I shamshidinov noorganik moddalar va
Oltingugurtni yoqish pechlari
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Oltingugurtni yoqish pechlari. Sulfat kislota va sellyuloza-qog‘oz
ishlab chiqarish sanoatlarida oltingugurtni yoqish uchun har xil tuzilishdagi pechlar ishlatiladi. To‘zg‘itilgan holatda oltingugurtni yoqish uchun pechlar nisbatan takomillashgan va unumdordir. Bunday pechlarda ishlash oson boshqariladi, bir xil konsentratsiyali sulfitli gaz olinadi. 40 To‘zg‘itilgan holatda oltingugurtni yoqish uchun pech (1.11-rasm) o‘tga chidamli g‘ishtlar 2 bilan niqoblangan gorizontal (diametri 3,4 m, uzunligi 10,5 m bo‘lgan) po‘lat silindr 1 ko‘rinishida bo‘ladi. Suyuqlantirilgan oltingugurt pechda joylashtirilgan ikkita forsunkalar 5 orqali beriladi. Oltingugurtning yonishi uchun kerakli havoning asosiy qismi chig‘anoq 6 orqali beriladi, qo‘shimcha (ikkilamchi) havo esa pech silindrining devoridagi tirqish orqali kiritiladi. Yonish mahsulotlarining ikkilamchi havo bilan yaxshi aralashishi uchun pechning ichki qismida ikkita to‘siqlar 4 bo‘ladi. Pechni toblash oltingugurt uchun forsunkalar ostidagi neftli yoki gazli forsunka 7 yordamida amalga oshiriladi. Yuqori haroratdagi pechda oltingugurt to‘la yonadi, bunda yonayotgan oltingugurt mash’alasi hosil bo‘ladi. Oltingugurt bug‘ining yonishi pechning butun hajmida sodir bo‘ladi va to‘siqlar 4 hosil qilgan kamerada tugallanadi, u yerga ham qo‘shimcha havo beriladi. 1.11-rasm. To‘zg‘itilgan holatda oltingugurtni yoqish uchun pech sxemasi: 1-po‘lat silindr; 2-niqob; 3-asbest; 4-to‘siqlar; 5-oltingugurt to‘zg‘itish forsunkalari; 6-pechga havo purkash uchun chig‘anoq; 7-yoqilg‘i to‘zg‘itish forsunkasi. Oltingugurtni oldindan suyuqlantirish suyuqlantirgichda amalga oshiriladi. Suyuqlantirgich – po‘latdan tayyorlangan to‘g‘ri to‘rtburchakli yashik shaklida bo‘lib, ichki qismiga bug‘li issiqlik almashtirgich quvur (zmeevik) lar joylashtiriladi, ularga 5-7 bar (5-7 atm) bosim ostida bug‘ beriladi. Suyuqlantirilgan oltingugurtni to‘zg‘itish yuqori bosimli mexanik forsunkalarda [ularga suyuqlantirilgan oltingugurt 12 bar (qariyib 12 atm) bosim ostida beriladi] va past bosimli forsunkalarda [ularda suyuqlantirilgan oltingugurtni to‘zg‘itish qisilgan havo bilan (bosim 6 bar)] amalga oshiriladi. Sulfat kislota ishlab chiqarishda ishlatiladigan oltingugurt yetarlicha toza bo‘lishi lozim, chunki ifloslantiruvchi qo‘shimchalar 41 suyuqlantirgichning issiqlik uzatish quvurlarining sirtiga yopishib qoladi, bu esa issiqlik almashinishini yomonlashtiradi; bundan tashqari, forsunkalar ifloslanishi natijasida tiqilib qolishi mumkin. Shuni ham hisobga olish lozimki, pechda oltingugurt yoqilganda hosil bo‘ladigan barcha qattiq qo‘shimchalar (kul) amalda kuyundi gazining tarkibiga chang tarzida o‘tadi. Oltingugurt tarkibida 0,05% kul (z) bo‘lganda va oltingugurtdan foydalanish darajasi k = 95% ni tashkil etganda 1 t sulfat kislota ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan chang miqdori q quyidagiga teng bo‘ladi: kg kM zA q k S 172 , 0 08 , 98 95 , 0 100 06 , 32 05 , 0 1000 100 1000 bu yerda: A S – oltingugurtning atom massasi; M k – sulfat kislotaning molekulyar massasi. 1 t sulfat kislota olishda kontaktlanishga yuboriladigan gazdagi SO 2 miqdori 8% bo‘lgandagi normal sharoitga keltirilgan gaz hajmi 3000 m 3 ni tashkil etadi. Shunday qilib, gazdagi chang miqdori: 3 / 057 , 0 3000 172 . 0 1000 3000 1000 m g q m ga teng bo‘ladi. Oltingugurtdan sulfat kislota olishning qisqa sxema bo‘yicha deb ataladigan ishlab chiqarish usulida gazdagi changning bunday miqdorda bo‘lishi qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin, vaholanki, keltirilgan jarayonda gaz tozalanmasdan kontakt jihoziga berilishi kerak. Suyuqlantirilgan oltingugurtdan qattiq va organik qo‘shimchalar uni tindirish yo‘li bilan ajratiladi, so‘ngra pechga berishdan oldin suyuqlanma filtrlanadi. Filtrlashdan oldin suyuqlanmaga to‘rda filtrlovchi qatlam hosil qiluvchi (1 t oltingugurtga 0,3-0,5 kg miqdorida) diatomit qo‘shiladi. Ayrim hollarda oltingugurtga uni tarkibidagi kislotali qo‘shimchalarni neytrallash va korroziyani oldini olish maqsadida ohak (1 t oltingugurtga 0,15 kg) qo‘shiladi. AQSHdagi zavodlarda, ayrim hollarda, oltingugurtni qattiq qo‘shimchalardan tozalash emas, balki uning yoqilishidan hosil qilinadigan gazni pemza yoki boshqa g‘ovak moddalar to‘ldirilgan gaz filtrlaridan o‘tkazish iqtisodiy samaraliroq deb hisoblashadi. Oltingugurt, shuningdek to‘ldirgichli silindrik vertikal, qaynovchi qatlamli va boshqa xildagi pechlarda ham yondiriladi. 42 Vertikal pechga suyuqlantirilgan oltingugurt yuqoridan to‘ldirgich- ga beriladi, u orqali suyuq oltingugurt oqib tushadi, bug‘lanadi va xuddi shunday pechning yuqori qismidan beriladigan havo oqimida yonadi. Oltingugurt yondirish uchun qaynovchi qatlamli pech xuddi kolchedanni kuydirishdagi qaynovchi qatlamli pech singari qurilmadir. Qaynovchi qatlam pechga maxus solingan yirik qum zarrachalaridan hosil qilinadi. Pechga qatiq oltingugurt beriladi, shuning uchun suyuqlantirgich, suyuq oltingugurtni uzatish nasoslari, oltingugurtni suyuqlantirish uchun bug‘ xarajatlari va boshqalarning keragi bo‘lmaydi. Oltingugurtni yondirish uchun pech bo‘linmasini ishlatish harajatlari kolchedanni kuydirishdagiga nisbatan arzondir, chunki amalda kuyundini yo‘qotishga sarflanadigan harajatlar kerak bo‘lmaydi, shu tufayli oltingugurtli pechlar yetarlicha soddadir. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling