I shamshidinov noorganik moddalar va
Nam kataliz usuli bilan vodorod sulfiddan kontakt sulfat kislota
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Nam kataliz usuli bilan vodorod sulfiddan kontakt sulfat kislota
olish. Nam katalizning mohiyati shundan iboratki, sulfit gazi tarkibidagi SO 2 tarkibida anchagina miqdorda suv bug‘lari bo‘ladi, u vanadiyli katalizatorda sulfat angidridga oksidlanadi. Gazli aralashma keyinchalik kondensatorda sovutiladi, u yerda hosil bo‘ladigan sulfat kislota bug‘lari kondensatsiyalanadi. Bu usul bo‘yicha sulfit angidridni sulfat angidridga oksidlash suv bug‘i ishtirokida amalga oshiriladi, shu sababli bu usul нам kataliz usuli deyiladi. Konsentrlangan vodorod sulfiddan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi 1.39-rasmda tasvirlangan. Vodorod sulfid yondirish uchun pech 3 ga ventilyator 2 orqali uzatiladigan havo bilan aralashmasi beriladi. Pechdan 1000 O C haroratda chiqadigan gaz yuttirish qozoni 4 ga keladi, u yerda gaz issiqligidan bug‘ olish uchun foydalaniladi. 450 O C haroratgacha sovutilgan gaz oraliq issiqlik almashtirgichli kontakt jihozi 5 ga uzatiladi. Kontakt massa orasidan o‘tadigan gazning haroratini pasaytirish uchun unga atmosfera havosi kiritiladi. 1.39-rasm. Yuqori konsentratsiyali sulfit angidrid gazidan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi: 1-filtr; 2-ventilyator; 3-pech; 4-bug‘li yuttirish qozoni; 5-kontakt jihozi; 6-sovutgich; 7-minora- kondensator; 8-elektrofiltr; 9-aylanuvchi eritma yig‘gichi; 10-nasos. Tarkibida SO 3 va suv bug‘i tutgan kontakt jihozidan chiqadigan gaz halqali to‘ldirgich to‘ldirilgan va sulfat kislota bilan sug‘oriladigan minorali kondensator 7 ga keladi. Sug‘oriladigan kislotaning harorati 85 minoraga kirishda 50-60 O C, minoradan chiqishda esa 80-90 O C ni tashkil etadi. Gazning sovutilishi natijasida sulfat angidrid va suv bug‘idan sulfat kislota bug‘lari hosil bo‘ladi, so‘ngra u kondensatsiyalanadi. Minora 7 ning pastki qismida gaz tezning sovishi sodir bo‘ladi, shuning uchun sulfat kislota bug‘larining yuqori darajada to‘yinishiga olib keladi. Bug‘ning bir qismi (35%) bu hajmda tuman hosil qilib kondensatlansa, qolgan qismi elektrofiltr 8 da kondensatsiyalantiriladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling