I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Sulfat kislota navlari. Sanoatda bir necha navdagi sulfat kislota 
ishlab chiqariladi. Ular tarkibidagi H
2
SO
4
yoki SO
3
(erkin) miqdorlari
shuningdek qo‘shimchalarning tarkibi va miqdori bilan bir-biridan 
farqlanadi. Nitrozali usulda tarkibida taxminan 75% H
2
SO
4
bo‘lgan 
nisbatan past konsentratsiyali minora kislotasi olinadi. Kontaktli usul 
bo‘yicha esa amalda har qanday konsentratsiyadagi sulfat kislota olinishi 
mumkin. Chunki kontakt jarayonida hosil bo‘ladigan sulfat angidridga 
har qanday miqdordagi suv qo‘shilishi mumkin. 
Qo‘shimchalarning tarkibi va miqdori sulfat kislota ishlab chiqarish 
usuliga bog‘liqdir. Masalan, minorali sulfat kislotasi ishlab chiqarishda 
unga kuyundi gazi tarkibidagi, xattoki uni quruq elektrofiltrlarda 
tozalangandan keyin ham qoladigan changning bir qismi aralashgan 
bo‘ladi. Bundan tashqari, minorali kislota tarkibida erigan azot oksidlari 
ham bo‘ladi. Shuningdek, sulfat kislota, H
2
SO
4
eritmasida jihozlarning 
korroziyalanishidan hosil bo‘ladigan mahsulotlar bilan ham birmuncha 


14 
ifloslanadi. Agarda kislotani konsentrlash jarayoni amalga oshirilsa
unga o‘choq gazlari tarkibidagi qo‘shimchalar ham aralashishi natijasida 
ifloslanadi. 
Kimyo sanoatida kontakt usulida olingan A va B navlardagi 
mahsulotlar tarkibida 92,5-94%, texnik mahsulotda esa 92,5% H
2
SO
4
bo‘ladi. Nitrozali (minorali) usulda olingan mahsulotda 91% H
2
SO
4

akkumulyator kislotasi sifatida ishlab chiqariladigan mahsulotning A va 
B navlarda 92-94% H
2
SO
4
bo‘ladi. Kimyoviy toza (k.t.), analiz uchun 
toza (a.u.t.) hamda toza (t) markali mahsulotlar 93,5-95,6% H
2
SO
4
konsentratsiyada ishlab chiqariladi. Yuqori sifatli oleum tarkibida 24%, 
texnik oleum tarkibida esa 18,5% SO
3
(erkin) bo‘ladi. 
Odatda texnik sulfat kislota uning ishlab chiqarilish, saqlanish va 
tashish jarayonlarida organik moddalarning parchalanishi oqibatida qora 
tusga kiradi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling