I shamshidinov noorganik moddalar va
-§. Sulfat kislotani konsentrlash
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
5-§. Sulfat kislotani konsentrlash Sulfat kislota konsentrlanishining maqsadi va mohiyati. Sulfat kislota ko‘p miqdorda suv tortib oluvchi vosita sifatida, masalan, nitrat kislotani konsentrlashda, organik sintezning ko‘pgina jarayonlarida, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda, gazlarni quritishda va x.o. larda ishlatiladi. Bunda oz miqdorda bo‘lsa ham sulfat kislota sarflanib ketadi (sanoatdagi yo‘qotish), asosan u jarayondan suyultirilgan (kuchsiz) kislota tarzida chiqib ketadi. Bunday kislotani konsentrlanadi va sanoat sikliga qaytariladi yoki boshqa iste’molchilarga yuboriladi. Konsentrlangan sulfat kislota yetishmaganda esa tarkibida 75% H 2 SO 4 bo‘lgan nisbatan kuchsiz minorali kislota ham konsentrlanishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda suv tortib oluvchi sulfat kislota nafaqat suyuladi, balki jarayon paytida turli xil qo‘shimchalar bilan ifloslanadi. Masalan, portlovchi moddalar ishlab chiqarishda chiqindi sulfat kislota tarkibida nitrat kislota, nitrobirikmalar, smolalar kabi qo‘shimchalar bo‘ladi; spirtlar ishlab chiqarishda chiqindi kislotada turli xil uglevodorodlar uchraydi. Chiqindi kislota tarkibidagi qo‘shimchalar undan olinadigan konsentrlangan kislota sifatini pasaytiradi, ko‘pincha esa, konsentrlash jarayonini qiyinlashtiradi. Bunday hollarda chiqindi kislotani iloji boricha oldindan qo‘shimchalardan tozalashga harakat qilinadi. HNO 3 qo‘shimchalari odatda sulfat kislotasini bug‘ bilan denitratsiyasi yo‘li bilan yo‘qotiladi, nitrobirikmalar va smolalar esa tindirish va ekstraksiyalash orqali ajratiladi. Ayrim hollarda, kislotani qo‘shimchalardan tozalashning imkoni bo‘lmasa va u konsentrlash uchun yaroqsiz bo‘lsa, uni suyultirilgan (kuchsiz) kislota sifatida undagi qo‘shimchalar jarayonga ta’sirib ko‘rsatmaydigan sohalarda (masalan, superfosfat ishlab chiqarishda) ishlatiladi yoki sulfat kislota SO 2 ga parchalanadi. Sulfat kislotani konsentrlash jarayoni qizdirilganda undan namlikni yo‘qotilishidan iboratdir; ko‘pchilik hollarda kislota qaynoq gazlar bilan qizdiriladi. Gazdan kislotaga issiqlik uzatish usuliga bog‘liq holda 109 konsentrlash uchun jihozlarni ikkita guruhga bo‘lish mumkin: qaynoq gazlar va kislota to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvi bilan amalga oshadigan jihozlar hamda tashqi qizdirgichli jihozlar, ularda issiqlik to‘siq orqali uzatiladi. To‘siq orqali issiqlik uzatishda konsentrlash jarayoni atmosfera bosimida yoki vakuumda amalga oshiriladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling