I shamshidinov noorganik moddalar va


Sulfat kislotani konsentrlashning fizik-kimyoviy asoslari


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   131
Sulfat kislotani konsentrlashning fizik-kimyoviy asoslari. Sulfat 
kislota suvli eritmalari qizdirilganda hosil qilinadigan gaz fazaning 
tarkibi va suyuq fazaning tarkibi bir xil bo‘lmaydi – gaz fazasi tarkibida 
suyuq fazaga nisbatan ko‘p miqdordagi suv bo‘ladi. Shuning uchun 
sulfat kislota suvli eritmalari qizdirilganda gaz fazasiga sulfat kislotaga 
nisbatan ko‘p miqdordagi suv bug‘i o‘tadi, buning natijasida H
2
SO
4
konsentratsiyasi ortadi. Gaz va suyuq fazalardagi sulfat kislota 
konsentratsiyalarining nisbati umumiy bug‘ bosim hamda sulfat kislota 
va suv bug‘ining to‘yingan bug‘ bosimlari kattaliklari bo‘yicha 
hisoblanishi mumkin. 
1.51-rasmdan ko‘rinadiki, sulfat kislota konsentratsiyasi ortishi 
bilan suyuq va gaz fazalaridagi H
2
SO
4
miqdorlari orasidagi farq 
kamayadi. Masalan, agar 80% li sulfat kislota bug‘lari tarkibida 
ozginagina H
2
SO
4
bo‘lsa, 90% li sulfat kislota ustidagi bug‘da H
2
SO
4
konsentratsiyasi taxminan 10% ga yetadi, 98,3% li sulfat kislotada esa 
suyuq va gaz fazasining tarkibi bir xil bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, sulfat 
kislota eritmasi bug‘latilganda uning konsentratsiyasi 98,3% H
2
SO
4
gacha muntazam ortadi va keyingi qizdirish natijasida o‘zgarmay qoladi. 
Shunday qilib, sulfat kislota eritmasini 98,3% H
2
SO
4
dan yuqori 
konsentratsiyagacha bug‘latib bo‘lmaydi. 
1.51-rasm. Qaynash haroratida sulfat kislota ustidagi bug‘ning tarkibi. 


110 
98,3% H
2
SO
4
dan yuqori konsentratsiyali bo‘lgan sulfat kislota 
(ya’ni monogidrat va oleum) ustidagi gaz fazasining tarkibi ham suyuq 
faza tarkibidan farqlanadi; gaz fazasi tarkibida suyuq fazaga nisbatan 
H
2
SO
4
va SO
3
konsentratsiyasi kattaroq bo‘ladi. Shuning uchun yuqori 
konsentratsiyali sulfat kislota va oleumni bug‘latish jarayonida H
2
SO
4
miqdori eritmada kamayadi va 98,3% ga yetganda o‘zgarmay qoladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling