I shamshidinov noorganik moddalar va
Yuqori sifatli sulfat kislota olish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Yuqori sifatli sulfat kislota olish. Sulfat kislotaning asosiy miqdori
(80% dan ko‘p qismi) texnik kontaktli va minorali kislota tarzida olinadi. Sulfat kislotaning toza navlariga to‘g‘ri keladigan nisbiy ulushi ham keyingi paytlarda ortib bormoqda. Sulfat kislotaning toza navlari akkumulyator kislotasi va reaktiv sulfat kislota tarzida ishlab chiqariladi. 79 1.34-rasmda akkumulyator kislotasi ishlab chiqarish uchun qurilma sxemasi tasvirlangan. Bunday qurilma monogidrat absorbenri 2, ikkita tomchi ushlagich 1 va 3 (absorber boshida va oxirida) va yordamchi jihozlardan iborat aloqida absorbsiya tizimi ko‘rinishida bo‘ladi. 1.34-rasm. Akkumulyator sulfat kislotasi ishlab chiqarish sxemasi: 1,3-tomchi ushlagichlar; 2-akkumulyator kislotasi olish uchun monogidratli absorber; 4- sug‘orish sovutgichlari; 5-aylanma akkumulyator kislotasining yig‘gichi; 6-nasoslar; 7- akkumulyator kislotasini chiqarib yuborish yig‘gichlari. Kislotaga sulfat angidridning absorbsiyalanishi natijasida kislota konsentratsiyasi ortib borishi bilan maxsus jihozda olinadigan distillangan suv bilan suyultiriladi. Akkumulyator kislotasining sifatini oshirish uchun bu qurilmalarga yuqori quvvatli sug‘orish sovutgichlari 4 o‘rnatiladi, uning quvurlarida kislota kichik tezlik bilan aralashadi, buning hisobiga quvurlarning korroziyasi sekinlashadi. Bu maqsadda sovutgich quvurlari ferrosilitsiddan tayyorlanadi, yig‘gich va oraliq idishlar esa kislotabardosh materiallar bilan himoyalanadi. Reaktiv sulfat kislotasi 100% li sulfat angidridni suv bilan suyultirib olinadi. Reaktiv sulfat kislotasini sulfat kislotali tizimlar kontakt bo‘linmasidan keladigan gazlardan ham olinadi. U holda barbotajli (yoki skrubberli) absorber bilan jihozlangan kichik absorbsiya qurilmasi va tegishli filtrlar o‘rnatiladi (1.35-rasm). Bunday qurilmalarning barcha jihozlari kislotabardosh materiallar yoki emallangan cho‘yandan tayyorlanadi. 80 1.35-rasm. Reaktiv sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi: 1-oleumli absorber gaz o‘tkazgichi; 2-gaz filtri; 3-barbotajli absorber; 4-SO 2 purkash absorberi; 5-suv bug‘i kondensatori; 6-havo filtri. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling