I shamshidinov noorganik moddalar va
Oltingugurt va uning xossalari
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Oltingugurt va uning xossalari. Elementar oltingugurt (yoki
oltingugurt bug‘i) tug‘ma rudalardan, shuningdek sulfit angidrid yoki vodorod sulfid tutgan gazlardan olinadi. Elementar oltingugurt sulfat kislota ishlab chiqarish uchun eng yaxshi turdagi xomashyolardan biri hisoblanadi. Uni yoqish natijasida katta miqdorda SO 2 va kislorod tutgan va kontaktli sulfat kislota ishlab chiqarish uchun eng muhim hisoblangan gaz hosil qilinadi. Oltingugurtning yonishi natijasida kul qolmaydi, vaholanki kolchedan kuydirilishi natijasida hosil bo‘ladigan kulni yo‘qotish uchun katta sarf-harajatlar talab etilar edi. Tug‘ma oltingugurt tarkibida juda oz miqdordagi mishyak qo‘shimchasi bo‘ladi, bu esa kolchedandan sulfat kislota ishlab chiqarishdagi mishyakdan tozalash jarayonlari singari bosqichlardan holi bo‘lgan sodda sulfat kislota ishlab chiqarish tizimini yaratish imkoniyatini yaratadi. Elementar oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarishda, sellyuloza-qog‘oz sanoatida, qishloq xo‘jaligida (qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda) foydalaniladi. Bundan tashqari, elementar oltingugurt gugurt sanoatida, kauchukni vulkanlashda, sulfidli bo‘yoklar va kimyo-farmatsevtika preparatlari olishda hamda pirotexnikada ishlatiladi. Jahon miqyosida elementar oltingugurtdan foydalanish taxminan quyidagicha taqsimlanadi (% hisobida): Sulfat kislota ishlab chiqarish uchun …………………............ 50 Sellyuloza-qog‘oz sanoati uchun ………………...................... 25 Qishloq xo‘jaligiga ………………………………………....... 10-15 Boshqa iste’molchilarga ……………………………………... 10-15 Dunyoda elementar oltingugurt ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Bunga tug‘ma oltingugurt konlaridan qazib olish, tabiiy gaz va neft mahsulotlarini tozalash orqali ajratib orqali erishilmoqda. Oltingugurtning xossalari. Oltingugurtning nisbiy atom massasi 32,064. Oltingugurt odatdagi haroratda qattiq holatda bo‘ladi. Qattiq 19 oltingugurt ikki xil – rombik va monoklinik allotropik shakllarda bo‘ladi: Xossasi Rombik oltingugurt Monoklinik oltingugurt Zichligi, g/sm 3 ……………….... 2,07 1,96 Barqarorlik chegarasi, O C ........... 95,6 dan past 95,6-119,3 Suyuqlanish harorati, O C …….... 112,8 (tez qizdirilganda) 119,3 Suyuqlanish issiqligi j/g ………………………........... 39,4 45,3 kal/g ………………………....... 9,4 10,8 Oltingugurt elektr tokini yomon o‘tkazadi, suvda amalda erimaydi. Oltingugurtning suyuqlanishi uning hajmi (taxminan 15% ga) ortishi bilan sodir bo‘ladi. 120 O C haroratda suyuqlantirilgan oltingugurt harakatchan sariq rangdagi suyuqlikdir, uning qovushqoqligi haroratning ortishi bilan o‘zgaradi. 160 O C dan yuqori haroratda oltingugurt qorayadi va 190 O C haroratda to‘q jigarrang qovushqoq massaga aylanadi. Haroratning ortishi bilan massaning qovushqoqligi kamayadi va qariyib 400 O C haroratda oltingugurt suyuqlanmasi yana harakatchan suyuqlikka aylanadi. Oltingugurtning qaynash harorati 444,6 O C ni tashkil etadi. Turlicha haroratdagi qattiq va suyuq oltingugurt ustidagi bug‘ bosimi quyida keltirilgan: Harorat, O C ………………... 50 100 200 300 400 444,6 Bug‘ bosimi, mm.sim.ust….. 0,0002 0,008 2,3 48 378 760 Bug‘dagi oltingugurt konsentratsiyasi, g/sm 3 …….. 0,003 0,12 32,4 653 4900 9500 Qizdirilganda oltingugurtning molekula tuzilishi o‘zgarishi hisobiga uning xossasi o‘zgaradi. Odatdagi haroratda oltingugurt yopiq halqali sakkiz atomdan iborat molekula (S 8 ) shaklida bo‘ladi. 160 O C haroratda S 8 halqalari uziladi va chiziqsimon zanjir hosil qiladi, bu esa uning qovushqoqligini ortishiga olib keladi. Harorat yanada ko‘tarilganda esa uzun zanjirlar uziladi (destruksiyalanadi) va oltingugurt qovushqoqligining yana pasayishiga olib keladi. Oltingugurt bug‘ida S 8 , S 6 va S 2 molekulalari bo‘ladi, haroratning ortishi bilan S 2 molekulalari miqdori ortadi, bunda bug‘ rangi o‘zgaradi. Qaynash harorati yaqinida oltingugurt bug‘i och sariq rangda bo‘ladi va haroratning ortishi bilan qizara boshlaydi, so‘ngra yana tiniqlashadi va 650 O C haroratda to‘q sariq rangga kiradi. 900 O C haroratda oltingugurt 20 bug‘lari amalda S 2 molekulalaridan iborat bo‘ladi. Uning atomlarga parchalanishi taxminan 1600 O C haroratdan boshlanadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling