I shamshidinov noorganik moddalar va
Sulfat kislota va oleumning xossalari
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Sulfat kislota va oleumning xossalari. Sulfat kislotaning kimyoviy
tarkibi H 2 SO 4 formula bilan ifodalanadi (molekulyar massasi 98,08 ga teng): O O S O H O H \ \ // / \ O O S O H O H \ / / \ Sulfat kislotani xuddi bir molekula sulfat angidrid SO 3 bilan bir molekula suv H 2 O ni birikmasi deb qarash kerak, binobarin, suvsiz sulfat kislota tarkibida 81,63% SO 3 va 18,37% H 2 O bo‘ladi. Texnikada sulfat angidridning suv bilan har qanday nisbatdagi aralashmasini sulfat kislota deb yuritiladi. 1 mol SO 3 ga 1 moldan ko‘p miqdordagi H 2 O to‘g‘ri keladigan aralashmalar sulfat kislotaning suvli eritmalari hisoblanadi. 1 mol SO 3 ga 1 moldan kam miqdordagi H 2 O to‘g‘ri keladigan aralashmalar sulfat angidridning sulfat kislotadagi eritmasi hisoblanadi. Ularni oleum yoki tutovchi sulfat kislota deb ataladi. Sulfat kislota suvli eritmalarining tarkibi H 2 SO 4 yoki SO 3 ning foiz miqdori bilan tavsiflanadi. Oleumning tarkibi esa uning tarkibidagi erkin sulfat angidrid (100% H 2 SO 4 dan yukori) ning yoki SO 3 ning umumiy foiz miqdori bilan tavsiflanadi. Sulfat kislota eng aktiv noorganik kislotalardan biri hisoblanadi. U deyarli barcha turdagi metallar va ularning oksidlari bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi; suvda eritilganda esa juda katta miqdordagi isssiqlik ajraladi; kuchli oksidlovchilik va boshqa muhim kimyoviy xossalarni namoyon qiladi. Sulfat kislotaning yuqori kimyoviy aktivligini uning turli sanoat tarmoqlarida keng foydalanilishidan ham bilish mumkin. Suvsiz sulfat rangsiz moysimon suyuqlik bo‘lib, 10,37 O C haroratda kristallanadi. 296,3 O C harorat va 760 mm.sm.ust. bosimida suvsiz sulfat kislota tarkibida 98,3% H 2 SO 4 va 1,7% H 2 O bo‘lgan azeotrop aralashma hosil bo‘lguncha parchalanish bilan qaynay boshlaydi. Bunday azeotrop aralashma 336,5 O C da qaynaydi. Sulfat kislota suv va sulfat angidrid bilan har qanday nisbatda aralashadi. Aralashtirish paytida turli xil kristallanish harorati va boshqa 10 bir qancha xarakterli xossalarga ega bo‘lgan bir necha birikmalar hosil qiladi (1.1-jadval). 1.1-jadval Sulfat kislota va uning suv hamda sulfat angidrid bilan hosil qilgan birikmalarining kristallanish harorati Formula Tarkibi, % hisobida Kristallanish harorati, O С H 2 SO 4 SO 3umum. SO 3erkin H 2 SO 4 ∙5H 2 O 57,6 46,9 – – 24,4 H 2 SO 4 ∙2H 2 O 73,2 59,8 – – 39,6 H 2 SO 4 ∙H 2 O 84,5 69,0 – + 8,48 H 2 SO 4 100,0 81,6 – 10,37 H 2 SO 4 ∙SO 3 110,1 89,9 44,95 35,85 H 2 SO 4 ∙2SO 3 113,9 93,0 62,0 1,2 Sulfat kislota va oleumning kristallanish harorati. Sulfat kislotaning suvli eritmasi va oleum 1.1-jadvalda keltirilgan birikmalar aralashmasi hisoblanadi. Masalan, 80% li sulfat kislota – bu H 2 SO 4 ∙2H 2 O va H 2 SO 4 ∙H 2 O birikmalarining aralashmasidir; tarkibida 20% SO 3erkin bo‘lgan odatdagi mahsulot sifatidagi oleum esa H 2 SO 4 va H 2 SO 4 ∙SO 3 tarkibli birikmalar aralashmasidan iboratdir. Ma’lumki, ikki modda kristallanish harorati aralashmasining (agarda aralash kristallar hosil qilmasa) alohida olingan moddalarning kristallanish haroratidan past bo‘ladi. Shuning uchun sulfat kislota kristallanish harorati bilan uning konsentratsiyasiga bog‘liqligini ifodalovchi egri chiziq (1.1-rasm) 1.1-jadvalda keltirilgan birikmalar tarkibiga mos holdagi maksimumga, shuningdek, sistemadagi H 2 SO 4 va SO 3 larning quyidagi miqdorlariga mos keluvchi minimumga ega bo‘ladi: % H 2 SO 4 Kristallanish harorati, O С SO 3erkin Kristallanish harorati, O С 38,0 – 74,5 18,1 – 17,05 68,3 – 45,7 61,8 + 1,0 75,0 – 41,0 64,35 – 1,1 93,3 – 37,8 Sulfat kislotani tashish va saqlashda uning kristallanishini kamaytirish maqsadida sulfat kislota mahsulot sortlarining shunday konsentratsiyasi tanlanadiki, bunda uning kristallanishiga eng past harorat to‘g‘ri keladi (1.1-rasmdagi egri chiziqning minimumlariga e’tibor bering): 11 % H 2 SO 4 % SO 3 Minorali kislota …………………………… 75 – Kontaktli kislota ………………………….. 92,5 – Oleum ………………………………….…. 104,5 20 Yuqori konsentratsiyali oleum ……........... 114,5 65 1.1-rasm. Sulfat kislotaning kristallanish harorati. Sulfat kislota va oleumning kristallanish haroratlarini ma’lumotnoma jadvallaridan ko‘rish mumkin. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling