Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari Reja


Download 100.5 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1644819
  1   2   3   4
Bog'liq
Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari


Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari
Reja:

1) Yirik korxonalar hisobi masalalarini kompyuterda qayta ishlash texnologiyalari.


2) Kichik va o‘rta korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning dasturiy majmuasining tarkibiy tuzilishi.
Yirik korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish muammosi hozirgi zamonning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu hol, avvalambor, katta hajmdagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlab chiqish, tahlil etish va ulardan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘z vaqtida ratsional foydalanishni ta’minlashdan iborat.
Katta hisoblash mashinalari davrida yirik sanoat korxonalari uchun birinchi buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari (BHAT) yaratilgan edi. Bunday hisoblash axborotlarni ishlab chiqishni avtomatlashtirishga imkon bergan. Respublikadagi iqtisodiy o‘zgarishlar hamda kompyuterning paydo bo‘lishi bu sinfdagi hisoblash vositalarining deyarli to‘liq yo‘qolib ketishiga olib keldi. Hisob axborotlarini markazlashmagan holda ishlab chiqish keng tarqaldi. Kompyuterdan foydalanish axborot manbalarini vositachilarni (hisoblash markazlari, korxonalarning axborotlarini tayyorlash bo‘yicha bo‘limlari va boshqalarni) chetlab o‘tgan holda, ushbu axborotning foydalanuvchisi hisobiga yaqinlashtirdi hamda kompyuter zamirida hisobchining avtomatlashtirilgan ish joyini (HAIJ) yaratishga olib keldi. Hisob axborotlarini ishlab chiqishning barcha tadbirlarini bevosita ish joyida avtomatlashtirishning imkoniyati paydo bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda BHATning yangi iste’molchilari — yirik korxonalar menejerlari uchun bozor sharoitlarida nafaqat hisob vazifalarini avtomatlashtiradi, balki korxonalarni boshqarishning samaradorligini ta’minlaydi. Bu tizim moliyaviy muvozanatni saqlab qolishi va barqaror foyda olish imkoniyatini oshirishi bilan muhimdir. Shuning uchun ham yirik korxonalarning BHAT quyidagilarni ta’minlashi kerak:
— buxgalteriya hisobi, rejalashtirish, korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyatining tahlili hamda ichki audit vazifalarining butun majmuasini avtomatlashtirilgan yechimini;
— korxonadagi ishlarning joriy holati haqida tezkor, doimo o‘zgarib turuvchi axborotlarini olishni. Bunday usul, masalan, o‘z resurslaridan samarali foydalanishga harakat qilayotgan yirik sanoat korxonalari uchun ham, mahsulotlar va boshqa mablag‘larning harakati va mavjudligi haqidagi axborotlar qisqa vaqt ichida yangilanmagan hollarda zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan yirik savdo uylari uchun ham, katta hajmdagi mablag‘larning doimiy harakati sodir bo‘ladigan boshqa korxonalar uchun ham muhimdir. Bunda asosiy e’tibor tezkor tahliliy hisoblarni va kiritilgan moliyaviy resurslardan fovdalanish bo‘yicha ma’lumotlarni olishga qaratilishi kerak;
— birlashtirilgan holda ham boshqarish, ham umumlashtirilgan moliyaviy hisobotni olish imkoniyati. Yirik korxonalar filiallar va uzoq masofadan omborlarga egalik qilib, mazkur korxonaning mablag‘lari mulkdorlar guruhiga tegishli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham, bunday tizimlardan markazdan turib tezkor boshqarish uchun ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirish imkoniyatiga ega uzoqlashtirilgan ish joylarining mavjudligi muhimdir.


Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling