I shamshidinov noorganik moddalar va


Kolchedanni kuydirish pechlari


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   131
Kolchedanni kuydirish pechlari. Taxmonli mexanik pech. Kolche-
danni kuydirish uchun xilma-xil pechlar ishlatiladi. Mexanik (taxmonli) 
pechlarda maydalangan kolchedan bir necha taxmonlarda joylashtiriladi 
va uni eshkakchalari bilan bir taxmondan ikkinchisiga surish orqali 
aralashtirilgan holda yondiriladi. Chang holatida kuydirish pechlarida 
kolchedan zarralari kamera taxmonlaridan tushish vaqtida yonadi. 
Qaynovchi qatlamda kuydirish pechlarida pastki tomondan kiradigan 
havo bilan kolchedanning muallaq holatda ushlab turilishi ta’minlanadi 
va intensiv aralashtirish orqali yondiriladi. Siklonli pechlarda kolchedan 
qaynoq havo bilan birgalikda katta tezlik bilan aylanma harakati orqali 
kuydiriladi. Kuyundi maxsus tirqish orqali chiqarib olinadi. 
Mexanik pechlar ichida Voskresensk kimyo zavodi (VKZ) ning bir 
necha tokchalaridan iborat taxmonli pechi keng tarqalgandir. 1.5-rasmda 
tasvirlangan pech sakkizta tokchaga egadir. Uning yettita tokchasida (I-
VII) kolchedanning kuyishi amalga oshadi (ishchi tokchalar), uning bitta 
tokchasida kolchedan quriydi (quritish tokchasi). Tokchalarning 
umumiy ishchi yuzasi 140 m
2
ni tashkil etadi. 
VKZ pechi balandligi 8 m va diametri 5 m li po‘lat silindrdan 
iborat. Pechning ichki tomoni o‘tga chidamli g‘ishtdan ishlangan 
(futerovka qilingan). Pechning ichki qismida o‘tga chidamli g‘ishtdan 
ishlangan 8 ta olovdon bor. Pech markazi orqali ichi bo‘sh val 1 o‘tgan 
bo‘lib, unga har bir taxmon tepasida turuvchi ikki tomonga yo‘nalgan 
siljitish tishlari 6 bo‘lgan eshkakli taroqlar 5 mahkamlangan bo‘ladi. 
Pech bunkeri 3 orqali kolchedan quritish (birinchi) tokchasiga kelib 
tushadi va aylanuvchi eshkakli taroqning siljitish tishlari orqali pech 


30 
markazi tomon siljiydi. Pech valining yaqiniga joylashgan ta’minlagich 
2 orqali kolchedan birinchi ishchi tokchaga sepiladi, u yerdagi eshkakli 
taroqlar yordamida kolchedan markazdan pechning ichki devori tomon 
harakatlanadi va mahsus tirqish orqali ikkinchi ishchi tokchaga tushadi. 
U yerda kolchedan pech markazi tomon harakatlanadi, undan val 
yaqinidagi halqali teshik orqali uchinchi ishchi tokchaga tushadi va 
xokazo. Oxirgi (pastki) tokchadan kuyundi tirqish 13 orqali 
transportyorga tushadi va u orqali chiqindixonaga chiqarib tashlanadi. 
Kolchedanning yonishi uchun talab etiladigan havo pech niqobi orqali 
kiradigan va pastki oxirgi tokchaning ustki qismida joylashgan 
tirqishdan beriladi. 
1.5-rasm. Kolchedan kuydiriladigan VKZ mexanik pechi: 
1-pech vali; 2-ta’minlagich; 3-bunker; 4-pech niqobi; 5-eshkakchalar; 6-siljitgich tishlari; 
7-eshikchalar; 8-tishli katta g‘ildirak; 9-ostki tayanch; 10-tishli kichik g‘ildirak; 11-uzatgich vali; 
12-reduktor; 13-maxsus chiqarish tirqishi. 
Har bir ishchi tokchalarda to‘rttadan eshikchalar 7 bo‘lib, ularning 
har birida kuyish jarayonini ishchi tokchalar holatini kuzatish uchun 


31 
qopqoq bilan yopib qo‘yiladigan maxsus tirqishlar mavjud. Ichki qismi 
bo‘sh val – reduktor 12 ning aylanishidan uzatgich val 11 orqali 
keladigan harakat orqali aylanadi. Bunda uzatgich valdagi tishli kichik 
g‘ildirak 10 aylanma harakatni pech valining pastki qismiga 
mahkalangan tishli katta g‘ildirak 8 ga uzatadi. 
Sutkasiga pech tokchasining 1 m
3
yuzasida kuydiriladigan 
xomashyo miqdori (tarkibida 45% S bo‘lgan quruq shartli kolchedan 
hisobida) mexanik pechning jadalligini ifodalaydi. VKZ pechlarida 32-
35 t/sutka shartli kolchedan kuydiriladi, bu 225-250 kg/m
2
jadallikka 
to‘g‘ri keladi. Bunday jadallikda ishlaydigan pech kuyundisida 2% 
atrofida oltingugurt bo‘ladi, kuyundi gazdagi SO
2
konsentratsiyasi 9-
10% ni tashkil etadi. 
Mexanik 
pechlarning 
normal 
ishlashidagi 
asosiy 
shartlar 
quyidagilardan iboratdir: 
1. Kerakli miqdordagi havoni pechga kirishini ta’minlash uchun 
yetarlicha so‘rilishning ta’minlanishi; 
2. Pechning kolchedan bilan bir xilda ta’minlanishi; 
3. Val va eshkakchalarning jadallik bilan sovutilishi; 
4. Kolchedan dashqollari bilan berkilib qolgan pech tokchalaridagi 
tirqishlarni muntazam suratda tozalab turilishi; 
5. Pechdan kuyundini va gaz o‘tish yo‘llaridan changni sistematik 
ravishda yo‘qotib turilishi. 
VKZ pechlari ancha murakkab tuzilganligi uchun ulardan 
foydalanish ancha qimmatga tushadi. Shuning uchun hozirgi paytda 
ko‘proq boshqa pechlar qo‘llanilmoqda. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling