I shamshidinov noorganik moddalar va
Hammasi: 4000 3600 Hammasi
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Hammasi: 4000
3600 Hammasi: 4000 3600 Chiqindi gazlarini zararsizlantirish. Azot oksidlarini ajratib olish. Azot oksidlarining bir qismi (0,25% yoki 4,7 g/m 3 gacha) absorbsiya minorasidan chiqadigan gaz tarkibida ham qoladi. Bunday katta miqdordagi azot oksidlari tutgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuborish ekologik va sanitar me’yorlariga ziddir, bundan tashqari, buning natijasida ko‘p miqdordagi nitrat kislota yo‘qotiladi. Shuning uchun chiqindi gazlari maxsus usulda azot oksidlaridan tozalanadi. Chiqindi gazlarini azot oksidlaridan tozalashning eng samarador usuli – gazni konsentrlangan sulfat kislota bilan qayta ishlashdir. Buning uchun tashqaridan yoki denitratsiya minorasidan olinadigan kislota 107 hisobiga to‘ldirilgan va «o‘z-o‘zini» sug‘oradigan sanitar absorbsiya minorasi o‘rnatiladi. Sulfat kislota tomchilari va bug‘larini ajratib olish. Chiqindi gazlarida, shuningdek, sulfat kislotasi bilan sug‘oriladigan minoralardan gazlar bilan chiqib ketadigan ma’lum miqdordagi H 2 SO 4 tomchilari ham bo‘ladi. Tomchilarni ushlab qolish uchun chiqindi gazlari siklon-tomchi ushlagichlarga yuboriladi. Chiqindi gazlari tarkibida, bundan tashqari, denitratsiya va konsentratsiya minoralarida kuyundi gazini sovitishda hosil bo‘ladigan sulfat kislotali bug‘ ham bo‘ladi. Ko‘pchilik minorali zavodlar chiqindi gazlarining 1 m 3 da 5 g sulfat kislota bug‘i bo‘ladi. 1.50-rasm. Minorali tizimda chiqindi gazlarini tozalash uchun jihoz: 1-kislota yig‘gichi; 2-to‘ldirgich; 3-elektrofiltr. Chiqindi gazlaridan bug‘ va tomchilarni ajratib olish uchun minorali zavodlarda elektrofiltrlar o‘rnatiladi. Ayrim zavodlarda elektrofiltr oxirgi absorbsiya (sanitar) minorasining yuqori qismiga o‘rnatilgan. Bu jihoz (1.50-rasm) po‘lat minora ko‘rinishida bo‘lib, yuqori qismi kengaytirilgan va ichki qismi kislotaga chidamli g‘ishlar bilan muhofazalangan bo‘ladi. Minoraning pastki qismi kislota yig‘gichi hisoblanadi, o‘rta qismiga halqali sopol to‘ldirgich joylashtirilgan, yuqoridagi kengaytirilgan qismiga esa elektrofiltrning po‘lat quvurlari joylashtirilgan. Jihoz to‘ldirgichlari minora-denitrator yoki minora- konsentratordan keladigan sovitilgan sulfat kislota bilan sug‘oriladi. 108 Minorali tizim me’yorida ishlaganda chiqindi gazlaridagi SO 2 miqdori 0,1-0,2% ni tashkil qiladi; bunday gazlarni maxsus tozalashlarsiz baland quvur orqali (quvur balandligi hisoblashlar orqali belgilanadi) atmosferaga chiqarib yuborilishi mumkin. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling