Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari Reja


Download 100.5 Kb.
bet3/4
Sana21.06.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1644819
1   2   3   4
Bog'liq
Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari

Oddiy ma’lumotnomalar andozaviy tuzilishga ega: kod, nom, qo‘shimcha alomatlar (hujjatning nomi, o‘lchov birligi, schyot bo‘y- icha xizmatlar, harakat operatsiyalari).
Murakkab ma’lumotnomalar kiritilayotgan ma’lumotlarning ikkita va undan ortiq bosqichini o‘z ichiga oladi. U ekranda joylashtirib bo‘lmaydigan katta hajmli ma’lumotnomalar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Misol uchun, ikki bosqichli ma’lumotnomalar buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi bo‘yicha to‘qqizta bo‘limdan iborat (schyotlarning rejasiga muvofiq). Har bir bo‘lim tegishli schyotga ega. Bo‘limdagi yozuvlar miqdori — yigirmaga yaqin. Ularni yaxlitgina ekranga chiqarish mumkin.
Uch bosqichli, ma’lumotnoma ham bo‘limlardan iborat bo‘lib, ularning har biri alohida bo‘limchalarga ega.
Dastlabki axborot bazaga birlamchi hujjatlar kiritiladi. Avtomatlashtirish uchun hisob bo‘yicha quyidagi andozaviy birlamchi hujjatlardan foydalaniladi:
— moddiy boyliklarning harakati (kirish orderi, qabul qilish dalolatnomasi, yuk xati, ro‘yxatdan chiqarish dalolatnomasi, talab, limit kartasi);
— moliyaviy hisoblash operatsiyalari to‘lov topshiriqnomasi (TT), to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi (TTT), kirish va chiqish kassa orderlari (KKO va CHKO) va boshqalar;
— asosiy vositalar (asosiy vositalar hisobining qayd qilish varaqasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasi, ichki harakati bo‘yicha yuk xati);
— mehnat va ish haqi (ish vaqti hisobining tabeli, soatbay ishga naryad, ishlab chiqishlar haqida bildirgi);
— tayyor mahsulotlar (tovarlar) — dalolatnomasi, kirim orderi, buyruq-yuk xati, qabul qilish-topshirish yuk xati, omborxona hisobining varaqasi, yetkazib berish shartnomasi va boshqa hujjatlar.
Birlamchi hujjatlarning axborotlari asosida ularlarning fayllari tezkor shakllantiriladi hamda tegishli ma’lumotnomalarning axborotlari avtomatlashtirilgan usulda kiritiladi.
Ma’lumotnomalardan bunday foydalanish axborotni MBga kiritishni tezlashtiradi, uning aniqligi va ishonchliligini oshiradi.
Birlamchi hujjatlarning qayd daftari tezkor axborotlarning asosiy fayli hisoblanadi. Unga xo‘jalik operatsiyalari o‘tkazgan birlamchi hujjatlarning axborotlari kiritiladi. Belgilangan shaklda tuzilgan va oltita asosiy rekvizitlar (hujjatning nomi, raqami, yozilish sanasi, uni rasmiylashtirgan korxonaning nomi, hujjat bo‘yicha xo‘jalik operatsiyasini o‘tkazish sanasi)ga ega hujjatlar hisobga qabul qilinadi. Agar hujjatning birinchi beshta rekvizitlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda hujjat ro‘yxatga olingan hisoblanadi, ammo u bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalari hisobining qayd daftarida provodkalarni rasmiylashtirish mumkin emas. Buni hujjatning yuqorida sanab o‘tilgan barcha oltita rekvizitlari to‘lg‘azilgandan keyin bajarish mumkin. Shunday qilib, provodka emas, balki birlamchi hujjat barcha hisob tadbirlarining asosi bo‘ladi. Bunday yondashishning asosiy afzalligi dastlabki axborotlar bilan ishlashning tabiiyligidir. Foydalanuvchi faqat hujjatning tegishli maketining ekran shaklidagi maydonini to‘ldiradi, tuzatish kiritishlarni esa dastur bajaradi. Bu dastlabki axborotlarni kiritish tadbirini soddalashtiradi, kiritilayotgan ma’lumotlarni ko‘zdan kechirishni yengillashtirish hisobiga xatolar sonini qisqartiradi.
Yuqoridagilar fayli asosida hisob bo‘limlari bo‘yicha tezkor axborotlarning fayllari, tovar-moddiy boyliklar hisobining qayd daftari shakllanadi.
Bu axborotlar asosida saqlash joylari (omborxonalar) yoki bo‘lish joylari (ishlab chiqish) bo‘yicha moddiy boyliklarning so‘mdagi va miqdoriy hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning hisobi, tayyor mahsulotlar (tovarlar) va ularni sotishning hisobi olib boriladi. Arzon va tez eskiruvchan mollar bo‘yicha yemirilish darajasi hisoblab chiqiladi. Tizimda arzon va tez eskiruvchan mollar qiymatini
foydalanishda qoplashning ikkita usuli ko‘zda tutilgan:
1) ularni foydalanishga topshirishda qiymatining 50% miqdorida yemirilish va yaroqsizlanganda qolgan 50% miqdorini hisoblash yo‘li bilan;
2) arzon va tez eskiruvchan mollarni foydalanishga topshirishda 100% yemirilishini hisoblash yo‘li bilan.
Arzon narxli va tez eskiruvchan mahsulotlar bo‘yicha yemirilishni korxonaning hisob siyosatiga ko‘ra tahliliy hisobning qaydnomasida olish mumkin.
Dasturga korxona tomonidan xarid qilingan va sotish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar haqidagi axborotlar kelib tushadi.
TT, TTT, KKO va CHKO birlamchi hujjatlar, schyotlar va tovar- transport yuknomalari quyidagi tezkor axborotlar shakllanadi:
— to‘lov topshiriqnomalarini ro‘yxatga olishning qayd daftarchasi;
— to‘lov topshiriq-talabnomalarini ro‘yxatga olishning qayd daftarchasi;
— kirim kassa orderlarini ro‘yxatga olishning qayd daftarchasi;
— chiqim kassa orderlarini ro‘yxatga olishning qayd daftarchasi;
— tovar-transport yuk xatlarini ro‘yxatga olishning qayd daftarchasi. Barcha schyotlar to‘rtta guruhga bo‘linadi: yozib berilganlar; tasdiqlanganlar; haq to‘langanlar; muddati o‘tkazib yuborilganlar.

Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling