorbsiya minorasi; 5-kislota sovutgichlari. Denitratsiya minorasi oz miqdordagi kislota bilan sug‘orilganligi uchun u kuchli qiziydi va azot oksidlarining ajralishi ta’minlanadi. Kislotaning denitratsiyasi bilan bir paytda minora 1 da sulfit angidrid sulfat kislotaga qisman absorbsiyalanadi va azot oksidlari bilan oksidlanadi. Sodir bo‘ladigan jarayonlar tavsifiga ko‘ra birinchi minorani sxematik tarzda uchta zonaga ajratish mumkin. Quyi zonada sulfat kislotaning gaz fazasiga suv bug‘i ajratib bug‘lanishi, o‘rta zonada nitrozaning suyulishi hisobiga undan azot oksidlarining ajralishi, yuqori zonada esa quyidan chiqadigan suv bug‘ining kondensatlanishi sodir bo‘ladi va shu tufayli kondensatlangan suv nitrozani suyultiradi hamda unda erigan SO 2 ni qisman oksidlaydi. Yuqorida bayon etilgan jarayonlarni zonalar bo‘yicha qat’iy bo‘lish mumkin emas, chunki ular bir-biri bilan qisman qo‘shilib ketadi. Bu jarayonlardan tashqari, birinchi minorada gazlardan shuningdek chang qoldiqlari tutib qolinadi, arsenit va selenit angidridlari yutiladi, sulfat kislota bug‘lari kondensatsiyalanadi, sulfat kislotali tuman hosil bo‘lishi sodir bo‘ladi va xokazo. Minorali tizimlarda tayyor mahsulot faqat denitratsiya minorasidan chiqarib olinadi, u yerda kuyundi gazidagi deyarli barcha qo‘shimchalar tutib qolinadi, shuning uchun minorali kislota mishyak, selen, kuyundi changi va boshqa qo‘shimchalar bilan ifloslangan bo‘ladi. 89 Ikkinchi minoraning asosiy vazifasi – sulfat kislota bilan kuyundi gazidan sulfit angidridni absorbsiyalash va SO 2 ni nitroza bilan oksidlashdir. Bu minorada sulfat kislotaning kattagina qismi (tizim mahsulotining 70-80% i) hosil bo‘ladi, shuning uchun uni mahsulot minorasi deyiladi. Kislota hosil bo‘lish jarayoni minora 2 ning butun balandligida sodir bo‘ladi, lekin sulfit angidridning asosiy miqdori oksidlanish jarayoni sodir bo‘lishi uchun qulay sharoit bo‘lgan uning quyi qismida oksidlanadi. SO 2 oksidlanishi natijasida nitrozadan ajraladigan azot oksidlarining bir qismi minoraning yuqori qismidan sug‘oriladigan nitrozaga yutiladi, ammo uning asosiy qismi gaz oqimi bilan oksidlash minorasi 3 ga keladi. U yerda NO va NO 2 ning shunday nisbatigacha oksidlanadiki, bunda hosil bo‘ladigan azot oksidlarining miqdori absorbsiya minorasida yutilishi uchun yetarli darajada bo‘lishi lozim. Minora 3 da NO gaz tarkibidagi kislorod bilan oksidlanadi. Bu minorada azot oksidlarining oksidlanishi minorani aylanib o‘tuvchi gaz o‘tkazgich quvur orqali bir qism oksidlanuvchi gazni o‘tkazish orqali boshqariladi (baypas). Oksidlash minorasidan chiqadigan gaz minora 4 ga keladi, u yerda minorani sug‘oruvchi sulfat kislotaga azot oksidlari yutiladi; bu minora absorbsiya yoki yuttirish minorasi deyiladi. Kuyundi gazini sovutishda va sulfat kislota hosil bo‘lishida ko‘p miqdordagi issiqlik ajraladi, shuning uchun denitratsiya va mahsulot minoralari sug‘oriladigan kislota qiziydi va ularni sug‘orishga berishdan oldin sovutiladi. Buning uchun sovutgichlar 5 o‘rnatilgan. Minorali kislota ishlab chiqarishda chiqindi gazlari, mahsulot kislotasi va boshqalar bilan bir qism azot oksidlari yo‘qotilishi mumkin. Uni o‘rnini to‘ldirish uchun mahsulot minorasi 2 ga nitrat kislotasi beriladi. Sulfat kislota hosil bo‘lishi uchun kerakli suv denitratsiya va mahsulot minoralari 1 va 2 ga kiritiladi. Kamerali usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemasi minorali usulga o‘xshaydi. Uning farqi shundaki, sulfit angidridni qayta ishlash va azot oksidlarini oksidlash bosqichlari kislotaning denitratsiyasidan so‘ng minoralarda emas, balki tahmonli qo‘rg‘oshinli kameralarda amalga oshiriladi. Azot oksidlarining absorbsiyasi ham xuddi minorali tizimlardagi kabi minoralarda o‘tkaziladi. Lekin kamerali va minorali jarayonlarning texnologik tartiblari turlichadir: kamerali jarayonning barcha bosqichlarida nisbatan 90 past konsentratsiyali kislota ishlatiladi, nitroza tarkibida esa oz miqdordagi azot oksidlari bo‘ladi va xokazo. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling