I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   131
Aglomeratsiya gazlari. Qora metallurgiyaning yirik korxonalarida 
temir rudasi domna pechiga berilishdan oldin maxsus fabrikalarda 
aglomeratsiyalanadi (ruda shixtalarini metallurgik xossalarini yaxshilash 
uchun havo purkash orqali ularni yiriklashtirishning termik usuli amalga 
oshiriladi). Bunda ruda tarkibidagi oltingugurt oksidlanib sulfit 
angidridga aylanadi va aglomeratsiya gazlari tarkibiga o‘tadi. Temir 
rudasida oltingugurt miqdori ko‘p bo‘lganda aglomeratsiya gazi 
tarkibida 0,5-1,5% gacha SO
2
bo‘ladi. Ayrim yirik aglomeratsiya 
fabrikalarida atmosferaga chiqarib yuboriladigan gazlar 5 mln m
3
/s dan 
ortadi, ular bilan chiqib ketadigan oltingugurt miqdori yiliga bir necha 
yuz ming tonnani tashkil qiladi. Bunday gazlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
atmosferaga chiqarib yuborish ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan 
katta zararga olib keladi. 
Qora metallurgiyaning aglomeratsiya gazlarini ulardagi SO
2
ni turli 
xil yuttiriuvchi materiallar yordamida ushlab qolish va so‘ngra undan 
konsentrlangan sulfit angidridni ajratib olish yo‘li bilan yoki 
aglomeratsiya gazlarini rudadan bir necha bor o‘tkazish orqali uni 
tarkibidagi 
SO
2
konsentratsiyasini 
oshirish 
va 
konsentrlangan 
aglomeratsiya gazidan SO
2
ni ajratib olishni yo‘lga qo‘yish ham 
ekologik, ham iqtisodiy samara olinishi mumkin. 


26 
O‘txona va yonilg‘i gazlari. O‘choqlarda ko‘mir yoqilganda 
ko‘mirdagi oltingugurt ham yonadi va atmosferaga chiqarib 
yuboriladigan o‘txona gazlari tarkibida anchagin SO
2
ham bo‘ladi. U 
atfosfera havosini ifloslantirib, ekologik vaziyatni yomonlashishiga olib 
keladi. Shuning uchun o‘txona gazlari ham tozalanadi. Bunday tozalash 
natijasida ko‘p miqdordagi sulfit angidrid ushlab qolinadi va uni sulfat 
kislota ishlab chiqarishda ishlatiladi. Lekin o‘txona gazlaridan SO
2
ni 
tozalash katta sarf-xarajatlar talab etadi, shuning uchun o‘txona 
gazlarining ma’lum qismigina tozalashga yuboriladi. O‘txona gazlarini 
tozalashning arzon usullarini o‘ylab topish va uni ishlab chiqarishga 
joriy etish bir tomondan tabiiy manbalardan oqilona foydalanish 
imkoniyati ochsa, ikkinchidan, tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlab 
qolish kabi muhim muammolardan birining yechimi topiladi. Bunay 
ishlarni amalga oshirish albatta hozirgi paytda yetishib chiqayotgan 
«Kimyoviy texnologiya» ixtisosligi bo‘yicha tayyorlanayotgan kadrlar 
zimmasiga yuklanadi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling