I shamshidinov noorganik moddalar va
-§. Sulfit angidrid olish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
2-§. Sulfit angidrid olish
Oltingugurtli xomashyolarni kuydirishning fizik-kimyoviy asoslari. Oltingugurtli xomashyolarning yonish reaksiyalari. Tarkibida sulfit angidrid tutgan gazli aralashmalar texnikada sulfitli gazlar deyiladi. Sulfitli gazlar komponentlari (SO 2 , O 2 , N 2 va x.o) ning konsentratsiyasi boshlang‘ich xomashyolar turi va ularning kuydirilish usuliga qarab turlicha bo‘ladi. Kolchedanning kuydirilish jarayoni bir necha bosqichli reaksiyalar bilan amalga oshadi. Dastlab temir disulfid FeS 2 ning termik parchalanishi natijasida temir sulfid va oltingugurt bug‘lari hosil bo‘ladi: 2FeS 2 2FeS + S 2 – 103,9 kj Oltingugurtning ajralishi 500 O C haroratdan boshlanadi va haroratning oshirilishi natijasida tezlashadi. Oltingugurt bug‘lari oltingugurt dioksid hosil qilish bilan yonadi, xuddi shunday jarayon elementar oltingugurt yonganda ham kuzatiladi: 28 S(bug‘) + O 2 (gaz) = SO 2 (gaz) + 362,4 kj Temir sulfid FeS ham yonadi, ammo bu jarayonning aniq mexanizmi belgilab berilmagan va hozirda bir necha oraliq reaksiyalar yo‘nalishlari aytib o‘tilgan. Ulardan birida FeS oksidlanishining birinchi bosqichida temir sulfatlari hosil bo‘lishi va so‘ngra ular temir oksidlarigacha parchalanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, boshqasida esa FeS to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir oksidlariga aylanishi aytilgan. Umumiy holda kolchedanning yonish jarayoni temir(III)-oksidi Fe 2 O 3 yoki temir kuyundisi Fe 3 O 4 hosil bo‘lishi bilan kechadi: 4FeS 2 + 11O 2 = 2Fe 2 O 3 + 8SO 2 + 3415,7 kj yoki 3FeS 2 + 8O 2 = Fe 3 O 4 + 6SO 2 + 2438,2 kj Yuqori harorat, gaz tarkibidagi sulfit angidrid miqdorining ko‘p bo‘lishi va yonmagan kolchedan miqdorining nisbatan katta bo‘lishi Fe 3 O 4 hosil bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratadi. Yonish jarayonida kolchedan tarkibidagi qo‘rg‘oshin, magniy, kalsiy, bariy sulfatlari parchalanmaydi. Kuydirish jarayonida metallar karbonatlari parchalanishi natijasida karbonat angidrid ajralib chiqadi va tegishli metallarning oksidlari hosil bo‘ladi, so‘ngra ular sulfatlarga aylanadi. Ko‘mirli kolchedan kuydirilganda oltingugurt bilan birgalikda uglerod ham yonadi: C + O 2 = CO 2 + 409,8 kj Bunda kuyundi gazi tarkibidagi kislorod miqdori kamayadi, bu esa sulfit angidridning keyingi bosqichdagi katalitik oksidlanish tezligini pasaytiradi. Kolchedanning kuyundi bilan oksidlanishi natijasida (jarayon 800 O C haroratda amalga oshiriladi) yuqori konsentratsiyali sulfit angidrid gazi olinadi: FeS 2 + 16Fe 2 O 3 = 11Fe 3 O 4 + 2SO 2 – 450,8 kj Hosil bo‘lgan temir kuyundisi havo kislorodi bilan 900 O C haroratda oksidlanadi va yana jarayonga qaytariladi: 11Fe 3 O 4 + 2,75O 2 = 16,5Fe 2 O 3 + 1279,2 kj Bu reaksiyalarning issiqlik effektlari yig‘indisi musbat bo‘lib, 828,4 kj ga teng, bu esa bunday usulda sulfit angidrid olishning avtotermik jarayon bo‘lishligini ta’minlaydi. Rux aldamasi kuydirilganda quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi: 2ZnS + 3O 2 = 2ZnO + 2SO 2 + 943,6 kj 29 Vodorod sulfid yoqilganda esa sulfit angidrid bilan birgalikda suv bug‘i ham hosil bo‘ladi: 2H 2 S + 3O 2 = 2SO 2 + 2H 2 O + 1038,7 kj Gips CaSO 4 ∙2H 2 O qizdirilganda dastlab kristallizatsiya suvi ajraladi, so‘ngra kalsiy sulfat (angidrit) parchalanadi: CaSO 4 = CaO + SO 2 + ½O 2 – 489,6 kj Uning to‘la parchalanishi 1400-1500 O C haroratda amalga oshadi. Parchalanish haroratini pasaytirish uchun ko‘mir qo‘shish kerak. Bunda quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi: 2CaSO 4 + C = 2CaO + 2SO 2 + CO 2 – 566,2 kj CaSO 4 ning parchalanish haroratini pasaytirish uchun shixtaga kremnezem, aluminiy va temir oksidlari qo‘shish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling