I shamshidinov noorganik moddalar va


Pechlarga kolchedanni tashlash va kuyundini yo‘qotish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   131
 
Pechlarga kolchedanni tashlash va kuyundini yo‘qotish. Pech-
ning tuzilishi va quvvatiga bog‘liq holda pech bo‘linmasida kolchedanni 
pechga berilishi turlicha amalga oshiriladi. Odatda yetarlicha hajmga 
ega bo‘lgan bir necha bunker o‘rnatiladi, ularga kolchedan ombordan 
yoki maydalash bo‘linmasidan zanjirli yoki lentali elementli lentali 
transportyorlar yordamida keladi. Kolchedan bunkerdan o‘lchovli 
vagonchalarda o‘lchangan holda pechga to‘kiladi. Vagonchalar 
monorelsli izlar bo‘yicha qo‘lda yoki elektrik yuk tortiuvchi moslama 
(tyaga) lar yordamida 60-75 m/min tezlikda harakatlantiriladi. Yirik 
zavodlarda vagonchalar hajmi 3,5 m
3
ga yetadi. Kolchedan vagoncha-


37 
lardan birin-ketin har bir pechning bunkerlariga ag‘dariladi. 
Vagonchalardan kolchedanni tushirish avtomatlashgan holda amalga 
oshiriladi. 
Kolchedan bunkerdan taxmonli mexanik pechlarning yuqoridagi 
quritish tokchasiga beriladi, bu jarayon quritish tokchasi eshkakchalariga 
mahkamlangan metall pichoq yordamida boshqariladi. 
Sulfat kislota zavodlarida pechdan kuyundini yo‘qotish mehnattalab 
va og‘ir ish hisoblanadi hamda kuyundi yuqori haroratga ega bo‘ladi va 
pechdan chiqayotgan kuyundidagi oltingugurt qoldiqlarining yonishi 
davom etayotganligi uchun muntazam ravishda sulfit angidrid ajralib 
chiqib turadi. 
Mexanik usulda yo‘qotish va yetarlicha germetiklikka ega bo‘lgan 
kuyundini sovutishning turli xildagi tizimlari ishlatilmoqda. 
1.9-rasmda sovituvchi shneklar yordamida VKZ pechlaridan 
kuyundini yo‘qotish sxemasi tasvirlangan. Pech tirqishlari 1 dan 
kuyundi shnek-so‘ndirgich 2 ga sepiladi, u yerga sovituvchi suv 
purkaladi. Suvning berilishi shunday boshqariladiki, bunda kuyundi 70-
80
O
C haroratgacha soviydi. Sovitilgan kuyundi bir necha shneklardan 
uzunasiga ishlaydigan shneklar 3 ga tushadi va undan kuyundi 
aralashtirgich bunker 6 ning transportyor lentasi 5 to‘g‘rilagichi 4 ga 
to‘kiladi. U yerdan kuyundini qayta ishlashga jo‘natish uchun 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
temir 
yo‘l 
vagonlariga 
yoki 
tashuvchi 
avtomashinalarga uzatiladi yoxud chiqindixonaga yuboriladi. 
1.9-rasm. Shneklar yordamida kuyundini yo‘qotish sxemasi: 
1-pechlar; 2-shnek-so‘ndirgich; 3-uzunasiga ishlaydigan shneklar; 
4-to‘g‘rilagich; 5-lentali transportyor; 6-bunker. 


38 
Sovutgichli shneklarning muhim ustunligi ularning soddaligida, 
ixchamligida, ishlashdagi mustahkamligi, jihozning to‘la germetikligida 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Ularning kamchiligi shundaki, shnek-
so‘ndirgichda ko‘p miqdordagi suv bug‘lanadi va hosil bo‘ladigan suv 
bug‘i pechning kuyundi chiqarish tirqishidan kiradi va so‘ngra kuyundi 
gazi tarkibiga o‘tadi. Nitrozali usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishda 
kuyundi gazi tarkibidagi suv bug‘ining ko‘p bo‘lishi texnologik 
jarayonga ta’sir ko‘rsatmaydi. Kontaktli jarayonda esa bu maqbul emas, 
chunki birinchi yuvish minorasidagi kislota konsentratsiyasini 
kamayishiga olib keladi. 
1.10-rasmda kuyundini yo‘qotish uchun sovutgich-quvurli tashuvchi 
qurilma sxemasi tasvirlangan. Kuyundi pech tirqishi 1 dan bo‘shatish 
qutilari 2 ga sepiladi, undan davriy ravishda botirib oladigan maxsus 
cho‘michlar yordamida maxsus roliklarda aylanadigan va kichik 
qiyalikda o‘rnatilgan 250-500 mm diametrli quvur 3 ga beriladi. Shu 
hisobiga kuyundi quvurda bunker 5 ga uzatadigan elevator 4 tomonga 
harakatlanadi. Tashuvchi quvurning ustki sirti suv bilan sovutiladi, 
shuning uchun kuyundi quvurda 120-140
O
C haroratgacha soviydi. 
1.10-rasm. Sovutgich-quvurli tashuvchi qurilma bilan kuyundini 
yo‘qotish sxemasi: 
1-pechlar; 2-bo‘shatish qutilari; 3-sovutgich-quvurli tashuvchi moslama; 4-elevator; 5-bunker 
Sovutgich-quvurli tashuvchi moslama ishlatishga mustahkam 
bo‘lib, uni pech yaqiniga past taglik betonga o‘rnatish mumkin. Bunday 
quvurlarning kamchiligi shundan iboratki, quvur alohida qismlarining 
aylanish o‘qi aniq bir-biriga mos kelishi lozim, aks holda tashuvchi 
quvur tezda ishdan chiqadi. 


39 
Kuyundini mexanik yo‘qotish uni 70-100
O
C haroratgacha sovutish 
orqali shuningdek sovutgich-barabanli tashish moslamasida ham amalga 
oshiriladi. Baraban po‘latdan yasalgan (diametri 1 m, uzunligi 12 m 
bo‘lgan) aylanuvchi silindrdan iborat bo‘lib, ichki qismidagi vintli 
to‘ldirgich orqali kuyundini harakatlantiradi. Barabanning tashqi qism 
suv bmlan sovutiladi. 
Oxirgi yillarda gidravlik va pnevmatik usullarda kuyindini 
yo‘qotishga katta qiziqish uyg‘onmoqda. Bu usullar arzonligi va to‘la 
mexanizatsiyalanish mumkinligi bilan ajralib turadi. Gidravlik usul 
bo‘yicha kuyundi ko‘p miqdordagi suv bilan aralashtiriladi, so‘ngra 
hosil bo‘lgan bo‘tqa nasoslar yordamida tindirgich havzaga quvurlar 
orqali yuboriladi. Tindirilgan suv suv havzasiga oqib tushadi. 60 ming 
t/yil quvvatda ishlaydigan sulfat kislotasi zavodining 1 t kuyundisini 
yo‘qotish uchun suv sarfi 8-10 m
3
ni, elektroenergiya sarfi 10 kvt∙soatni 
tashkil qiladi. Bu usulda kuyundini yo‘qotish keng tarqalmagan, chunki 
tindirilgan suv tarkibida oz bo‘lsada kislota, temir va mis kuporoslari 
bo‘ladi, ular suv havzalarini ifloslantiradi; suvni neytrallash esa katta 
sarf-harajatlar talab etadi. Lekin gidravlik usulda kuyundini yo‘qotishni 
takomillashtirilishi orqali undan kelajakda keng miqyosda foydalanilishi 
mumkin. 
Pnevmatik usulda kuyundini yo‘qotish usuli shundan iboratki, 
bunda soplodan chiqadigan qisilgan havo oqimi orqali bosimlar farqi 
yuzaga keltiriladi va buning natijasida bunkerdan kuyundi purkab 
chiqariladi. Bunda hosil bo‘ladigan havodagi muallaq kuyundi 
zarrachalari pnevmotransportlar bilan quvurlar bo‘yicha chiqindixonaga 
yoki iste’molchiga yuborish uchun bunkerga uzatiladi. 
Pnevmatik tashishda aerozoldagi 1 kg havoga 10-25 kg chiqindi 
to‘g‘ri kelishi kerak; aerozolning harakatlanish tezligi 30 m/sek ni 
tashkil etishi kerak. Havoning dastlabki bosimi tizimning qarshiligiga 
bog‘liqdir; 200-250 m uzunlikdagi quvur uchun u o‘rtacha 2-3 atm ni 
tashkil etadi. 1 t kuyundini yo‘qotish uchun elektroenergiya sarfi 12-18 
kvt∙soatga yetadi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling