I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
UO‘K: 66.01(075)
KBK: 24.74 ISBN 978-9943-13-524-6 © «IQTISOD-MOLIYA», 2014 © Shamshidinov I.T., 2014 3 SO‘ZBOSHI «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro‘yobga chiqarishda ta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish, ularning fao- liyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish, ta’lim muas- sasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o‘quv- tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash ishlariga alohida urg‘u berilgan. Shu maqsadda barcha ta’lim muassasalarida zamonaviy usul, texnika va texnologiya yangiliklarini e’tiborga olgan holda darsliklar va o‘quv qo‘l- lanmalari tayyorlashga kirishildi. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqi- ning buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar ongiga singdirishda, ta’lim- tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqazo etadi. Bundagi vazifalardan biri o‘quv dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini teran aks ettirish hisoblanadi. Qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda za- monaviy texnika va texnologiyalarni ishlatish hamda yosh avlodga mil- liy istiqlol g‘oyasini yetkazish uchun jahon standartlari darajasidagi fan va texnika hamda ilg‘or tajriba va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan boxabar bo‘lgan, raqobatbardosh, o‘z sohasining mukam- mal kadrlarini tayyorlashda 3522400 – Kimyoviy texnologiya tayyorlov yo‘nalishi «Ixtisoslik fanlari» blokining asosiy fanlaridan biri bo‘lgan «Noorganik moddalar va mineral o‘g‘itlar texnologiyasi» fanini chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Shundan kelib chiqqan holda mazkur darslik kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan «Noorganik moddalar va mineral o‘g‘itlar texnologiyasi» fanining amaldagi dasturi asosida yozildi. Darslik 5 bobdan iborat bo‘lib, tegishli yo‘nalishning o‘quv rejasi va amaldagi dasturlari asosida yozilgan. Unda sulfat kislota, azot birik- malari, mineral o‘g‘itlar, soda mahsulotlari va xlorid kislota ishlab chi- qarish texnologiyalari bayon etilgan. Darslikdagi materiallar Respubli- kamizning noorganik moddalar va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish 4 sanoati korxonalarining istiqbolli yo‘nalishlarini hisobga olgan holda yoritilgan bo‘lib, unda noorganik moddalar va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish usullarining Respublikamizda, Mustaqil Davlatlar Ham- do‘stligi mamlakatlarida va chet ellarda qo‘llanilayotgan texnologiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Har bir bob oxirida mav- zularga tegishli bo‘lgan nazorat uchun savollar keltirilgan. 5 KIRISH Insonlar qadim zamonlardanoq ayrim tabiatda keng tarqalgan tuzlardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishni bilishgan. Keyinchalik tabiatdagi tabiiy tuz va minerallarni qayta ishlash natijasida olinadigan tuzlarni ishlatish muntazam yo‘lga qo‘yila boshlandi. Bunday qayta ishlash usullari dastlab juda ham sodda bo‘lgan bo‘lsa, sekin-asta texnika madaniyatining o‘sishi bilan rivojlana bordi. Turli maqsadlar uchun ishlatiladigan tuzlar assortimenti muntazam kengayib bordi va ayniqsa sanoat rivojlangan davrda yanada ortdi. Hozirgi paytda bu assortimentga yuzdan ortiq nomdagi mahsulotlar kiradi va ko‘payishi davom etmoqda. Barcha noorganik moddalar ham xalq xo‘jaligida bir xil ahamiyatga ega emas. Ulardan ayrimlari anchagina cheklangan miqdorda ishlatilsa, qolganlarining dunyo bo‘yicha qazib olinishi va ishlab chiqarilishi yiliga millionlab va xattoki o‘n millionlab tonnani tashkil etadi. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligini mineral xomashyoga bo‘lgan talabini amalda to‘la ta’minlanishga imkoniyati bo‘lgan qudratli xomashyo bazasiga egadir. O‘zbekiston hududida tabiiy gaz, neft, ko‘mir, oltingugurt, rangli metallar rudali va boshqa xomashyolar bo‘lganligi uchun mamlakatimizda yirik kimyo sanoatlari mavjud. Prezidentimiz I.A.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asarida ko‘rsatib o‘tilganidek: «O‘zbekiston o‘z yerosti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi – bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan … Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatdan MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinni egallaydi … Ishlab chiqarish va sotsial infrastruktura, malakali kadrlar, tog‘-kon mutaxassislari tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tizimi mavjud. Ushbu kitobda respublikadagi barcha mineral- xomashyo zaxiralarini baholashga imkon yo‘q …». 6 Hozirgi paytda Respublikamizdagi «Maksam-Chirchiq» OAJda ammiakli selitra, karbamid, KAS, ammiak, nitrat kislota, kaliy sulfat va boshqalar, «Farg‘onaazot» OAJda ammiakli selitra, karbamid, KAS, NPK, ammiak, nitrat kislota, va boshqalar, «Ammofos-Maksam » OAJda ammofos, superfos va boshqalar, «Samarqandkimyo» OAJda nitrofos va boshqalar, «Qo‘qon superfosfat zavodi» OAJda ammoniylashgan oddiy superfosfat, Navoiy «Elektrokimyosanoat» YOAJda oddiy superfosfat, «Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi» korxonasida kaliy xlorid mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling