I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
p
p p p p p p p p bu yerda: ' 1 p va '' 1 p – absorbsiyadan oldingi va keyingi gazdagi SO 3 ning parsial bosimi, n/m 2 (mm.sim.ust.); ' 2 p va '' 2 p – gazning absorberga kirishda va undan chiqishda oleum ustidagi SO 3 muvozantli bosimi, n/m 2 (mm.sim.ust.). 1.27-rasmda 20% li oleum sachratiladigan oleumli absorberda sulfat angidrid absorbsiyasining haroratga bog‘liqligi keltirilgan. 1.27-rasm. Oleumli absorberda gazdagi SO 3 miqdoriga bog‘liq holdagi sulfat angidridning absorbsiyasi: 1-5% SO 3 da; 2-7,5% SO 3 da; 3-10% SO 3 da; 4-15% SO 3 da. Bu tasvirdan ko‘rinadiki, haroratning ortishi bilan SO 3 absorbsiyalanish darajasi keskin kamayadi va ma’lum harorat (7,5% SO 3 da 84 O С, 5% SO 3 da 76 O С) da absorbsiyalanish to‘la to‘xtaydi. 60 O C haroratda 33% SO 3 (erkin) bo‘lgan oleum olingani holda, 90 O C haroratda atigi 14% SO 3 (erkin) bo‘lgan oleum olish mumkin. Nam kataliz usuli bilan sulfat kislota olishda kontakt bo‘linmasidan chiqadigan gaz tarkibidagi suv H 2 SO 4 hosil bo‘lishi uchun kerak bo‘ladigan suvdan ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun kontakt gazini sovutilganda sulfat angidrid suv bug‘i bilan sulfat kislota bug‘iga aylanadi, so‘ngra u minorada kondensatsiyalanadi. Shunday qilib, nam kataliz jarayonida SO 3 ning absorbsiyalanishi emas, balki sulfat kislota 70 bug‘larining kondensatsiyalanishi sodir bo‘ladi. Agar gazdagi suv bug‘ining miqdori oz bo‘lsa, kondensatsiyalanish va absorbsiyalanish jarayonlari bir paytda sodir bo‘ladi. Gazning harorati 400 O C dan yuqori va undagi SO 3 va H 2 O birgalikda bo‘lganda (masalan, ho‘l kataliz usuli bilan sulfat kislota olishdagi kabi) gaz tarkibida sulfat kislota bug‘lari bo‘lmaydi, chunki bunday sharoitda ular amalda to‘la dissotsilanadi. Gaz suvutilganda: H 2 SO 4 ⇄ H 2 O + SO 3 muvozanat sulfat kislota bug‘lari hosil bo‘lish tomonga siljiydi, u esa keyingi bosqichda sovutilganda kondensatsiyalanadi. Sulfat kislota bug‘larining kondensatsiyasi to‘ldirgichli sug‘oriladigan minoralar (skrubberlar) da, quvurli kondensatorlarda, barbotajli jihozlarda amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan barcha jihozlardagi bu jarayonning mexanizmi bir xildir va bu tarkibida bug‘ tutgan gazli aralashmaning sovuq suyuqlik yoki kondensat plenkasi bilan bevosita to‘qnashishidan iboratdir. Shu bilan bir paytda bug‘ning bir qismi kondensatsiyalanadi va bo‘shliqda tuman hosil qiladi. Masalan, nam kataliz usuli bo‘yicha sulfat kislota ishlab chiqarishda sulfat kislota bug‘larining 35% qismi tumanga aylanadi. Minorali quritgichdan so‘ng gaz tarkibida 0,01% suv bug‘i qoladi, kontakt jihozidan so‘ng esa ko‘p miqdordagi SO 3 bo‘ladi, shuning uchun gaz sovutilganda barcha suv bug‘i H 2 SO 4 bug‘lariga aylanadi, uning konsentratsiyasi 0,01% yoki 5,75q g/m 3 (q – gazdagi suv bug‘ining tarkibi, g/m 3 ) ni tashkil etadi. Sulfat kislota bug‘lari absorberning to‘ldirgichlari sirtida kondensatsiyalanadi. Sug‘oruvchi kislota konsentratsiyasi juda past yoki ganing namligi yuqori bo‘lganda sulfat kislota bug‘larining bir qismi bo‘shliqda tuman hosil qilib kondensatsiyalanadi, u esa absorberlarda to‘la cho‘kmaydi va atmosferaga chiqib ketadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling