I shamshidinov noorganik moddalar va


% li sulfat angidrid va konsentrlangan oleum olish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   131
100% li sulfat angidrid va konsentrlangan oleum olish. Yuqori 
konsentratsiyali 100% li sulfat angidrid yuqori kimyoviy aktivlikka ega 
va turli xil texnologik jarayonlarda sulfat kislota va oleum o‘rnida 
ishlatiladi. Shuningdek sulfat angidriddan reaktiv sulfat kislota olinadi. 
100% li sulfat angidrid ishlab chiqarishda quyidagi usullar 
qo‘llaniladi: 
1. O‘txona gazlari bilan qizdiriladigan jihozlarda odatdagi 20% li 
yoki yuqori konsentratsiyali oleumdan SO
3
ni haydash. 
2. 100% li sulfit angidridni katalizator yordamida kislorod bilan 
oksidlash. 
3. Kontakt bo‘linmasiga keladigan gazlar issiqligidan foydalangan 
holda kontakt zavodlarining absorbsiya bo‘linmasida aylanuvchi 
oleumdan SO
3
ni haydash. 
1.32-rasmda kontakt zavodlarida 100% li sulfat angidrid olish 
uchun qurilmaning sxemasi tasvirlangan. 
Tarkibida SO
3
bo‘lgan qaynoq gaz kontakt bo‘linmasidan issiqlik 
almashtirgich-bug‘latgich 1 ning quvurlararo bo‘shlig‘i orqali uzatiladi, 
undagi quvurlar orqali esa isssiqlik almashtirgich 2 da oldindan 
qizdirilgan oleum uzatiladi. So‘ngra sovutilgan gaz kontakt tizimining 
odatdagi sxemasi bo‘yicha absorbsiyaga yuboriladi. 


76 
1.32-rasm. 100% li sulfat angidrid olish uchun qurilma sxemasi: 
1-issiqlik almashtirgich-bug‘latgich; 2-oleumli issiqlik almashtirgich; 3-sulfat angidrid 
kondensatori; 4-suyuq sulfat angidrid yig‘gichi; 5-issiq suv olish uchun rezervuar. 
Bug‘latgichdan chiqadigan sulfat angidrid miqdori kamaytirilgan 
qaynoq oleum issiqlik almashtirgich 2 ga tushadi, u yerda absorbsion 
bo‘linmadan uzatilgan oleumga issiqligini uzatadi, so‘ngra esa birinchi 
(oleumli) absorberning yig‘gichiga uzatiladi, u yerda yana dastlabki 
konsentratsiyasigacha sulfat angidrid bilan to‘yinadi. Oleumni 
qizdirilishidan hosil bo‘ladigan gaz holatdagi sulfat angidrid 
kondensator 3 ga so‘rib olinadi, u yerga yig‘gich 4 dan suyuq SO
3
tushadi. Yig‘gich suvli niqob bilan jihozlangan, unga rezervuar 5 dan 
qaynoq bug‘ bilan 30-40
O
C gacha isitilgan suv keladi. Bu esa sulfat 
angidridning muzlashi va kristallanishidan saqlaydi. Shuni ham 
ta’kidlash lozimki, texnik kristall sulfat angidrid qizdirilganda u 
suyuqlanmasdan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
gaz 
holatiga 
aylanadi 
(sublimatlanadi). 
Yuz foyzli sulfat angidrid xona haroratidayoq (16,8
O
C) 
kristallanadi, shuning uchun uning olinishi va tashilishi ko‘pgina 
qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir va ko‘pgina hollarda uning o‘rniga 65% 
SO
3
(erkin) bo‘lgan yuqori konsentratsiyali oleum qo‘llaniladi. Bunday 
oleumning kristallanish harorati birmuncha past (0
O
C) dir. Yuqori 
konsentratsiyali oleum texnik oleumni yuqoridagi ko‘rsatilgan 
usullardan biri bo‘yicha olingan gaz holatdagi 100% li SO
3
bilan 
to‘yintirish orqali tayyorlanadi. 
Odatdagi sharoida texnik sulfat angidrid qotish jarayonida o‘z-
o‘zidan polimerlanadi. Shundan so‘ng uni atmosfera bosimida qizdirish 
orqali suyuq holatga o‘tkazib bo‘lmaydi, vaholangki u to‘g‘ridan-to‘g‘ri 


77 
bug‘lanadi. Shuning uchun sulfat angidrid polimerlanishini oldini olish 
maqsadida suyuq sulfat angidridga stabilizatorlar (B
2
O
3
, Na
2
SO
4
, KCrO
2
va boshqalar) qo‘shiladi. Ammo stabilizatorlar polimerlanishni 
sekinlashtiradi xolos va ayniqsa manfiy haroratda SO
3
kristallanishini 
oldini olishga qodir emasdir. 
Stabilizator sifatida borat angidrid B
2
O
3
keng ko‘lamda ishlatiladi. 
Tarkibida 99,6% SO
3
(qolgani namlik) bo‘lgan suyuq sulfat angidridga 
berk idishda SO
3
hisobidan quruq 0,7-1,0% borat angidrid qo‘shiladi 
(B
2
O
3
ning namligi 0,3% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak). Qo‘shimcha 
qo‘shilgandan so‘ng aralashma 60-70
O
C gacha qizdiriladi va shu 
haroratda 3 soat ushlab turiladi. 
Borat angidrid stabilizatori bo‘lgan suyuq sulfat angidrid uglerodli 
po‘latdan tayyorlangan idishda saqlanadi va xattoki qishda –30
O
C da 
ham bir necha oygacha polimerlanmaydi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling