I shamshidinov noorganik moddalar va
Chiqindi gazlarini zararsizlantirish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Chiqindi gazlarini zararsizlantirish. Kontaktlanish darajasi 0,97
va absorbsiya to‘laligi 99,9% bo‘lganda sulfat kislotali tizimlar chiqindi gazlarining tarkibida 0,2% atrofida SO 2 (5 g/m 3 ) va 0,007% atrofida SO 3 (0,3 g/m 3 ), shuningdek ma’lum miqdordagi absorberdan chiqib ketadigan sulfat kislota tomchilari bo‘ladi. Yuqoridagi tarkibga ega bo‘lgan gazlardan sulfat kislota tomchilari tutib qolingandan so‘ng, gazlarni atmosferaga chiqaruvchi mo‘rili quvurning balandligi quyidagi empirik formula bilan ifodalanadi: max 234 vc q H bu yerda: H – quvur balandligi, m; q – chiqindi gazdagi SO 2 miqdori, g/sek; v – SO 2 konsentratsiyasi aniqlanadigan balandlikdagi shamol tezligi, m/sek; c max – yer sirtidagi atmosfera havosidagi SO 2 ning cheklangan konsentratsiyasi, mg/m 3 . Agar bu formula bo‘yicha hisoblangan quvurning balandligi juda ham uzun bo‘lsa, u holda chiqindi gazlari qayta tozalanadi va shundan so‘ng quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Absorberlardan keyin gazdan kislota tomchilarini ajratib olish uchun turli tomchi ushlagich qurilmalar o‘rnatiladi. To‘ldirgichli, ammo kislota bilan sug‘orilmaydigan monogidratli absorber o‘lchamidagi minora shaklidagi tomchi ushlagichlar keng tarqalgandir. Kislota tomchilari to‘ldirgichlarda ushlanib qoladi va minoraning pastki qismiga oqib tushadi, kislota u yerdan monogidratli absorberdagi yig‘gichga 78 chiqarib olinadi. Ayrim korxonalarda monogidratli absorberlarning yuqori qismidagi sug‘orilmaydigan to‘ldirgichli qatlami tomchi ushlagich vazifasini bajaradi. Chiqindi gazlarini SO 2 dan tozalash to‘ldirgichli minoralarda amalga oshiriladi, u yerda sulfit angidrid soda eritmasiga yuttiriladi. Bunda hosil bo‘ladigan natriy bisulfit ishlab chiqarish korhonasining mahsuloti hisoblanishi mumkin. Chiqindi gazlaridagi sulfit angidrid bisulfitli minoralarda tutib qolinishi qiyin bo‘lgan tuman hosil qiladi. Shuning uchun gazlar ho‘l elektrofiltrlarga yuboriladi. Bisulfitli minoradan va elektrofiltrdan o‘tgan gazlardan ham sulfat kislota tomchilari ajratiladi. 1.33-rasm. Changlatuvchi turdagi jihoz (CHTJ): 1-taqsimlash qutisi; 2-changlatuvchi konus; 3-silindr o‘zagi; 4-silindra o‘zagidagi tirqishlar; 5- absorbsiya kamerasi; 6-separator qurilmasi. SO 2 ning absorbenti sifatida ammiakli suv ham ishlatiladi, lekin bunda gazdan sulfit angidridni yuttirish changlatuvchi turdagi jihoz (CHTJ) larda amalga oshiriladi (1.33-rasm). Unda konusdan 20-25 m/sek tezlikda chiqadigan suyuqlik tozalanadigan gaz oqimi bo‘yicha changlatiladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling