I shamshidinov noorganik moddalar va


Sulfat angidridni absorbsiyalashning fizik-kimyoviy asoslari


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131
Sulfat angidridni absorbsiyalashning fizik-kimyoviy asoslari. 
Kontakt usulida sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonining oxirgi 
bosqichi gazli aralashmadan sulfat angidridni ajratib olish va uni sulfat 
kislotaga aylantirish hisoblanadi. Kontakt jihoziga kelishdan oldin gazni 
quritish lozimligi yoki quritilmasligiga qarab sulfat angidridni ajratib 


67 
olish jarayoni farqlanadi: birinchi holatda SO
3
sulfat kislota bilan 
absorbsiyalanadi, ikkinchi holda esa sulfat kislota kondensatsiyalanadi. 
Ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarida gaz quritiladi va sulfat 
angidrid sulfat kislota bilan minoralar (absorberlar) da absorbsiyalanadi. 
Sulfat angidrid sulfat kislotada eriydi, so‘ngra undagi suv bilan biriadi: 
nSO
3
+ H
2
O = H
2
SO
4
+ (n-1)SO
3
Suv va sulfat angidrid miqdoriy nisbatiga bog‘liq holda turli xil 
konsentratsiyadagi sulfat kislota hosil bo‘ladi. n>1 da oleum n q 1 
(monogidrat) da 100% li sulfat kislota, n<1 da esa sulfat kislotaning 
suvli eritmasi, ya’ni suyultirilgan sulfat kislota hosil bo‘ladi. 
Absorbsiyalashdan so‘ng gazlar aralashmasi yutilmagan sulfat 
angidrid bilan bilan atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bu gazlar 
aralashmasi tarkibidagi yo‘qotiladigan SO
3
miqdorini kamaytirish uchun 
absorbsiya bo‘linmasida sulfat angidrid absorbsiyasini yetarlicha to‘la 
amalga oshirilishini ta’minlash lozimdir. 
Kontakt ishlab chiqarish korxonalarida barcha mahsulotlar 
(yuvuvchi kislotadan tashqari) oleum tarzida ishlab chiqariladi. Oleum 
sulfat kislotaning boshqa texnik navlaridan farqlanib, qimmatbaho 
mahsulot hisoblanadi. Agar oleumga talab bo‘lmasa, uni 93-95% li 
sulfat kislotagacha suyutiriladi. 
Oleum olish uchun tarkibida SO
3
tutgan gaz oleum sachratiladigan 
minora (oleumli absorber) orqali o‘tkaziladi. U yerda sulfat angidridning 
bir qismi yutiladi, uning qolgan qismi esa ikkinchi absorber, ya’ni 
monogidrat sachratiladigan minora (monogidratli absorber) da 
absorbsiyalanadi. Oleumning konsentratsiyasi ortib borishi bilan (SO
3
yutilishi hisobiga) unga monogidratli absorberdan uzatiladigan kislota 
qo‘shiladi. Hosil bo‘ladigan oleumning ortiqcha miqdori omborga 
uzatiladi. Shunday qilib barcha mahsulotni oleum tarzida ishlab 
chiqarish ta’minlanadi. 
Mahsulot sifatidagi oleum tarkibida 18,5% dan kam bo‘lmagan 
SO
3
(erkin) bo‘lishi kerak, bunday oleumdan oleumli absorberda 
foydalaniladi. Monogidratli absorberda sachratiluvchi sulfat kislotaning 
konsentratsiyasi 98,3% ni tashkil etadi. Bunday konsentratsiyali kislot 
sulfat angidridni juda yaxshi absorbsiyalaydi, chunki bu eritma ustidagi 
SO
3
ning bug‘ bosimi juda ham kam bo‘ladi. 
98,3% H
2
SO
4
dan past konsentratsiyali kislota ustida gazli 
aralashmada suv, yuqori konsentratsiyali kislotada – sulfat angidrid 
bo‘ladi. 
Bu 
holatlarda 
sulfat 
angidridning 
absorbsiyalanishi 


68 
yomonlashadi. SO
3
ning to‘liq absorbsiyalanishi ma’lum darajada sulfat 
kislota haroratiga ham bog‘liqdir: harorat qanchalik past bo‘lsa, 
absorbsiyalanish darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Tarkibida sulfat angidrid bo‘lgan kontaktli gaz aralashmani 
konsentratsiyasi 98,3% H
2
SO
4
dan past bo‘lgan kislota bilan qayta 
ishlashda sulfat angidridning bir qismi suv bug‘i bilan birikib, sulfat 
kislota bulutini hosil qiladi. Uni oddiy absorbsiya qurilmalari bilan tutib 
qolish qiyindir va uning asosiy qismi chiqindi gazlari bilan atmosferaga 
chiqib ketadi. Bunda mo‘rili quvurdan chiqadigan gaz tutun tarzida 
ko‘rinadi. Sulfat kislotaning konsentratsiyasi qanchalik kichik va uning 
harorati baland bo‘lsa, undan shunchalik ko‘p suv bug‘i chiqadi, ko‘p 
miqdordagi tuman hosil bo‘ladi va SO
3
ning yo‘qotilishi ortadi. 
Kontaktli gazni 98,3% H
2
SO
4
dan yuqori konsentratsiyali kislota bilan 
absorbsiyalashda sulfat angidrid to‘la yutilmaydi, chunki bu kislotadan 
SO
3
ajraladi. Bu holda ham chiqindi gazlari atmosferani bir qism sulfat 
angidrid bilan ifloslantiradi, u esa havodagi namlik bilan birikib sulfat 
kislota bulutlarini hosil qiladi. 
Shunday qilib, ikkala holda ham sulfat angidridning absorbsiyasi 
yomonlashadi va H
2
SO
4
buluti hosil bo‘ladi. 
1.26-rasmda 
monogidratli 
absorberda 
sulfat 
angidrid 
absorbsiyalanish darajasining sachratiladigan kislota konsentratsiyasi va 
haroratiga bog‘liqligi tasvirlangan. 
Rasmdan ko‘rinadiki, 98,3% li sulfat kislota yuqori darajada 
absorbsiyalash 
xususiyatiga 
ega. 
Undan 
past 
yoki 
yuqori 
konsentratsiyali kislotada harorat oshirilganda ham pasayishini kuzatish 
mumkin. 
1.26-rasm. Monogidratli absorberda turli haroratda sulfat angidridning 
absorbsiyalanish darajasi: 
1-60
O
C da; 2-80
O
C da; 3-100
O
C da; 4-120
O
C da. 


69 
Oleumli absorberda SO
3
ni oleum bilan absorbsiyalashda ham 
absorbsiyaning harakatlantiruvchi kuchi kamayishi hisobiga haroratning 
ortishi bilan yomonlashadi. U quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 
''
2
''
1
'
2
'
1
''
2
''
1
'
2
1
lg
3
,
2
)
(
)
(
'

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling