Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari Reja


-rasm. Kichik va o‘rta korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning dasturiy majmuasining tarkibiy tuzilishi


Download 100.5 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1644819
1   2   3   4
Bog'liq
Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari

3.2-rasm. Kichik va o‘rta korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning dasturiy majmuasining tarkibiy tuzilishi.

Kichik korxonalarda BHAT yaratishda kompyuterlardan keng foydalanish hisobchining ish joyida axborotlarni ishlab chiqish, saqlash va uzatish bo‘yicha barcha tadbirlarni, avtomatlashtirishga imkon beradi. Bunday BHATni yaratishda bir necha yondashishlar mavjud. Bu oddiy va unchalik rivojlanmagan tuzilmaga ega kichik korxonalar boshqaruv tizimini alohida tizimcha sifatida olib borishni talab qilmaydi.


Birinchi yondashishda faqat moliyaviy hisobni avtomatlashtiruvchi tizim yaratiladi. Bunday BHAT — kichik hisobxonalar sinfiga kiradi. Qoidaga ko‘ra, bu tizimda buxgalteriya hisobi bitta mutaxassis — hisobchi tomonidan olib boriladi.
Ikkinchi yondashishda moliyaviy hisobdan tashqari qisman boshqaruv tizimi ham har tomonlama avtomatlashtiriladi. Bu holda buxgalteriya hisobini ikkita mutaxassis: hisobchi va uning yordamchisi yoki kirishni cheklash yo‘li bilan bitta ish joyida, yoki ikkita ish joylarida olib boradi.
Modullar o‘rtasidagi aloqa xo‘jalik operatsiyalarining qayd daftari orqali amalga oshiriladi.
Dasturiy majmua bilan ishlash ma’lumotnomalarni to‘ldirishdan boshlanadi. Bu majmua ma’lum bir korxona hisobini olib borishga moslashtiriladi.
1. Umumiy belgilanish ma’lumotnomalari: hujjatlarning nomlari; korxonalar; schyotlar bo‘yicha aloqa xizmatlari, transport xizmatlari va boshqalar.
2. Tovar-moddiy boyliklarining qayd daftari bilan bog‘liq ma’lumotnomalar: mahsulot material boyliklar; o‘lchov birliklari; harakat operatsiyalari.
3. Buxgalteriya yozuvlari bilan bog‘liq ma’lumotnomalar: buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi; buxgalteriya provodkalari; provodkalarning guruhlari; soliqlar.
4. Tahliliy hisob bilan bog‘liq ma’lumotnomalar: korxonaning obyektlari; bo‘linmalar; tahliliy hisobning kodlari.
5. Valuta kurslari bilan bog‘liq ma’lumotnomalar.
Ma’lumotnomalar tuzilishi bo‘yicha oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi.

Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling