Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari Reja


Download 100.5 Kb.
bet4/4
Sana21.06.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1644819
1   2   3   4
Bog'liq
Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari

Yozib berilganlarga barcha schyotlar kiradi. Tasdiqlanganlarga — amalda hali haq to‘lanmagan, ammo to‘lovchilar ularni to‘lashga xohish bildirgan schyotlar kiradi. Haq to‘langan schyotlar — bu to‘lovlar amalga oshirilgan schyotlar. Muddati o‘tkazib yuborilganga — haq to‘lashning barcha muddatlari o‘tkazib yuborilgan schyotlar kiradi. Birlamchi hujjatlardan shakllangan tezkor axborotlarning fayllari barcha hisob axborotlarini kompyuterda ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Ushbu fayllarning ma’lumotlari tahliliy hisobning registrlarini shakllantirish uchun foydalaniladi. Xo‘jalik operatsiyalari hisobining qayd daftari axborot to‘plamining ma’lumotlari asosida yakuniy hisobning registrlari: asosiy kitob, yakuniy aylanma qaydnomasi, yakuniy valuta qaydnomasi, keltirilgan valuta qaydnomasi, kassa daftarchasi shakllantiriladi.
Tahliliy hisobning registrlari dasturiy majmuaning noandozaviy qaydnomalaridan iborat. Ularni foydalanuvchining o‘zi sozlaydi. Sozlash hisob qayd daftarlarida maydonlarni ko‘rsatish va qaydnomalarni shakllantirishda ulardan izchillik bilan foydalanishdan iborat.
Tahliliy qaydnomalar: debitorlar va kreditorlar; xaridorlar va buyurtmachilar; yetkazib beruvchilar va pudratchilar; hisobot ostidagi shaxslar; ishlab chiqarishdagi xarajatlarning turlari; xarajatlarni vujudga kelish joylari; ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning turlari; foyda va zararlarning moddalari va boshqalar bo‘yicha shakllanadi.
Sintetik hisobning registrlari — bu sintetik hisobning andozaviy qaydnomalari, ularni shakllantirish usulini o‘zgartirish mumkin emas.
Yakuniy hisobning registrlari — schyotlar bo‘yicha yakuniy aylanma qaydnomalar, ularni alohida schyotlar bo‘yicha yoki hisobot davri uchun barcha schyotlar bo‘yicha qoldiqlar va aylanmalar ko‘chiriladi va umumlashtiriladi.
Subschyotlar bo‘yicha yakuniy aylanmali qaydnoma xuddi schyotlar bo‘yicha yakuniy aylanma qaydnomaga o‘xshash tarzda to‘ldiriladi.
Asosiy kitob schyot bo‘yicha aylanma qaydnomaga o‘xshash, ammo undan farqliroq korrespondent schyotlari va tarqatilgan schyotlar bo‘yicha aylanmalarga ega. Buxgalteriya hisobining asosiy kitobi har bir korrespondent schyotida: boshlang‘ich saldo (debet, kredit); yakuniy saldo (debet, kredit); tanlangan davr uchun boshqa schyotlar bilan korrespondensiyalarga yoyilgan aylanmalar(debet, kredit)ga ajratiladi.
Korxonaning balansini istalgan yakuniy aylanma qaydnoma bo‘yicha shakllantirish
Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling